Yetaklovchi mexanizm va zichlagichlar




Download 5.02 Mb.
bet7/26
Sana01.08.2021
Hajmi5.02 Mb.
#16761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Yetaklovchi mexanizm va zichlagichlar

Yetaklovchi mexanizm mahsulotni cho‘zuvchi juftliklar sirtida ilgarilama - qaytma harakatlantirib, elastik qoplamalarni bir tekis yemirilishi natijasida cho‘zish parametrlari doimiyligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ular tuzilishiga ko‘ra yakka va qo‘shaloq bo‘ladi. Yakka yuritkichlar bitta pilikdan, qo‘shaloqlar esa ikkita pilikdan ip yigirishda ishlatiladi. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgaruvchan qadamli va o‘zgarmas qadamli yetaklovchi mexanizmlar mavjud.



Yetaklovchi mexanizm harakatni bevosita cho‘zish silindridan (3 liniya) chervyakli uzatma orqali oladi. Uzatmada ekssentrik holatda joylashgan shpindel bo‘lib, ichki ilashuvchanlikka ega bo‘lgan shesternya harakatni richag ustunidagi plankalarga uzatadi. Harakat qulochi ekssentrik o‘rnatilishiga bog‘liq.

Yetaklovchi mexanizm

1- ekssentrik o‘qi; 2-ekssentrik diski; 3- ta’minlovchi silindr;

4- chervyak; 5-chervyakli g‘ildirak;

6- ichki ilashuvchanli tishli uzatma (qo‘shimcha amplituda uchun);

7- sirpanuvchi kronshteyn;

8 –yo‘naltiruvchi barmoq; 9- o‘yiq;

10- tortgich; 11- zichlagichlar plankasi



Yetaklovchining harakat trayektoriyasi

1- ta’minlovchi silindr;

2- oraliq silindr;

3- chiqaruvchi silindr;

4- ta’minlovchi valik;

5- pastki tasma;

6-yo‘naltiruvchi;

7- zichlagichlar plankasi;

8- zichlagichlar harakat trayektoriyasi



Zichlagichlar asosiy vazifasi pilikni jipslashtirib, cho‘zish maydonida uni yoyilib ketishdan asrashdir. Bu bilan tolalarga ta’sir qiluvchi ishqalanish kuchi ortib, tolalar nazorati yaxshilanadi. Ba’zi cho‘zish asboblarida bir necha zichlagichlar ishlatiladi. Tutamcha zichlagichi novsimon, pilik zichlagichi esa voronkasimon qilib yasaladi.





Novsimon zichlagich

Voronkasimon zichlagich




Download 5.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Download 5.02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yetaklovchi mexanizm va zichlagichlar

Download 5.02 Mb.