Kriptografik kalitlarni boshqarish




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Kriptografik kalitlarni boshqarish. Har qanday kriptografik tizim 
kriptografik kalitlardan foydalanishga asoslangan. Kalit axboroti deganda axborot 
tarmoqlari va tizimlarida ishlatiluvchi barcha kalitlar majmui tushuniladi. Agar 
kalit axborotlarining egarlicha ishonchli boshkarilishi ta’minlanmasa, niyati buzuq 
odam unga ega bo’lib olib tarmoq va tizimdagi barcha axborotdan hohlaganicha 
foydalanishi mumkin. Kalitlarni boshqarish kalitlarni generaniyalash, saqlash va 
taqsimlash 
kabi 
vazifalarni 
bajaradi. 
Kalitlarni 
boshqarish 
kalitlarni 
generaniyalash, saqlash va taksimlash kabi vazifalarni bajaradi. Kalitlarni 
taqsimlash kalitlarni boshkarish jarayonidagi eng masuliyatli jarayon hisoblanadi.
Simmetrik kriptotizimdan foydatanilganda axborot almashinuvida ishtirok 
etuvchi ikkala tomon avval maxfiy sessiya kaliti, ya’ni almashinuv jarayonida 
uzatiladigan barcha xabarlarni shifrlash kaliti bo’yicha kelishishlari lozim. Bu 
kalitni boshqa barcha bilmasligi va uni vaqti-vaqti bilan jo’natuvchi va qabul 
qiluvchida bir vaqtda atmashtirib turish lozim. Sessiya kaliti bo’yicha kelishish 
jarayonini kalitlarni amashtirish yoki taqsimlash deb ham yuritiladi. 
Asimmetrik kriptotizimda ikkita kalit - ochiq va yopiq (maxfiy) kalit 
ishlatiladi. Ochiq kalitni oshkor etish mumkin, yopik kalitni yashirish lozim. Xabar 
almashinuvida faqat ochiq kalitni uning haqiqiyligini ta’minlagan holda jo’natish 
lozim. 
Kalitlarni taqsimlashga quyidagi talablar qo’yiladi: 
• 
taqsimlashning operativligi va aniqligi; 
• 
taqsimlanuvchi kalitlarning konfidentsialligi va yaxlitligi.
Kompyuter 
tarmoqlaridan 
foydalanuvchilar 
o’rtasida 
kalitlarni
taqsimlashning quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi.
Kalitlarni taqsimlovchi bitta yoki bir nechta markazlardan foydalanish. 


497 
Tarmoq foydalanuvchilari o’rtasida kalitlarni to’g’ridan-to’g’ri almashish. 
Birinchi usulning muammosi shundaki, kalitlarni taqsimlash markaziga 
kimga, qaysi kalitlar taqsimlanganligi ma’lum. Bu esa tarmoq bo’yicha 
uzatilayotgan barcha xabarlarni o’qishga imkon beradi. Bo’lishi mumkin bo’lgan 
suiists’mollar tarmok xavfsizligining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Ikkinchi usuldagi muammo - tarmoq sub’ektlarining haqiqiy ekanligiga 
ishonch xosil qilishdir. 
Kalitlarni taqsimlash masalasi quyidagilarni ta’minlovchi kalitlarni 
taqsimlash protokolini qurishga keltiriladi: 
• 
seans qatnashchilarining haqiqiyligiga ikkala tomonning tasdig’i; 
• 
seans haqiqiyligining tasdig’i; 
• 
kalitlar almashinuvida xabarlarning minimal sonidan foydalanish.
Birinchi usulga misol tariqasida Kerberos deb ataluvchi kalitlarni 
autentifikatsiyalash va taqsimlash tizimini ko’rsatish mumkin. 
Ikkinchi usulga-tarmoq foydalanuvchilari o’rtasida kalitlarni to’g’ridan-
to’g’ri almashishga batafsil to’xtalamiz. 
Simmetrik kalitli kriptotizimdan foydalanilganda kriptografik himoyalangan 
axborot almashinuvini istagan ikkala foydalanuvchi umumiy maxfiy kaligga ega 
bo’lishlari lozim. Bu foydalanuvchilar umumiy kalitni aloqa kanali bo’yicha 
xavfsiz almashishlari lozim. Agar foydalanuvchilar kalitni tez-tez o’zgartirib 
tursalar kalitni etkazish jiddiy muammoga aylanadi.
Bu muammoni echish uchun quyidagi ikkita asosiy usul qo’llaniladi: 
1. Simmetrik kriptotizimning maxfiy kalitini himoyalash uchun ochiq kalitli 
asimmefik kriptotizimdan foydalanish.
2 . Diffi-Xellmanning kalitlarni ochiq taqsimlash tizimidan foydalanish.
Birinchi usul simmetrik va asimmetrik kalitli kombinatsiyalangan 
kriptotizim doirasida amalga oshiriladi. Bunday yondashishda simmetrik 
kriptotizim dastlabki ochiq matnni shifrlash va uzatishda ishlatilsa, ochiq kalitli 
asimmetrik kriptotizim faqat simmetrik kriptotizimning maxfiy kalitini shifrlash
uzatish va keyingi rasshifrovka qilishda ishlatiladi. Shifrlashning bunday 


498 
kombinatsiyalangan (gibrid) usuli ochiq kalitli asimmetrik kriptotizimning yuqori 
maxfiyligi bilan maxfiy kalitli simmetrik kriptotizimning yukori tezkorligining 
uyg’unlashishga olib keladi. Bunday yondashish ba’zida elektron raqamli konvert 
sxemasi deb yuritiladi. 
Faraz qilaylik, foydalanuvchi A xabar M ni foydalanuvchi V ga 
himoyalangan 
uzatish 
uchun 
shifrlashning 
kombinatsiyalangan 
usulidan 
foydalanmoqchi. Unda foydalanuvchilarning harakatlari quyidagicha buladi.
Foydalanuvchi A ning harakatlari: 
Simmetrik seans maxfiy kalit Kv ni yaratadi (masalan, tasodifiy tarzda 
generatsiyalaydi). 
Xabar M ni simmetrik seans maxfiy kalit Kv da shifrlaydi. 
Maxfiy seans kalit Kv ni foydalanuvchi (xabar qabul qiluvchi) V ning ochiq 
kaliti KV da shifrlaydi. 
Foydalanuvchi V manziliga aloqaning ochiq kanali bo’yicha shifrlangan 
xabar M ni shifrlangan seans kaliti Kv bilan birgalikda uzatadi.
Foydalanuvchi A ning harakatlarini kuyidagi rasmda keltirilgan xabarlarni 
kombinatsiyalangan usul bo’yicha shifrlash sxemasi orqali tushunish mumkin.

Download 8.25 Mb.
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish