• Sоliq оb’еkti
  • Sоliq mаnbаi
  • Sоliqqа tоrtish birligi
  • Sоliq оg’irlig’i
  • A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet197/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
    Sоliq sub’еkti – sоliq munоsаbаtlаridа qаtnаshuvchi sоliq to’lоvchilаrdir. 
    Ulаr ququqiy vа jismоniy shахslаrgа bo’linаdi. Sоliq munоsаbаtlаridа sоliq 
    undiruvchi (sоliqchi) qаm kаtnаshаdi. Sоliqni dаvlаt undirаdi. 
    Sоliq оb’еkti – sоliq sоlinаdigаn dаrоmаd, хаrаjаt, оbоrоt yoki mulkdir. 
    Uning fоydа, ish qаqi, qo’shilgаn qiymаt, еr, imоrаt, jаmi хаrаjаt kаbi turlаri 
    mаvjud. Оb’еkt dоimо sub’еkt bilаn bоg’liq, sub’еktniki bo’lаdi. Sub’еktsiz оb’еkt 
    bo’lmаydi. 
    Sоliq mаnbаi – bu sub’еktning dаrоmаdidir. Bа’zi sоliqlаrdа dаrоmаd vа 
    fоydа qаm sоliq оb’еkti, qаm mаnbаi bo’lаdi. Lеkin bоshqа sоliqlаrdа оb’еktlаr 
    qаr хil, mаnbа esа – dаrоmаd bo’lаdi. Qаr qаndаy sоliq оqibаt nаtijаdа 
    dаrоmаddаn оlinаdi. Bu to’g’ri sоliqlаrgа tааluqlidir. 
    Sоliqqа tоrtish birligi – bu еrdа оb’еktning o’lchоv birligi. Bu dаrоmаd 
    sоlig’idа so’m, еr sоlig’idа kv.mеtr, suv sоlig’idа kub mеtr vа bоshqаlаr. 
    Sоliq stаvkаsi – оb’еktning qаr birligi uchun dаvlаt tоmоnidаn bеlgilаb 
    qo’yilgаn mе’yoridir, ya’ni dаvlаtning оb’еktdаgi ulushi, qissаsidir.
    Sоliq оg’irlig’i – to’lоvchining qаmmа sоliqlаr vа yig’imlаr yig’indisini 
    byudjеtgа to’lаshidir. Sоliq оg’irligi fоydаgа yoki jаmi dаrоmаdgа nisbаtаn 
    оlinаdi. 
    Sоliq stаvkаlаrining turlаri. O’zbеkistоn sоliq qоnunchiligi bo’yichа 
    sоliqlаrning prоpоrцiоnаl, prоgrеssiv vа nоlli stаvkаlаrigа аmаl qilinmоqdа. 
    Sоliqlаrning umumdаvlаt (rеspublikа) vа mаqаlliy sоliqlаrgа bo’linishi 
    ququmаt idоrаlаrining rеspublikа qukumаti vа mаqаlliy ququmаtlаrgа bo’linishi 


    340 
    аsоsidа kеlib chiqаdi. 
    Ayni paytda bizda xam soliq to’lovlarini elektron tarzda topshirish amaliyoti 
    ommalashib 
    bormoqda. 
    Soliq 
    ma’muriyatchiligining 
    samaradorligini 
    yuksaltirishda soliq muassasalarini zamonaviy axborat vositalari bilan jihozlashgan 
    alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa oid axborotlarni yig’ish va qayta 
    ishlashda tezkorlik va samaradorlikni oshirish imkonini beryapdi. Shuningdek
    axborot texnologiyalaridan keng foydalanish biznes uchun ham, davlat uchun ham 
    chiqimlarni kamaytirib, soliq jarayoning yanada oshkora bo’lishini ta’minlamoqda. 
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 
    3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq orginlari ma’lumotlarni ishlash 
    yagona kompyuter tizimini yaratish to’g’risida”gi qarori bilan soliq xizmati 
    orginlarini kompyuterlashtirish vazifasi belgilangan bo’lsa, 1995 yil 14 
    sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq organlari moddiy-texnika bazasini 
    mustahkamlash va xodimlarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish chora-
    tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan Davlat soliq ko’mitasi tasarufida “Yangi 
    texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” tashqil etildi. Markazning asosiy 
    vazifalaridan biri bu soliq xizmati organlari uchun dasturiy mahsulotlar ishlab 
    chiqish va ma’lumotlarga ishlov beradigan yagona kompyuter tizimini yaratishdan 
    iboratdir. Ayni paytda mazkur markaz tomonidan BMT rivojlanish Dasturi 
    moliyaviy ko’magi asosida “Soliq to’lovchilarning soliq hisob-kitoblarini qabul 
    qilish va qayta ishlash hamda davlat soliq xizmati muassalarida statistika 
    hisobotlarini shakllantirish” majmuaviy dasturi hayyotga tatbiq etilmoqda. 
    Dasturning pilot loyihasi 2006 yilning ikkinchi chorag’idan yo’lga qo’yildi. 
    Bugungi kunda Toshkent shahridagi qariyb 16000 dan ortiq yuridik shaxs 
    mazkur loyihaning foydalanuvchilari hisoblanadi. Ya’ni, ular mamlakatimizda 
    birinchilardan bo’lib soliq ma’lumotlarini ish joylarining o’zidan elektron tarzda 
    topshirmoqdalar. Bu esa soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishni 
    soddalashtirish hamda ushbu jarayonga sub’ektiv omillarning ta’sirini 
    kamaytirish imkonini bermoqda. 
    Mamlakatimizda asosiy e’tibor bozor islohotlarini chukurlantirish, 


    341 
    iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk xuquqini himoya qilishni mustahkamlash, 
    kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko’rsatish sohasi ko’lamini 
    kengaytirish va sifat darajasini yaxshilashga qaratilgan. Bugungi kunda respublika 
    Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini boshqarish ishlarini muvofiqlashtirishda 
    soliq ob’ektlari va soliq to’lovchi sub’ektlarni to’liq ro’yxatga olish, barcha 
    turdagi soliqlar va yig’imlar hisob-kitobining haqqoniy ma’lumotlar asosida 
    yuritilishini ta’minlash, soliq to’lovi 
    jarayonlarini soddalashtirish soliq 
    qonunchiligi buzulishining oldini olish, soliq va tushumlarning yig’uvchanligini 
    oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, sohada axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va ularni boshqarishni 
    to’g’ri tashkil etish, shu asosda soliq yukini aniqlashning ilmiy asoslangan va har 
    tomonlama samarali bo’lgan usullarini ishlab chiqish hamda davlat soliq idoralari 
    tomonidan o’rnatilgan nazorat ishlarini imkon qadar mukammallashtirishni talab 
    qiladi. 
    Soliq xizmati organlarida keyingi o’n yillik davrda soliq to’lovchi jismoniy 
    va yurik shaxslarni soliq idoralarida ro’yxatga olish, hisobini yuritish va 
    ma’lumotlarga avtomat ishlov beradigan yagona axborot – hisobga olish tizimi 
    yaratildi. 
    Soliq idoralarida har bir soliq to’lovchi uchun elektron hisob varaqalari 
    ochilgan va unda soliq to’lovchilar to’g’risida ma’lumotlar jamlanib, ular asosida 
    ma’lumotlar bazasi tashkil etilgan. 
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi “Tadbirkorlik 
    sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni 
    noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida”gi Vazirlar 
    Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi “Elektron raqamli imzodan foydalanish 
    sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida”gi qarorlarining 
    qabul qilinishi
    davlat soliq xizmati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini joriy etish va uni yanada takomillashtirish uchun juda katta yo’l 
    ochib berdi. Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat soliq ko’mitasi 
    rahbariyati tomonidan birinchi navbatda soliq to’lovchi su’bektlar uchun qulay 


    342 
    shart-sharoitlar yaratish, jumladan, moliya va soliq hisobotlarini elektron raqamli 
    imzodan foydalangan holda internet tarmog’i orqali uzatish va o’zlari haqida 
    kerakli ma’lumotlarni olish kabi bir qator amaliy ishlar bajariladi. 
    Bugungi kunda soliq xizmati organlarida soliq to’lovchi yuridik shaxslardan 
    moliyaviy va soliq hisobotlarni internet tarmog’i orqali qabul qilish tizimi ishga 
    tushirilgan. Tizimning ishlash tamoyili sodda bo’lib, hisobotlarni elektron shaklda 
    topshirish uchun elektron raqamli imzodan foydalaniladi. 
     
    Tizimda soliq organlariga taqdim etiladigan soliq va moliyaviy hisobotlarga 
    qo’yilgan elektron raqamli imzoning maxsus dasturiy ta’minot yordamida 
    haqqoniyligi tekshirib ko’riladi va tasdig’ini topgandan so’ng ma’lumotlar 
    sub’ektlarning shaxsiy hisob varaqalariga kiritiladi, aks holda hisobotlar qabul 
    qilinmaydi va korxonaga bu haqda ma’lumot yuboriladi. 

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish