BPM tizimining boshqa tizimlardan farqi




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
BPM tizimining boshqa tizimlardan farqi 
Boshqa avtomatlashtirish tizimlaridan farqli ravishda BPM tizimlari 


294 
kompaniyaning noyob jarayonlarini avtomatlashtirishga yo‘naltirilgan. ERP 
tizimlariga o‘xshash korporativ boshqaruv tizimlari, odatda, kiritilgan ichki 
funksional imkoniyatlar (referent
15
(mos yozuvlar) modellari) mavjud bo‘lib, 
undagi variantlar yordamida tashkilot jarayonlariga sozlash imkoninin beradi. 
Bunday sozlash vaqtida amalga oshirilayotgan jarayonning asl holati ham ERP 
tizimidagi foydalanilayotgan aniq funksiyaga sozlanishi natijasida sezilarli 
darajada o‘zgarib boradi va BPM tizimlarida muayyan referent modelga murojaat 
qilinmasdan tashkilotning har qanday noyob jarayonini avtomatlashtirishga imkon 
yaratadi. 
Hujjat aylanish tizimlari hujjatlar oqimi chizmasini yaratib olish orqali 
hujjatlarni boshqarishni ta’minlaydi. Bunday chizmalar, odatda, hujjatlarga ishlov 
berish va saqlash namunaviy algoritmlarini ifoda etadi. SHu bilan birga, hujjatlar 
hujjatlar harakatining chizmasi hujjatlar yaratiladigan va ishtirok etadigan 
jarayonlardan ajratilib olingan holatda boʻladi. BPM tizim modullari jarayonni 
grafik tasvirlash asosida hujjatlarni boshqarish oqimini yaratadi. Bu tashkilot 
jarayonlari bilan hujjatlarning hamkorlik aloqasini saqlab qolish imkonini beradi. 
BPM tizimlarining ahamiyatli tomonlaridan biri boshqa dasturiy mahsulotlar 
bilan integratsiyalanish xususiyatidir. Bu yaratilayotgan biznes -jarayonlarining 
moslashuvchanligini etarli darajada oshiradi. CASE vositalarining aksariyati 
cheklangan miqdordagi masalalarni echishga yoʻnaltirilgan yahlit dasturiy 
mahsulot hisoblanadi. CASE vositalari yordamida yaratilayotgan biznes -jarayon 
modellari integratsiya bo‘yicha cheklangan xususiyatga ega boʻladi. BPM 
tizimlarida Servis-yo‘naltirilgan arxitektura (Service Oriented Architecture-SOA) 
qoʻllanilib, bu biznes-jarayon modellarini turli ilovalarga oson integratsiya qilish 
imkonini beradi. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BPM tizimining boshqa tizimlardan farqi

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish