• Metall va shlaklarni qizitish va eritish uchun sarflangan foydali energiyani aniqlash
  • Na’munaviy masala yechish
  • Mustaqil yechish uchun masala
  • 9– amaliy mashg’ulot Elektr texnologik qurilmаlаrning kompyuter vositаsidа boshqаrishni hisoblаsh vа tаhlil qilish




    Download 17.73 Kb.
    Sana23.04.2023
    Hajmi17.73 Kb.
    #53336
    Bog'liq
    12, MUNDARIJA, Elektr hisoblagichlari haqida asosiy ma, Urushning songgi qurboni hikoyaotkir , 1, 3-Mavzu, 8-maʼruza-matni, 222хисобот, Экология-2, vIDpwGKsE6-ZCiS8h1WSnb5t2Ib-R3d2, Struktura amaliy1, 21-Mavzu, Reaktiv sinxron elektr mexanik o’zgartgichning tuzilishi, ishlas, 7

    9– amaliy mashg’ulot
    Elektr texnologik qurilmаlаrning kompyuter vositаsidа boshqаrishni hisoblаsh vа tаhlil qilish.
    Nazariy malumotlar:Po’lat erituvchi yoy pechi davriy ta’sirga ega pech xisoblanib, xar xil eritish davrida quvvat iste’moli turlicha bo’ladi. Bunday pechlarda eritish jarayoni turlicha xarakterlanadi:
    1) eritish jarayoni;
    2) oksidlanish jarayoni;
    3) metallni tozalash jarayoni;
    4) erish oralig’idagi davr.
    Metall va shlaklarni qizitish va eritish uchun sarflangan foydali energiyani aniqlash
    1 kg metallni va shlakni berilgan xaroratda qizitish, eritish va o’ta qizitish uchun kerak bo’lgan solishtirma energiya quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    ω0= s1(ter- t0)+ λ+ s2 (to’ta.qiz- ter) (9.1)
    bu yerda: s1- boshlang’ich xaroratda eritish xaroratigacha bo’lgan oraliqdagi metalni o’rtacha solishtirma issiqlik sig’imi; ter- eritish xarorati; t0- boshlang’ich xarorat; λ- eritish issiqligi; s1- eritishdan o’ta qizitishgacha bo’lgan oraliqda suyuq metallning o’rtacha solishtirma issiqlik sig’imi; to’ta.qiz- berilgan o’ta qizitish xarorati.
    Metallni eritish, qizitish va o’ta qizitish uchun kerak bo’lgan solishtirma issiqlik sig’imlarini tajribalarda quyidagicha qabul qilinadi. Agar ter= 15100S atrofida bo’lsa, s1= 0,194 Vts/kg0S olinadi. Agar t0= 100S atrofida bo’lsa, s2= 0,232 Vts/kg0S olinadi, λm= 79 Vts/kg olinadi. Xisoblarda shlakli metallarni eritilayotgan bo’lsa, uning o’rtacha solishtirma issiqlik sig’imi quyidagicha qabul qilingan: sshl= 0,34 Vts/kg0S, λshl= 58 Vts/kg.
    Metallarni yoy pechlarda qizitish va eritish jarayonida ma’lum bir miqdorda kuyindilar xosil bo’ladi. Odatda kuyindi yuklangan metallarni 5-6 % ini tashkil etadi. SHuning uchun kerakli miqdorda suyuq metall olish uchun katta miqdorda skrapni yuklanadi. (9.2)
    bu yerda: Gyukl- pechga yuklangan skrap, Gs- olinadigan suyuq metall og’irligi, Kug- kuyundi og’irligi, %.
    Tajribalarda yo’qotishlarni xisobga olgan xolda suyuq metall og’irligini ortiqcha koeffitsiyent K bilan olish mumkin, albatta yuklanayotgan skrap miqdori xam xisobga olinadi.
    Gyukl= Gs• K= Gs (1+ Kug/100%). (9.3)
    Na’munaviy masala yechish
    Og’ir metallarni erituvchi, sig’imi 300t bo’lgan po’lat erituvchi yoy pechining eritish jarayonidagi foydali energiyasini aniqlang. Texnologik jarayonlarga ko’ra eritishning oxirgi davri boshlang’ich oksidlanish davri bilan yakunlanadi. Eritishning so’ngida metall va shlaklarni o’ta qizitiladi. Olinishi kerak bo’lgan suyuq metall og’irligi Gs =300t, shlak og’irligi yuklangan skrap og’irligini Gsh=6% ini tashkil etadi, Kuyundi Kug= 5%, metallni eritish xarorati ter= 15100S, metall va shlaklarni o’ta qizitish xarorati to’ta.qiz= 15600S, Pechga yuklanayotgan skrap xarorati t0= 100S
    yechish:
    1) Pechga yuklanayotgan skrap miqdorini kuyundini xisobga olgan xolda aniqlaymiz
    Gyukl= Gs (1+ Kug/100%)= 300(1+ 5/100%)= 315 t.
    2) Skrapni qizitish va eritish uchun kerak bo’lgan energiya
    W1= Gyukl• s1 (ter - t0) + Gs • λm = 315000• 0,194 (1510- 10)+ 300000• 79=
    = 115,3•106 Vts (115300 kVts).
    3) Eritilgan metallni o’ta qizitish uchun kerak bo’lgan energiya
    W2= Gs• s2 (to’ta.qiz – ter) = 300000• 0,232 (1560-1510) = 3,48•106 Vts(3480 kVts).
    4) Eritish davridagi shlak miqdori
    Gsh = 0,06 • Gs= 0,06 • 300 = 18 t.
    5) SHlakni qizitish, eritish va o’ta qizitish uchun kerak bo’lgan energiya
    W3= Gsh (ssh (to’ta.qiz - t0) + λsh) = 18000(0,34(1560- 10)+ 58) = 10,53•106 Vts(10530 kVts).
    6) Eritish davridagi foydali energiya yig’indisi
    Wfoy= W1 + W2+ W3 = 129310 kVts.
    7) Solishtirma foydali energiya
    a) 1t skrap uchun:
    ω1 = Wfoy/ Gyukl = 129310/315 = 411 kVts/t
    b) 1t suyuq metall uchun
    ω2 = Wfoy/ Gs =129310/300 = 431 kVts/t .
    8) 1 t skrapni qizitish va eritishda sarflangan solishtirma foydali energiya miqdori (o’ta qizitilmaganda).
    a) 1t skrap uchun:
    ω3 = W1/ Gyukl = 115300/315 = 366 kVts/t
    b) 1t suyuq metall uchun
    ω4 = W1/ Gs =115300/300 = 384 kVts/t .
    Pechning to’liq isroflarini aniqlash uchun pech kamerasini ichki va tashqi o’lchamlarini va futerovkasiga sarflangan isroflarni aniqlash kerak bo’ladi.
    Mustaqil yechish uchun masala
    Po’lat erituvchi yoy pechida 350 t yukni eritishga sarflangan foydali energiyani aniqlang. Eritish oxirida kerak bo’lgan suyuq metal miqdori Gs=350 t, SHlak massasi yuklaniyotgan yukni Gsh=6% ini tashkil etadi, metal kuyundisi Kug= 5,2 %, metalni eritish xarorati ter=15800S, metall va shlakni o’ta qizitish xarorati to’t.qiz=15900S boshlang’ich xarorat t0=110S.
    Download 17.73 Kb.




    Download 17.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9– amaliy mashg’ulot Elektr texnologik qurilmаlаrning kompyuter vositаsidа boshqаrishni hisoblаsh vа tаhlil qilish

    Download 17.73 Kb.