89 boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’qitishning interfaol usullari




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.07.2023
Hajmi0.71 Mb.
#76578
  1   2
Bog'liq
boshlang-ich-sinflarda-matematika-fanini-o-qitishning-interfaol-usullari



89 
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI
O’QITISHNING INTERFAOL USULLARI 
Jamoliddinova Shirinbu Òlmasboyevna- 
Farģona viloyati Bag'dod tumani 22-umumta'lim maktabi
boshlang'ich ta'lim òqituvchisi 
Kalit so’zlar: interfaol usul, innovatsiya, interfaol, pedagogik mahorat, samaradorlik, 
didaktik vazifa, xotira, ta’lim sifati, bilim, axborot vositalari, kompyuter. 
Ключевая слова: 
инновации, интерактивный, педагогические навыки, 
эффективность, дидактическое задание, объем памяти, качество образования, 
знание, средства массовой информации, компьютер.
Keys words: 
innovation, interactive, pedagogical skills, efficiency, didactic 
task, memory, quality of education, knowledge, media, computer. 
Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda 
interfaol metodlardan foydalanish haqida ma’lumotlar berilgan. 
Аннотация: 
в данной статье представлена информация об 
использовании интерактивных методов в обучении математике в начальных 
классах.
Annotation: 
this article provides information on the use of interactive 
methods in teaching mathematics in the primary grades. 
Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o‘quvchilarni 
umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi.Umumiy metodika boshlang‘ich 
sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning 
o‘ziga xos xususiy metodlarini o‘rgatadi.
Ta’lim tizimida o’quvchilarni bilim olishi birinchi o’rinda turishini hamma 
yaxshi biladi. O’quvchi o’qituvchi bergan har bir bilimini yaxshi o’zlashtirishi 
uchun turli xil metodlarni qo’llash lozim.


90 
Yangicha metod yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish haqida gap 
borganda interfaol usullarning o’quv jarayonida qo’llanilishi tushuniladi. Hozirgi vaqtda 
ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning 
interfaol metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib 
keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga 
muvofiq. Faqatgina o’qituvchi emas, balki o’qituvchi bilan birgalikda o’quvchi ham faol 
bo’lishi hozirgi kunning talabi hisoblanadi.
Bolalarga dars jarayonlarini turli xil ko’rnishdagi metodlar o’yinlar orqali ularga 
tushuntirib ularni psixikasiga mos dars jarayonlarni tashkil qilamiz. Dars jarayonida 
bolalarni zerkitib qo’ymaslik uchun ularga turli xildagi metodlar asosida dars jarayonni 
tashkil qilamiz. Hattoki, ma’lum bir kitobni o’qiganda, sahifalarida turlicha mazmun kashf 
etishni ko’ramiz. Masalan: L.N.Skatkinning “Metodika” kitobini varaqlaganda, kitobning 
boshida metodikaning umumiy masalalariga daxldor bo’lgan, boblarida avtorning tilida 
ko’plab metod so’zi uchraydi. Lekin, xususiy masalalariga bag’ishlangan boblarida avtor 
“metod” so’zi o’rniga “usul” so’zi ishlatilgan. O’qitishning interfaol usullarini tanlashda 
ta’lim 
maqsadi, ta’lim oluvchining soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quvmoddiy 
sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar 
e’tiborga olinadi. Interfaol metodlar deganda- ta’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil 
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar 
tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok 
etishga chorlaydi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro 
bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi 
shundaki, butun faoliyat o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga 
tayyorlaydi. 
Interfaol metodlar orqali o’quvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy 
izlanuvchanligini oshiriladi. Interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil 
etilsa, o’quvchi darsga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi va ta’lim sifati 
yaxshilanadi. 
Interfaol usullar orqali o’tilgan darslar o’quvchini ijobiy fikrlashga, olingan 


91 
axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, hamkorlikda ish 
yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlar orqali 
o’tiladigan darslarda an’anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki 
mazmunni o’zaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya’ni 
o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har 
bir ishning maqsadi bo’lgani kabi interfaol usullarni qo’llashdan maqsad bo’ladi. 
Interfaol usulning bosh maqsadi o’quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish 
orqali o’quvchilarning faol, erkin fikr yuritishga muhit yaratishdir. U o’zining 
intelektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etibgina qolmay, balki o’quv 
sifatini va samaradorligini oshiradi, ta’minlaydi. Matematika darslarida interfaol metodlar 
orqali tashkillashtirilsa, dars ham qiziqarli, ham mazmunli o’tishi mumkin. Chunki, biz 
bilamizki, boshlang’ich sinf o’quvchilar juda o’yinqaro bo’lishadi. Shuning uchun ham 
darslarni rangbarang metodlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Misol uchun 
“Ko’paytirish jadvali”ni tushunishida o’quvchi qiynaladi. Agar bu mavzularni 
tushuntirishda interfaol metodlar orqali tushuntirilsa, o’quvchining xotirasiga ham qolishi 
osonroq bo’ladi. 
Hozirgi yuksalish va yangilanish davrida yashar ekanmiz biz o’qituvchilar 
interfaol metodlar asosida dars jarayonalarini tashkil qilamiz. Oddiygina 
o’qitish metodini olsak, bu tushuncha didaktika va metodikaning asosiy 
tushunchalaridan biridir. Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon 
ishlarining ko’pchiligida o’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning 
birgalikdagi faoliyatlari usullari, bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, 
malaka va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashlari 
shakllanadi, ularning qobilyatlari rivojlanadi. Darsda o’quvchilar faolligini oshiruvchi 
vositalardan biri-interfaol metodlardir. Bu uslublar maktab pedogikasi uchun yangilik 
emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan.
Qachonki, bu metodlar samarali natija bera oladi: 
-Dars va mavzuning maqsadlari to’g’ri aniq tanlanganda; 
-Mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa; 
-Bir metod butun dars davomida qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni 


92 
qamrab olsa; 
-Tanlagan metod o’quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa, 
o’quvchi mavzuni nima haqidaligini tezgina tushuna oladi. 
Biz dars jarayonida metodlarni qo’laymiz dedik, bu bilan o’quvchilarning 
dars materiallarini o’zlashtirish darajasini ancha yuqori bo’ladi. Biz dars 
jarayonida bolalarni yoshiga va bilim darajasiga qarab, interfaol metodlardan 
foydalanib dars o’tamiz. So’ngi yillarda pedagogika faoliyatda turli axborot vositalari 
(kopyuter, televideniya, radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio 
magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. O’qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalardan 
o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. 
Biz o’qituvchilar darslarni turli xil innavotsion metodlar orqali tushuntirib, 
yoritib bolalarga yetkazib berishga harakat qilishimiz kerak. 

Download 0.71 Mb.
  1   2




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



89 boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’qitishning interfaol usullari

Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish