Metall va qotishmalarning elektr, magnit, optik, issiq-fizikaviy xossalari




Download 0.81 Mb.
bet8/29
Sana01.08.2021
Hajmi0.81 Mb.
#16425
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Metall va qotishmalarning elektr, magnit, optik, issiq-fizikaviy xossalari.

Elektr mashinasozligi, elektr energiyasini ishlab chiqish radio va elektrotexnika hamda boshqa shunga o‘xshash sanoatda ko‘plab maxsus materiallar ishlatiladi. Bu materiallardan samarali foydalanish uchun ularning maxsus xossalari, ya’ni elektr o‘tkazuvchanligi, magnit va boshqa xossalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak.

Material o‘zidan elektr tokini yaxshi o‘tkazishi uchun tok zaryadini tashuvchi zarrachalarga ega bo‘lishi kerak. Materiallardagi elektr zarrachasining ko‘chib yurishiga ko‘rsatiladigan qarshilik materialning elektr qarshiligi deyiladi. Materiallarning elektr o‘tkazish xususiyati maxsus nazariya orqali tushuntiriladi.

Qattiq jismlarning muvozanat holatida elektronlar aniq bir energiyaga ega bo‘ladi. Metallarning elektr o‘tkazuvchanligi atomlardagi erkin elektronlarning harakatiga bog‘liq. Demakki, elektr qarshilik haroratga bog‘liq bo‘lib qoladi. Faqat T>0 dagina, ya’ni harorat elektron bulutga ta’sir etmaganda elektr o‘tkazuvchanlik faqat materialning kristall tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ba’zi materiallar o‘zi uchun xos bo‘lgan kritik haroratgacha sovitilganda o‘ta o‘tkazuvchanlikni namoyon qiladi.

O‘zgaruvchan tokka ko‘rsatilayotgan qarshilik to‘la qarshilik deb ataladi, chunki har qanday o‘tkazgich bunda aktiv qarshilikdan tashqari induksion va hajmiy qarshilikka ega bo‘lib, ular o‘z navbatida elektr va magnit maydonlarini hosil qiladi. Tok yo‘nalishining o‘zgarish tezligi ortib borishi bilan qarshilik ham ortib boradi, chunki tok o‘tkazgichning yuza qismida to‘plangan bo‘ladi.




    1. Download 0.81 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Download 0.81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metall va qotishmalarning elektr, magnit, optik, issiq-fizikaviy xossalari

Download 0.81 Mb.