Bank elektron xizmatlari xavfsizligi




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
 
6.2. Bank elektron xizmatlari xavfsizligi 
 
Iqtisodiyotda qo’llaniladigan axborot tizimlarida ham xavfsizlikni 
ta’minlash chora tadbirlari ko’rilmoqda. Shu jumladan bank ma’lumotlari har doim 
turli hil yomon niyatli firibgarlarning diqqat e’tiborini o’ziga tortgan, shuning 
uchun hozirgi kunda banklar tehnikaning oxirgi yutuqlari bilan jihozlangan 
qal’alarga aylangan , lekin jinoyat texnikasining rivojlanishi bank 
texnologiyalarning rivojlanishidan ortda qolmayapti. Banklar uchun asosiy havfni 
kompyuter jinoyatlari tug’diradi. Avtomatik rejimda aloqa vositalari yordamida 
katta miqdorda foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatadigan kompyuter smetalarining 
ochiq harakterli pul mablag’larining to’planishi va harakatlanishi jinoyatchilikning 


476 
kompyuter shakli paydo bo’lishiga olib keldi.
Ma’lumotlarga ko’ra bank electron tizimlari faoliyatiga aralashish bilan 
bog’liq bo’lgan jinoyatlardan ko’rilgan talofat yiliga 170 mln dollardan 41 mld 
dollargacha tashkil qiladi.
Yomon niyatli firibgarlarning harakatlari ko’pchilik banklar ularga yaxshi 
ma’lum bo’lgan bir hil standart hisoblash vositalaridan ( IBM - shaxsiy 
kompyuterlar,dasturiy ichki tarmoqlar,dasturlashning standart tillarida yozilgan 
bank faoliyatini avtomatlashtirish dasturlari) foydalanishi sababli samara beradi. 
Bu vositalarning himoya mexanizmlarini yengish qiyin emas. Mijozlarning 
kompyuter savodxonligi oshishi ham muammolar tug’diradi. 
Xavfsizlik masalalariga ahamiyat bermaslik banklarga katta talofat 
keltirishi mumkin. Ma’lumki tijorat banklari o’z mablag’lariga ega emas, ularning 
barcha mablag’lari mijozlar tomonidan topshirilgan. Shuning uchun bankka 
bo’lgan ishonchga putur yetkazmaslik juda muhimdir. Bank electron tizimining 
xavfsizligi bu faqat o’g’irlikdan himoya qilish emas. Chunki bank tizimida 
saqlanayotgan muhim ma’lumotni bu tizimning ishlamasligi sababli 
foydalanuvchiga o’z vaqtida berolmaslik yoki mijozga xizmat ko’rsata olmaslik 
o’z oqibatlari ma’lumot yo’qolishi bilan tengdir. Shu sababli o’z electron 
tizimlarini tuzishda banklar ularning xavfsizligiga alohida e’tibor berishlar i 
lozim.Zamonaviy texnologiyalar banklarga mahsulotlar va hizmatlar yetkazib 
berish tizimini tashkil etishda imtiyozlar tug’diradi. Elektron aloqa vositalaridan 
foydalanish quyidagi imkoniyatlarini beradi: 
Sotish joylarida electron to’lovlar va hisob-kitob; 
Bank bilan bevosita bog’langan mijozlar terminallari; 
Shaxsiy kompyuter yoki telefon yordamida uyda bank 
hizmatlarini ko’rsatish; 
Turli xil hizmatlar tarmog’ida electron ma’lumotlar almashish; 
Electron bank kartalari tehnologiyasi , shu jumladan, magnit va 
elektron plastic kartalari; 


477 
Bank xizmatinig muayyan tizimlarida bu va boshqa uslublarini amalga 
oshirish 
ular faoliyatida tasodifiy yoki qasddan qilingan uzilishlarini oldini olish 
uchun qat’iy himoya choralarini ishlab chiqishni talab qiladi. 
Kompyuter jinoyatchiligiga qarshilik ko’rsatish yoki talofatni kamaytirish 
uchun ma’lumotlarni atayin buzishdan, o’g’irlashdan va ruxsatsiz egalik qilishdan 
himoyalash choralari va vositalarini to’g’ri tanlash zarur.Shuningdek asosiy 
qonunlarini ,xavfsizlikning tashkiliy ,iqtisodiy va boshqa choralarini bilish lozim.

Download 8.25 Mb.
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish