9-amaliy mashg‘ulot (Топширик№3)




Download 0,8 Mb.
bet1/3
Sana20.05.2024
Hajmi0,8 Mb.
#245090
  1   2   3

9-AMALIY MASHG‘ULOT (Топширик№ 3)


Uzluksiz elektr ta’minoti tizimini tanlash va hisoblash.
O‘zgaruvchan tok UETMlarini tanlash va hisoblash.
9.1. Nazariy qism.
Elektron vositalari zarurat holatlarda ma’lum vaqtda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishi kerak. Ushbu maqsadda turli xil uzluksiz elektr ta’minoti manbalari (UETM) qo‘llaniladi. Xorijda UETMlarni belgilashi uchun UPS abbreviaturasidan foydalaniladi (Uninterruptable Power Supply). Chiqish tokining turiga qarab UETMlar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok UETMlariga bo‘linadi.
UETMning yuklama bilan moslashtirish talabi UETM chiqishidagi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlar bilan belgilangan. Bunday talablarga chiqish kuchlanishining nostabilligi va pulsatsiyasining qiymatlari, chiqish tokining o‘zgarish diapazoni, chiqish tokining qiymati va chastotasining nostabilligi kiradi. UETM qurilmasining yuklamasi telekommunikatsion vosita hisoblanadi va bu vosita kirishiga ta’minot manbai qo‘yiladi. O‘zgaruvchan tok tarmoqlarida ko‘pincha ta’minot manbai kirish zanjirida sig‘im filtrli rostlanmaydigan to‘g‘rilagich bo‘ladi, shuning uchun ular iste’mol qiladigan tok shakli sinusoidal shakldan farq qiladi. Yuklama tomonidan chiziqli va nochiziqli yuklamalar uchun chiqish kuchlanishi garmonikalar koeffitsiyentlarining berilgan qiymatlarini saqlash talabi UETM qurilmasiga qo‘yiladi.
UETM qurilmasining tarmoqqa nisbatan ta’siri uning kirishidagi elektr energiyasining sifatiga talabi orqali aniqlanadi. Bu talablar UETMlar kirishidagi quvvat koeffitsiyenti bilan bog‘liq va ular iste’mol qiluvchi tokning garmonika koeffitsiyentini bildiradi. Qabul qilingan atama bo‘yicha UETM qurilmalari ikki sinfga ajratiladi: off-line va on-line. Off-line sinfidagi qurilmada tarmoqning elektr energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri istemolchiga normal rejimda beriladi, avariya rejimida esa sinusoidal kuchlanish generatori ulanadi (2..10ms). On-line sinfidagi qurilmada tarmoqning har qanday rejimida yuklamaga chastota, kuchlanish va sinusoidal shakl bo‘yicha stabil elektr energiyasi beriladi. Har ikkala turdagi UETMlarda tarmoq to‘g‘rilangan kuchlanishini sinusoidal chiqish kuchlanishiga aylantiruvchi invertorlar bor. Tarmoq to‘g‘rilagichiga akkumulyator batareyasi ulanadi. Off-line sinfidagi UETMlarda invertor faqat tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kichik bo‘lganda ulanadi. On-line turdagi UETMlarda esa invertor doimo ishlaydi. Shu sababli bunda tarmoq bilan galvanik bog‘lanish ortiqcha yuklamalardan va tarmoq kuchlanishining keskin o‘zgarishidan himoyalash ta’minlanadi1.

