O‘z-o‘zining ish vaqti sarfini fotografiya qilish




Download 106.24 Kb.
bet9/15
Sana08.04.2023
Hajmi106.24 Kb.
#49763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
9-mavzu
9-Отилишга қарши, @MathsUz fizika Uzoqov 1-qism javoblari
9.6. O‘z-o‘zining ish vaqti sarfini fotografiya qilish

Ish vaqti fotografiyalari turlaridan biri hisoblangan o‘z-o‘zining ish vaqti fotografiyasi deganda, ish vaqtini kuzatuvchi o‘z ish vaqti sarflarini qayd qilib borishi tushuniladi. Odatda, o‘z-o‘zining ish vaqti fotografiyasida xodimning hamma ish vaqti turlari emas, faqatgina ayrimlarini - unumsiz ish vaqti sarflari, ya’ni bekor (zoe) ketgan ish vaqti turlari qayd qilib boriladi. SHuning uchun ham ish kuni davomida xodimning ish vaqti sarflari zoe ketishiga qarshi kurashning eng samarali usullaridan biri – ish kunini xodimning o‘zi kuzatishi – fotografiya qilishidir. Bunda faqat ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarining aybi bilan, tashkiliy-texnikaviy kamchiliklar (xom ashyo, yarimfabrikatlar, asbob-uskunalar, transportlar, aravachalar va h.k.lar bilan ta’minlashdagi uzilishlar) sababli eng ko‘p zoe ketgan vaqt sarflari yozib boriladi.


O‘z-o‘zining ish vaqti sarfini fotografiya qilish ishiga ayni bir qisqa vaqtda juda ko‘p ijrochi jalb etilishi katta joylaridagi _ katta-katta sexlardagi, ishlab chiqarish uchastkalaridagi bekor ketgan ish vaqti sarflari to‘g‘risida aniqroq tasavvurga ega bo‘lish va ularning zoe ketishi sabablarini qisqa muddat ichida aniqlash imkonini beradi.
SHaxsiy fotografiyada bitta kuzatuvchi bitta xodim (ayrim hollarda ikkita xodim)ning, guruhli fotografiyada esa-10-15 xodimning ish vaqti sarfini, ammo o‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasida bitta yo‘riqchi (instruktor) 30-50 xodimning o‘z-o‘zining ish vaqti fotografiyasini o‘tkazishiga tayyorgarlik ko‘rishga, ularga yo‘l-yo‘riq berishi (instruktaj o‘tkazish) va xizmat ko‘rsatish imkoniyati borligi amaliyotda isbotlangan. SHunday ekan, ish vaqti sarfini kuzatishning bu uslubi kam mehnat talab qiladigan turlardan biri hisoblanadi. Va nihoyat, bir ish kuni davomida o‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasini yaxshi tashkil etish natijasida deyarli hamma uchastkalarda va sexlarda faoliyat ko‘rsatuvchi katta miqdordagi xodimlar ish vaqti sarflarini kuzatish imkoniyati borligini ko‘p korxonalarning bu sohada to‘plagan tajribalari ham tasdiqlaydi.
O‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasini tashkil etish, boshqa uslublar kabi, bir-biri bilan bog‘liq va shu bilan bir qatorda har biri mustaqil bo‘lgan to‘rtta bosqichdan iborat: kuzatuvga tayyorgarlik ko‘rish; bevosita kuzatish va ish vaqti sarflarini qayd qilish; kuzatuv natijalariga ishlov berish va ularni har tomonlama tahlil etish; mehnatni tashkil etishni va normalashni takomillashtirishga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan rejalarni ishlab chiqish.
O‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish asosan uni o‘tkazishga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rilishiga bog‘liq. O‘z-o‘zining ish vaqti sarfi fotografiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish dastlab kuzatuv uchun ob’ektlarni (brigadalar, uchastkalar, sexlar va h.k.) tanlashdan boshlanadi. Odatda, bu maqsad uchun unumsiz sarflangan, zoe ketgan ish vaqti sarflari eng yuqori bo‘lgan uchastkalar yoki sexlar tanlanadi. SHu bilan birga, kuzatuv qancha davom etishi belgilab olinadi (ish kunining birinchi yoki ikkinchi yarmi, to‘la ish kuni, bir necha ish kuni), kuzatish vaqti (ish kuni, haftasining ayni boshlanishida, o‘rtasida yoki oxirida), kuzatish uchun ajratilgan xodimlar soni, kerakli miqdordagi kuzatuv varaqalari ham aniqlab olinadi.
O‘z-o‘zining ish vaqti sarfini fotografiya qilishni tashkil etishga tayyorgarlik bosqichida yuqorida ko‘rsatilganlardan nazarda tutilgan maqsad _ vaqtni o‘lchash uslubi, oldindan tayyorlab va tegishli ustunlarga bo‘lib hamda chizib qo‘yilgan kuzatish varaqalariga qanday yozib borish haqida tushuncha berishdir. Buning uchun hamma ishchilarga kuzatuv varaqasi, qalam va o‘chirg‘ich beriladi. YUqorida ko‘rsatilganidek, 30-50 xodimga muhandis-texnik xodimlardan bitta yo‘riqchi (instruktor) ajratiladi.
Instruktaj olganidan keyin xodim o‘z-o‘zini fotografiya qilish uchun mo‘ljallangan kuzatuv varaqasiga (10-jadval) ish kuni davomida zoe ketgan ish vaqtlarini va ularning har biri qancha vaqt davom etganligini (odatda, 1 minutgacha aniqlikda alohida sanash usulida oddiy soatdan foydalanib o‘lchaganda) yozib boriladi.

Download 106.24 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 106.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘z-o‘zining ish vaqti sarfini fotografiya qilish

Download 106.24 Kb.