A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Ma’lumotlar ombori 
Ma’lumotlar bazasi faqatgina ma’lumotlarni joylash uchun mo‘ljallangan 
emas,zero, ulardan foydalanish, faollashtirish, format va aloqalarni almashlash va 
boshqa ko‘plab faoliyatlarni amalga oshirish kerak. Agar, ma’lumotlar bazasi 
axborot bilan tizimsiz to‘ldirilsa, bir qancha vaqtdan so‘ng undan foydalanish 
imkonsiz bo‘lib qoladi, ya’ni, zaruriy axborotni izlashga ketadigan vaqt hajmi 
oshadi va baza maydoni to‘lib boradi. Bu kabi holatga yo‘liqmaslik uchun 
ma’lumotlarni “tozalash” va strukturalash talab etiladi, ular bilan samarali ishlash 
uchun esa ma’lumotlar bazasi ishini boshqaradigan tizim kerak. XX asrning 80-
yillari so‘nggida, korporativ axborotni integratsiyalashga va ushbu axborot ostida 
boshqaruvga ehtiyoj sezilgan, dastlab “axborot ombori” (Information Warehouse 
— IW)deb nomlangan mos tizimlarni yaratish uchun texnik imkoniyatlar paydo 
bo‘ldi. Va faqat XX asrning 90 yillarida Bill (Uilyam) Inmonning kitobi chop 
etilishi bilan ombor hozirgi “ma’lumotlar ombori” (Data Warehouse — DW) 
nomiga ega bo‘ldi [2]. 
B. 
Inmon 
ma’lumotlar 
omborini 
“fanga 
yo‘naltirilgan, 
integratsiyalashgan, o‘zgarmas, boshqaruvni saqlash maqsadida tashkil etilgan 
ma’lumotlar to‘plami xronologiyasini saqlovchi, haqiqatning yakka va yagona 
manbai sifatida namoyon bo‘luvchi, menejer va tahlilchilarni tezkor tahlil qilish va 
qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot bilan ta’minlovchi” 
sifatida belgiladi. 
Ma’lumot ombori konsepsiyasi quyidagi asosiy g‘oyalarga asoslanadi: 
• 
oldindan ajratilgan, detallashtirilgan ma’lumotlar integratsiyasi 
(tarixiy arxivlar, hujjatlarni qayta ishlash an’anaviy tizimidan olingan ma’lumotlar 
va uyushmagan ma’lumotlar bazasi, tashqi manba ma’lumotlari) yagona 
ma’lumotlar omborida; 
• 
mavzuga oid va vaqtinchalik strukturalash, uyg‘unlashtirish va 


176 
agregatlash; 
• 
operatsion (ishlab chiqarish) qayta ishlashda va tahlil qilish vazifasini 
echishda foydalaniladigan ma’lumotlar to‘plamini bo‘lish. 
Ma’lumotlar ombori ko‘plab funksiyalarni amalga oshiradi, biroq, uning 
asosiy vazifasi – aniq ma’lumot va axborotlarni qisqa muddatda va minimum 
xarajatlar bilan taqdim etishdir. Ombor muhiti faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan 
edi va to‘liq tozalangan va integratsiyalashgan detalli hamda agretlangan 
ma’lumotlardan tashkil topgan edi. Bundan tashqari, repozitorda tranzaksiya 
darajasidagi ma’lumotlarning kengaytirilgan va detallashtirilgan tarixi saqlangan.
Arxitekturaviy qaror nuqtai nazaridan ushbu ma’lumotlar ombori o‘z 
funksiyalarini ma’lumotlarning har tomonlama bog‘langan vitrinasi orqali amalga 
oshiradi (3.1.8-rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 8.25 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish