Cisco Packet Tracer dasturida simsiz routerlarida WEP, WPA, WPA2 protokolini sozlash
Dastlab Cisco Packet Tracer dasturi ishga tushiriladi va rasmdagi kabi kompyuterlar, noutbooklar, smartfon va sizmiz router tanlab olinadi.
Kompyuter va noutbooklarni simsiz routerga ulanish uchun qurilmalarda simsiz adapterni ulab qo’yish kerak. Buning uchun kompyuter tanlanadi. “Physical” bo’limiga o’tiladi:
Kompyuter o’chiriladi;
Kompyuter pastki qismidagi Ethernet adapter olinadi;
Simsiz tarmoq adapter kompyuterga joylanadi va kompyuter qayta yoqiladi.
Shu tariqa qolgan qurilamalarga ham simsiz tarmoq adapter joylanadi. Natijada hamma qurilamalar simsiz routerga ulangani aks etadi.
1.Kompyuter tanlanadi.
2. “Desktop” bo’limiga o’tiladi. “Web brauzer” bosiladi.
3. Manzillar oynasiga http://192.168.0.1 manzil kiritiladi.
4. Simsiz router interfeysiga kirish uchun login va parol kiritish so’raladi. Foydalanuvchi wi-fi admin va parolini kiritadi va OK tugmasi bosiladi.
Wi-Fi interfeysiga o’tilgach “Wirelass” tanlanadi, keyin “Wirelas Security” belgilanadi. Shifrlash turini AES tanlanadi. Parol oynasiga parol kiritiladi. Masalan: “0123456789”. So’ngra saqlash tugmasi bosiladi.
Natijada qurilamalar simsiz routerga parolni kiritish orqali ulana oladi.
Topshiriq.
Wi-Fi router tarmoqqa ulang va sozlashga kirib MAC manzil bo’yicha filtrlash amallarini bajaring
Kompyuterda Wi-Fi tarmog’ini himoyalash uchun WPA/WPA2 protokolini yoqib, parol bilan himoyalang.
Bajargan ishingizni hisobotini tayyorlang va tizimga muddat ichida yuklang.
http://fayllar.org
|