9.1-rasm. O‘zgaruvchan tok UETMlarining tuzilish sxemalari
9.1 va 9.2-rasmlarda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok UETMlari qurilmalarining tuzilish sxemalari keltirilgan.
9.1 a-rasmdagi sxemada zaxira zanjirini akkumulyator batareyasi (AB) va invetor (I) tashkil qiladi. Agar tarmoq kuchlanishi o‘rnatilgan chegaralarda bo‘lsa, u holda yuklama elektr energiyasini kommutator (K) orqali o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan oladi. Bu holda invertor akkumulyatorlarini zaryadlash orqali to‘g‘rilagich rejimda ishlaydi.
Tarmoq kuchlanishi belgilangan qiymatidan kamaysa, kommutator tarmoqni yuklamadan uzadi. Yuklamaga elektr energiyasi invertor orqali akkumulyator batareyasidan beriladi.
9.1 b-rasmda tasvirlangan qurilmada normal elektr ta’minotida yuklamaga elektr energiyasi tarmoqdan ketma-ket ulangan boshqariluvchi to‘g‘rilagich (BT) va invertor (I) orqali beriladi. Bunda kommutator uzilgan holatda va akkumulyator batareyasi tarmoqdan (T) to‘g‘rilagich orqali zaryadlanadi. Tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kamayganda kommutator akkumulyator batareyasini invertorga ulaydi.
9.1 v-rasmda tasvirlangan sxemada akkumulyator batareyasini zaryadlash boshqariluvchi to‘g‘rilagich (BT) orqali amalga oshiriladi. Yuklamaga tarmoqdan elektr energiyasi berilganda K1 kommutator ulangan, K2 kommutator esa uzilgan bo‘ladi. Elektr ta’minoti akkumlyator batareyasiga o‘tganda K1 kommutator uziladi, K2 kommutator ulanadi.
9.1 v-rasmda tasvirlangan sxemada akkumulyator batareyasini zaryadlash BT boshqariluvchi to‘g‘rilagich orqali amalga oshiriladi. Yuklamaga tarmoqdan elektor energiyasi berilganda K1 kommutator ulangan, K2 kommutator esa uzilgan bo‘ladi. Elektr ta’minoti akkumulyator batareyasiga o‘tganda K1 kommutator uziladi, K2 kommutator ulanadi.
9.1 g-rasmda ikkita asosiy va zaxira tarmoqqa ega bo‘lgan UETM sxemasi keltirilgan. Normal elektr ta’minotida K1 kommutator ulangan, K2 kommutator uzilgan bo‘lib, yuklamaga kuchlanish asosiy tarmoqdan beriladi. Asosiy tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kamayganda kommutatorlar qayta ulanadi va yuklama rezerv tarmoqqa ulanadi. 9.1 d-rasmda tasvirlangan UETM sxemasi katta yuklama quvvatlarida qo‘llaniladi. I1 va I2 invertorlar chiqish sinfaz kuchlanishlarini bir xil parametrlariga ega bo‘lib, ular K3 va K4 kommutatorlarning parallel ishlashiga mos ulanadi.


9.2-rasm. O‘zgarmas tok UETMlarining tuzilish sxemalari
Normal elektr taminotida K1 va K2 komutatorlar uzilgan holatda bo‘ladi, akkumulyator batareyasi T2 to‘g‘rilagichdan zaryadlanadi. Yu yuklamaga esa elektr energiyasi T1 va T3 to‘g‘rilagichlardan I1 va I2 invertorlar orqali beriladi. Tarmoq kuchlanishi o‘rnatilgan qiymatdan kamayganda K1 va K2 kommutatorlar ulanadi va elektr ta’minoti I1 va I2 invertorlar kirishiga ulangan ab akkumulyatorlar batareyasi orqali amalga oshiriladi.
Agar invertorlardan biri ishdan chiqsa, masalan, I1 invertor ishdan chiqsa, u holda K3 kommutator avariya zanjirini uzadi va kuchlanish yuklamaga ikkinchi invertordan beriladi. 9.2 a-rasmda tasvirlangan o‘zgarmas tok UETMi sxemasida normal elektr taminotida Yu yuklama AB akkumulyator batareyasidan uzilgan (K kommutator uzilgan) va u elektr energiyasini tarmoqdan T1 to‘g‘rilagich orqali oladi. Tarmoqda avariya rejimi bo‘lganda K kommutator yuklamani AB akkumulyator batareyasiga ulaydi.
Ikki o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchan tok tarmog‘i bo‘lganida (9.2 b-rasm) UETM T1, T2 to‘g‘rilagichlardan va K kommutatordan iborat bo‘ladi. Bunda K kommutator avariya rejimida himoya funksiyalarini bajaradi.
UETM tarkibidagi AB akkumulyator batareyasi seksiyali tarzda bajarilishi mumkin, ya’ni u AE asosiy elementlardan va QE qo‘shimcha elementlardan tashkil topadi (9.2 v-rasm). Normal ish rejimida AE asosiy elementlar tarmoqdan T1 to‘g‘rilagich orqali, QE qo‘shimcha elementlar esa T2 to‘g‘rilagich orqali zaryadlanadi. Bunda K1 kommutator ulangan, K2 kommutator esa uzilgan holatda bo‘ladi. Yuklamaga elektr energiyasi tarmoqdan T1 to‘g‘rilagich orqali beriladi. Tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kamayganda K2 kommutator uziladi, K1 kommutator ulanadi va yuklamaga kuchlanish ketma-ket ulangan asosiy va qo‘shimcha elementlardan beriladi.

Download 0,8 Mb.
  1   2   3




Download 0,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-amaliy mashg‘ulot (Топширик№3)

Download 0,8 Mb.