• Ispring Quiz Maker dasturi imkoniyatlari
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Ispring Kinetics dasturi imkoniyatlari




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/3
    Sana13.05.2023
    Hajmi0.72 Mb.
    #59178
    1   2   3
    Bog'liq
    Kundalik daftari 2-kurslar uchun(1), Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari-hozir.org, Ismailov Umirbek, abektivka lotin
     
    Ispring Kinetics dasturi imkoniyatlari.
    Elektron axborot ta’lim resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish 
    uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. 
    iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: 

    biror-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki 
    lug‘at yaratish;

    vaqt shkalasini yaratish;

    3 o‘lchovli kitob yaratish;

    FAQ yaratish mumkin.
    (4-rasm) 


    5-rasm.iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari
    Ispring Quiz Maker dasturi imkoniyatlari 
    Elektron axborot ta’lim resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun 
    iSpring Quiz Maker dasturini keltirish mumkin. iSpring Quiz Maker quyidagi asosiy imkoniyatlari 
    mavjud: 

    tarmoqlangan testlar yaratish (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;

    ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga 
    yaqinroq turidagi topshriqlari;

    bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;

    ochiq test topshiriqlari;

    o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;

    to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati. 
    6-rasm. 
    7-rasm 
    iSpring Quiz Makerning test yaratish uchun mavjud menyular satri va uskunalar paneli.iSpring 
    Quiz Maker- bu funksional va bir vaqtni o‘zida oddiy foydalanish uskunalariga ega bo‘lgan 
    interaktiv testlar, anketalar va so‘rovlar yaratuvchi dastur hisoblanadi. iSpring Quiz Makerda 23 
    turdagi savollar yaratish mumkin bo‘lib, bularni formulalar, rasmlar, audio va video lavhalar bilan 
    boyitish mumkin. Foydalanuvchining kompyuterdan foydalanish darajasidan yuqori bo‘lmasa 


    ham iSpring Quiz Makerda interaktiv turli ko‘rinishdagi testlar, anketalar va so‘rovlar oson va tez 
    yaratish mumkin. iSpring Quiz Maker dasturining asosiy funksional imkoniyatlaridan biri bu 
    foydalanuvchining yaratayotgan loyihalari uchun iSpring Quiz Makerning keng ko‘lamdagi 
    imkoniyatlaridir, u yordamida qulay va oddiy interaktiv testlar tuzish bilan bir qatorda bilimlarni 
    tekshirish uchun katta tanlash imkoniyatlari mavjud. iSpring Quiz Maker yordamida test 
    topshiruvchining bilim, ko‘nikma va malakasini aniqlab beruvchi 11 xil ko‘rinishdagi testlar 
    yaratish mumkin. 12 xil ko‘rinishdagi anketalar yordamida talabalarning fandan o‘zlashtirish 
    darajasini obektiv baholash imkoni mavjud. 
    iSpring Quiz Maker dasturida baholash testlarining quyidagi turlari mavjud:
    (7-rasm) 
    1. True/False (To‘g‘ri/ noto‘g‘ri). Tasdiqning to‘g‘riligini baholash orqali amalga oshiriladi. 
    2. Multiple choice (Yakka tarzdagi tanlov). Javoblar orasidan aniq to‘g‘ri javobni tanlash orqali 
    amalga oshiriladi. 
    3. Multiple Response (Ko‘p miqdordagi javoblarni tanlov). Javoblar orasidan bir nechta to‘g‘ri 
    javobni tanlash orqali amalga oshiriladi. 
    4. Type In (Kiritish satri). Berilgan savolga javob maxsus maydonga kiritish orqali malga 
    oshiriladi. 
    5. Matching (Moslik). Savolda keltirilgan elementlarga mos javob elementlarini mos quyish 
    orqali amalga oshiriladi. 
    6. Sequence (Tartiblash). Savolda berilgan variantlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirilish 
    orqali amalga oshiriladi. 
    7. Numeric (Son kiritish). To‘g‘ri javob son ko‘rinishda kiritiladi. 
    8. Fill in the blank (Jumla kiritish). Test topshirig‘idagi matndan bir yoki bir nechta jumlalar 
    tushirib qoldirilgan test topshiradigan tomonidan kiritiladi. 
    9. Multiple choice Text (Kiritilgan javoblar). Ro‘yxatda keltirilgan savollarning har biriga bir 
    nechtadan javoblar birkitilgan bo‘lib, shu javoblar orasidan to‘g‘risini ro‘yxatda keltirilgan 
    savolga mos tanlash lozim. 
    10. Word Bank (So‘zlar banki). Test topshirig‘ida berilgan matndan so‘z yoki bir nechta so‘zlar 
    tushirib qoldirilgan hamda so‘zlar bankida shu so‘zlar mavjud shu so‘zni tanlab yozish kerak. 
    11. Hotspot (Aktiv soha). Test topshirigida rasmda mavjud sohani to‘g‘ri tanlash vazifasi 
    quyiladi. 


    8-rasm. iSpring Quiz Makerning so‘rovlar yaratish uchun mavjud menyular satri va uskunalar 
    paneli 
    Survey(So‘rovlar). Test ning bu turi yordamida foydalanuvchi to‘g‘ri javoblarni baholamasdan 
    turib axborot kiritiladigan anketa va so‘rovnomalar yaratishi mumkin bunda yuqorida ko‘rsatilgan 
    testlardan Hotspot (Aktiv soha) so‘rovnoma menyusida mavjud emas lekinLikert shkalasi va Esse 
    lar keltirilgan. 
    Baholanayotgan savolning har bir turiga o‘z savol-anketasi to‘g‘ri keladi (“Aktiv soha”ga 
    oid savol bundan mustasno). Bundan tashqari anketa yaratishda maxsus tipdagi savollarni kiritish 
    mumkin, ular: 
    Likert shkalasi. Tasdiqning muvofiqlik va muvofiq bo‘lmagan baholaish darajasi. 
    Esse. Javobning erkin tarzda kiritilishi. 
    iSpring Quiz Maker savollarning barcha turi ishlatiladigan holda aralash testlarni tuzish 
    imkonini beradi. 
    iSpring Quiz Maker dasturida multimedia ob’ektlari foydalanuvchi tomonida tuziladigan 
    test savollarining har birini rasm, formula, audio, video yoki Flash-roliklari bilan to‘ldirish 
    mumkin. Bundan tashqari foydalnuvchi matn stilini o‘zgartirishi va gipermurojatni o‘rnatishi 
    mumkin. 
    Shu bilan bir qatorda iSpring Quiz Maker dasturida yaratilgan testlarning javoblarini rasm 
    va formulalar bilan to‘ldirish mumkin. 
    iSpring Quiz Maker tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyatini beradi. Foydalanuvchi 
    javobning to‘g‘ri, noto‘g‘ri va qisman to‘g‘ri bo‘lgan hollari uchun aniq ko‘rsatmalar berishi 
    mumkin. Agar javob to‘g‘ri bo‘lgan holatda talaba keyingi savolga o‘tishi mumkin, javob 
    noto‘g‘ri bo‘lgan holatda shu savolga tegishli axborotlar slaydiga otishi mumkin. Bundan 
    tashqari, har bir testning javobining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi xabar chiqarish imkoni 
    mavjud. 
    Testni sozlash. iSpring Quiz Maker yordamida foydalanuvchi navigatsiyani sozlashi, 
    savollarni aralashtirishi, pleyrni tanlashi va barcha xabar hamda yozuvlarni sozlashi Text label 
    bo‘limidan esa testing Message/Button ustuniga tegmagan xolda mos ravishda label ustununi 
    o‘zgartirish bilan tayyorlanayotgan test dasturini o‘zbek tiliga o‘girish mumkin. 
    iSpring Quiz Maker yordmida test va anketlarning to‘liq natijalarini email va serverga 
    jo‘natish imkoni mavjud. Buning uchun pochta va server manzilini testni sozlash bo‘limiga 
    kiritish lozim. 
    Foydalanuvchi o‘zi yaratgan testlarni masovafiy ta’lim tizimga (Blackboard yoki 
    SCORM/AICC standarti bo‘yicha boshqa testlarni) joylashtirish yoki alohida taqdimot dasturi 
    darajasiga aylantirish imkoniyatlari xam mavjud. 


    iSpring dasturini yangi o‘rganayotganlar yuqorida keltirilga ma’lumotlardan bir o‘quv 
    qollanma sifatida foydalanishlari va shu o‘rinda o‘zlari iSpring dasturi keng imkoniyatlaridan 
    foydalanib interaktiv dasr o‘tish uchun o‘quv metodik qo‘llanmalar yaratishlari xam mumkin, bu 
    dars jarayonida va nazorat testlarini o‘tkazishda katta samara beradi degan umiddamiz. 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining “O‘zbekiston Respublikasida «Elektron 
    ta’lim» milliy tizimini yaratish, investitsiya loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida” gi 2012 yil 16-apreldagi ПҚ–1740-son qarori 
    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 
    o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’lim muassasalarida Elektron talimni joriy etish 
    markazini tashkil etish to‘g‘risida” gi 2012 yil 25 iyul dagi № 228-sonli qarori 
    3. www.ispringsolutions.com 
    4. www.websoft.ru 

    Download 0.72 Mb.
    1   2   3




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish