-rasm. Namunallashtirilgan korporativ ma’lumotlar ombori sxemasi




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
3.1.9-rasm. Namunallashtirilgan korporativ ma’lumotlar ombori sxemasi
 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
 
 
1. Intergratsiya o’zi nima? 
2. Integratsiyalashgan tizimlarga ta’rif berisng? 
3. Turli yechimlarni qo’llab-quvvotlovchi axborot tizimlarni sanang? 
С

m
a’
lu
m
ot
la

pe
sht
axt
a
si
 
 
 
D

m
a’
lu
m
ot
la

pe
sht
axt
a
si
 
 
B-ma’lumotlar 
peshtaxtasi 
A-ma’lumotlar 
peshtaxtasi 
Tahliliy bo’lim 
 
Ombor 
O’rganish, shakli 
o’zgartirish,yuklash 
So’rov 
Natija 


179 
4. Integratsiyalashgan axborot muhiti nima? 
5. Integrallashgan ma’lumotlar qanday tashkil qilinadi? 
6. Iqtisodiy komplekslarda qanday integrallashgan tizimlarni bilasiz? 
 
3.2. «BILLING» integratsiyalashgan tizimning ishlash texnologiyasi 
 
Bozor iqtisodyoti sharoitida axborot muxim omillardan biri hisoblanadi. Axborot 
yordamida jamiyat a’zolari, uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati boshqariladi, 
kelgusi rejalar belgilanadi, ularning bajarilishi nazorat va tahlil qilinadi. 
Axborotsiz jamiyat a’zolarining ma’naviy, ma’rifiy, madaniy va boshqa talablari 
qoniqtirilmay qoladi. Shu bois ham axborotlarga ehtiyojini qondirish har qanday 
kishilik jamiyatining ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ustuvor 
maqsadga erishish har qanday kishilik jamiyatida aloqa va axborotlashtirish 
xizmatlari sohasini doimiy rivojlantirishni ob’ektiv zarurat qilib qo‘yadi. Ushbu 
sohani rivojlantirish har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqini 
ta’minlashning o‘ta muhim omillaridan biri hisoblanadi. 
Mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya 
va ma’lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamo-
naviylashtirish, ularni jahon standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng 
ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi, jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi (AK) faoliyatini tashkil etish 
masalalari to‘g‘risida»gi 253-sonli qaroriga muvofiq «O‘zbektelekom» 
aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi va uning vazifalari belgilab berildi. 
Shuningdek, mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki 
uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa 
tarmoqlarini yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi «Mobil 
aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-


180 
2126-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlash 
maqsadida, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali 
foydalangan holda «O‘zbektelekom» AK filiallari uchun korporativ dasturiy 
ta’minot (ya’ni «TBilling» tizimi) ishlab chiqildi. 
«O‘zbektelekom» AK «Billing Telekom» filialida faoliyat ko‘rsatayotgan 
«TBilling» — telefoniya xizmatlari yagona billing tizimining asosiy maqsadi 
zamonaviy ishonchli va xavfsiz ma’lumotlar axborot bazasini yaratish, axborot 
resurslari va xizmatlari bozorini rivojlantirish, kompaniya bo‘lin malarida axborot 
almashishning elektron shakliga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash, xizmat 
ko‘rsatishning yagona korporativ tizimini yuritish, aholiga ko‘rsatilayotgan 
telefoniya xizmatlari uchun to‘lovlarni real vaqtlarda ko‘rish, abonentlarga to‘lov 
uchun hisob-varaqalarini chiqarishdan iborat. 
Billing tizimining funksional vazifalari asosan 3 turga bo‘linadi: 
1) Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalar. 
2) Axborot xizmatlari. 
3) Moliyaviy xizmat ko‘rsatish. 
Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalarga — xizmatlarni aniqlash — 
qo‘ng‘iroqlar haqida batafsil ma’lumot olish, kommutatsion uskuna orqali olingan 
trafikdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ishlov berish, iste’molni 
baholash — iste’mol haqidagi hisob-kitob xususiyatlarini aniqlash, abonentlar 
uchun to‘lovlarni shakllantirish, tuzatishlar, to‘lov varaqalarini taqdim etish, 
yetkazib berish yoki abonentlarni to‘lov varaqalari bilan tanishtirishni ta’minlash, 
abonentlarning shaxsiy hisob-raqamlarini boshqarish kabi vazifalar kiradi. 
Axborot xizmatlari esa — abonentlar haqidagi operativ ma’lumotlarni 
qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy hisob-kitob haqidagi ma’lumotlarni abonentlarga 
taqdim etish, abonentlarga xabar berish, abonentlar holati va xizmatlarini 
boshqarishdan iboratdir. Moliyaviy xizmat ko‘rsatish — bu to‘lovlarni qayta 
ishlash, abonentlarning debitorlik qarzlarini undirish va jarayonlarni boshqarishdan 
iborat. «TBilling» telefoniya yagona billing tizimining asosiy funksiyalariga 
quyidagilar kiradi: 


181 

«O‘zbektelekom» AK filiallari va korxonalari abonentlarining yagona 
ma’lumotlar bazasini yuritish; 

Yagona me’yoriy-ma’lumotlar bazasini yuritish; 

Kommutatsiya qurilmalari orqali ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar 
bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, ya’ni mahalliy, 
shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi bo‘yicha abonentlarning talablariga binoan 
so‘ralgan hisob-kitob davri uchun to‘lov varaqalarini shakllantirish va ularni 
abonentlarga taqdim etish; 

Markazlashtirilgan holda abonentlarga barcha xizmatlar (abonent 
to‘lovi, davriy to‘lov, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, 
axborot-ma’lumotnomalarini va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish) bo‘yicha 
to‘lov hujjatlarini shakllantirish va taqdim etish; 

Barcha hisob va to‘lovlar bo‘yicha abonentlarga ma’lumot berish; 

Tahliliy, statistik va moliyaviy hisobotlarni tezkor shakllantirish 
hamda filial va korxonalarga yetkazish; 

Ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish, ma’lumotlar 
bazasini himoyalashning yuqori darajali uslublaridan foydalanish;

«O‘zbektelekom» AK tarmog‘iga kirish imkoniyati bo‘lgan 
respublikamizning 
istalgan 
hududidagi 
telekomunikatsiya 
xizmatlaridan 
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish. 
«TBilling» tizimidan foydalanish uchun quyidagi URL-manziliga murojaat 
qilinadi: 
http://uzonline.uzbilling.uz:88/billing
 
 

Download 8.25 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Namunallashtirilgan korporativ ma’lumotlar ombori sxemasi

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish