• 1 Fragmentar
  • Bank elektron tizimlari xavfsizligini ta’minlash yo’nalishlari




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet258/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
    Bank elektron tizimlari xavfsizligini ta’minlash yo’nalishlari 
    Bank elektron tizimi xavfsizligi deb turli xil ataylab yoki tasodifan 
    harakatlar natijasida tizim egalari va foydalanuvchilarga zarar keltiradigan 
    urinishlariga qarshilik qobiliyatini aks ettiradigan xususiyatlari tushuniladi. Ta’sir 
    ko’rsatish tabiati turli xil bo’lishi mumkin : yomon niyatli firibgarlarning 
    urinishlari, bank xodimlarining xatolari, tabiiy ofatlar (bo’ron, yong’in),tizimning 
    ayrim qismlari ishdan chiqishi. 
    Odatda ichki va tashqi havfsizlikka ajratiladi: 
    1) Tashqi havfsizlik o’z ichiga tabiiy ofatlardan, yomon niyatli firibgarlarning 
    o’g’irlash, ma’lumot olish yoki tizimni ishdan chiqarish maqsadidagi 
    harakatlardan himoyalashni oladi.
    2) Icki havfsizlik predmeti tizimning ishonchli va to’g’ri ishlashini, uning 
    dasturlari va ma’lumotlari yaxlitligini ta’minlashdir.
    Hozirgi paytda bank electron tizimini himoyalashning 2 yo’nalishi shakllangan: 
    1 Fragmentar-aniq sharoitlarda aniq tahdidlarga (masalan, maxsus antivirus 
    vositalari , shifrlashning muxtor vositalari va boshqalar) qarshilik ko’rsatish. 
    2 Kompleks – tahdidlarga qarshilik ko’rsatishning turli xil choralarini ( 
    huquqiy, tashkiliy, dasturiy-texnik) jamlovchi ma’lumotni qayta ishlashning 
    himoyalangan muhitini yaratish. Kompleks yo’nalishi yirik tizimlarini (SWIFT) 
    yoki qimmatbaho ma’lumotlarini qayta ishlovchi yohud muhim vazifalarini amalga 


    478 
    oshiruvchi kichik tizimlarni himoyalashda qo’llaniladi. 
    Banklar kompyuter tizimlari faoliyatida qo’llanilishi davomida bu tizimlarni 
    himoya qilishda yetarli tajriba orttirilgan. Shu sababli o’ziga xos g’arbiy bank 
    tizimi ruhsat etilmagan foydalanishni oldini olishning vositalarini o’z ichiga oladi. 
    Lekin bank tizimi xavfsizligini ta’minlash uchun bu yetarli emas. Quyidagi 
    choralrini ko’rish lozim: 
    Bank tizimi harakatida yuqori darajadagi vakolatga ega bo’lgan xodimlar 
    (dasturchilar,ma’lumotlar bazasi ma’murlari va boshqalar)ni nazorat qilish 
    tashkiliy choralari; 
    O’ta muhim ma’lumotlar zahirasini yaratish bo’yicha tashkiliy va texnik 
    tadbirlar; 
    Ko’zda tutilmagan holatlar ro’y bergan hollarda tizimning ishlash 
    qobiliyatini tiklash bo’yicha tashkiliy choralar: 
    Hisoblash tehnikasi va ma’lumot tashuvchilari joylashgan honalarni 
    yong’indan,tabiiy ofatlardan,ommaviy tartibsizliklardan, terrorizm va 
    boshqalardan himoyalash bo’yicha tashkiliy va texnik tadbirlar 
    Hisoblash texnikasini himoyalashda tizimli yondashish quyidagilarni talab 
    qiladi: 
    Ma’lumotlar tizimining hozirgi holati asosida xavfsizlik bo’yicha prinsipial 
    qarorlar qabul qilish; 
    Kutilayotgan tahdidlarni va u bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar tizimiga 
    xavf-xatar tahlilini bashorat qilish; 
    Jiddiy holatlar vujudga kelishini oldini olish bo’yicha choralar rejalashtirish;
    Jiddiy holatlar vujudga kelgan holda ularni bartaraf etish choralarini 
    rejalashtirish; 

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bank elektron tizimlari xavfsizligini ta’minlash yo’nalishlari

    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish