• Guruh tarkibiga kiruvchi funksiyalar 1 2 3
  • A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
     
     
    14
    https://ru.wikipedia.org/wiki 


    189 
    3.2.1-jadval 
    Telekommunikatsiya sohasida billing tizimlari tomonidan bajariladigan 
    funksiyalar 
    Guruh 
    nomeri 
    Guruh nomi 
    Guruh tarkibiga kiruvchi funksiyalar 



    1-
    guruh 
    Hisob-kitob 
    operatsiyalari 

    ko‘rsatilgan xizmatlar, ya’ni kommutatordan 
    qo‘ng‘iroqlar to‘g‘risida batafsil axborotlarni 
    aniqlash; 

    kommutatordan olingan ma’lumotlarga ishlov 
    berish; 

    ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini aniqlash va 
    baholash; 

    abonentga hisoblangan summani aniqlash; 

    soliqlar va chegirmalarni hisob-kitob qilish; 
    *mijoz nomiga hisob-kitob (schyot)ni 
    shakllantirish va chiqarish; 

    mijozga shakllantirilgan 
    hisob-kitob
    (schet)ni etkazilishini ta’minlash; 

    abonetlar shaxsiy schetlarini boshqarish. 
    2-
    guruh 
    Axborotlashtirish 
    xizmatlari 

    abonentlar, mahsulot va xizmatlar to‘g‘risida 
    axborotlarni berish; 

    ta’riflar, cheklovlar, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan 
    kombinatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlarni berish; 

    billing to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar, masalan, 
    hisob-kitob va ularni taqdim etish jadvali, 
    abonentlarni 
    xabardor 
    qilish 
    jarayonlarini 
    boshqarish, axborotlarni eskirishi to‘g‘risidagi 
    tezkor axborotlarni taqdim etish 
    3-
    guruh 
    Moliyaviy 
    xizmatlar 

    to‘lovlarga ishlov berish va ularni taqdim etilgan 
    schyotlar hamda xizmatlar bo‘yicha yopish; 

    abonentlarning debitorlik 
    qarzlari va
    ularning yopilishini boshqarish; 

    soliqlar bo‘yicha ma’lumotlarga ishlov berish 
     
    Keltirilgan 3.2.1-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, billing 
    tizimlari ko‘p funksiyali tizimlar hisoblanadi.
    Birinchi guruhga kiruvchi funksiyalarning ushbu tizimlar asosida bajarilishi 
    va boshqarilishi millionlab abonentlarga ko‘rsatilgan telefon aloqa xizmatlariga 


    190 
    ketgan vaqt sarfi hamda to‘lanadigan haqni tez va aniq hisob-kitob qilish, ushbu 
    haqni mijozlar schyotlaridan undirib olish imkonini beradi. 
    Ikkimchi guruhga kiruvchi funksiyalar, ko‘rinib turibdiki, mijozlarning turli 
    axborotlarga talablarini qondirishga qaratilgandir, chunonchi, ushbu funksiyalar 
    orqali mijozlarga xizmatlar va mahsulotlar turlari, ishlash rejimlari, ularning 
    baholari (tariflari), chegirmalar, cheklovlar, abonentlik schyotlaridagi pul 
    mablag‘lari holati va harakati, shuningdek boshqa axborotlar taqdim etiladi.
    Uchinchi guruh funksiyalar makon va zamonda katta ko‘lamda va miqdorda 
    iqtisodiy jarayon sifatida yuz beradigan telefon aloqa xizmatlariga oid moliyaviy 
    munosabatlarni o‘lchash, baholash, hisob-kitoblarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga 
    oshirish imkonini beradi. 
    Billing tizimlarida shakllanadigan axborotlar telefon aloqa xizmatlari 
    operatorlarida ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar, ularga qilingan sarf-
    xarajatlar, foyda yoki zararlar, mijozlar bilan hisob- kitoblar, debitorlik va 
    kreditorlik qarzlar, shuningdek faoliyatning boshqa ko‘rsatkichlarini buxgalteriya 
    hisobi va hisobotida aks ettirishda asosiy manba hisoblanadi. Binobarin, billing 
    tizimlarini 
    telefon 
    aloqa 
    xizmatlari 
    operatorlarida 
    qo‘llaniladigan 
    kompyuterlashtirilgan hisob tizimlari bilan integratsiyalashtirish ularda olib 
    boriladigan operativ hisob, boshqaruv hisobi va moliyaviy hisobni ham 
    avtomatlashtirilgan tarzda yuritish imkonini beradi. 
    Billing tizimini kompyuterlashtirilgan hisob tizimi bilan integratsiyalash 
    qator afzalliklarga ega. 
    Birinchidan, billing tizimi orqali mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar va ular 
    uchun undirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi axborotlar hisob tizimiga abonentlar
    shaxsiy schetlar va shartnomalar kesimida avtomatik tarzda uzatiladi. Bu, o‘z 
    navbatida, tanlangan analitik kesimlarda ko‘rsatilgan xizmatlardan olinadigan 
    daromadlar analitik hisobi avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishini ta’minlaydi. 
    Ikkinchidan, billing tizimi bilan integratsiyalash orqali hisob tizimi abonetlar 
    tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarni on-line rejimida qayd etish imkoniyatiga 
    ega bo‘ladi. 


    191 
    Uchinchidan, hisob va biling tizimlari ma’lumotlarini o‘zaro taqqoslashda 
    ham billing, ham hisob tizimidagi xatoliklarni izlab topish va to‘g‘rilash 
    imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 
    Billing va hisob tizimlari integratsiyalashuvini aloqa xizmati operatorlarida 
    quyidagi ikkita muqobil variantdan biri bo‘yicha amalga oshirish mumkin: 
    Operativ hisob vazifalari bajarilishini to‘liq billing tizimiga yuklash
    boshqaruv va moliyaviy hisobni esa to‘liq korxonalarda qo‘llaniladigan amaliy 
    dasturlar paketi (masalan, “1C:Buxgalteriya” dasturi) asosida yuritish varianti; 
    Operativ hisob ayrim vazifalari bajarilishini billing tizimiga yuklash, ayrim 
    qismini esa boshqaruv va moliyaviy hisobi vazifalari bilan birgalikda korxonalarda 
    qo‘llaniladigan amaliy dasturlar paketi, masalan “1C:Buxgalteriya” dasturi asosida 
    bajarish varianti; 
    Billing va hisob tizimlari integratsiyalashuvining birinchi variantini 
    ko‘rgazmali tarzda quyidagicha ifodalash mumkin (3.2.3-rasmga qarang). 

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish