-rasm. Bulutli hisoblashning ishlash tamoylli




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
1.3.2-rasm. Bulutli hisoblashning ishlash tamoylli 
 
Bulutli hisoblash kontsеptsiyasi o’z-o’zidan paydo bo’lgani yo’q, balki 
axborot tеxnologiyalarining so’nggi bir nеcha yillardagi rivolanishi va zamonaviy 
tijorat chaqirig’iga javob tariqasida natijasida paydo bo’ldi. Gartnеr (Gartner 
Group) tahlilchilari guruhi bulutli hisoblashni kеlajakning eng istiqbolli stratеgik 
tеxnologiyasi dеb atashdi va so’nggi 5-7 yillarda axborot tеxnologiyalarining katta 
qismi bulutga o’tishini bashorat qilishmoqda. Ularning baholashlaricha, 2015 yilda 
bulutli hisoblash bozorining hajmi 200 milliard dollarga еtgan. 
Nisbatan yaqin davrlarda paydo bo‘lib, kompyuter tizimlari klassik 
modellaridan etarlicha katta farq qilishi bilan birga, ayrim lahzalarda aynan 
o‘xshash tamoyillarda ish yuritadi. Oddiy holda tushuntirilganda, bunday 
texnologik echimlar o‘zining asosida axborotlar, dasturiy ta’minot yoki boshqa 
maxsus serverlardan foydalanishi va saqlanishi kompyuter xotirasidagi harakatlarni 
hamda yuklanishlarni yuzaga keltirmasdan amalga oshirishga imkon beradi. 
kompyuter xotirasidagi bulut xizmatlariga kirishni ta’minlovchi boshlang‘ich 
o‘rnatish mijoz dasturiy ta’minotidan foydalanadi. 
Bulutli ma’lumotlar ombori (ingl. cloud computing shuningdek, 
“ma’lumotlarga bulutli (tarqoq) ishlov berish” atamasi ham qo‘llaniladi) deganda 
odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini internet-xizmat 
ko‘rinishida taqdim etilishi tushuniladi. SHunday yo‘l bilan foydalanuvchiga “sof” 


55 
ko‘rinishda hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi uning masalalariga 
qanday kompyuter ishlov beryotganligi, bu qanday OT boshqaruvida amalga 
oshirayotganganligi kabi boshqa savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida 
ularga javob topish unga zarur bo‘lmaydi. 
Ko‘p hollarda “bulut”ni ish yuritishida o‘xshashlik va umumiylikni topib 
“meynfrem”lar (mainframe) bilan taqqoslashadi. Ammo “bulut”ni “meynfrem” 
tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqi mavjud, masalan, “bulut”ning hisoblash 
quvvatlari nazariy jihatdan cheklanmaganligidir. Ikkinchi tamoyiliy farqi, oddiy 
holda aytganda, meynfrem texnologiyasida terminallar ishga tushirilgan masala 
bilan foydalanuvchi o‘rtasida o‘zaro interfaol hamkorlik uchun xizmat qiladi,
”bulut”da esa terminalni o‘zi katta quvvatli hisoblash qurilmasi hisoblanadi va 
nafaqat oraliq axborotlarni to‘plab boruvchi vosita bo‘lib qolmasdan bevosita 
global tizimdagi hisoblash resurslarni boshqarish xususiyatiga ham ega bo‘ladi.
Avval paydo bo‘lgan (jumladan, 1990 yillarda) ma’lumotlarga ishlov berish 
texnologiyalari orasida grid-hisoblash bir muncha keng tarqalish munosabatiga ega 
bo‘ldi. Dastlab bu yo‘nalish texnik vositadagi protsessorning foydalanilmay 
turgan resurslaridan unumli foydalanish uchun va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy 
ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaraldi. Bir qator 
loyihalar (GIMPS, distributed.net, SETI@home) hisoblashning bunday modeli 
etarlicha samarali ekanligini isbotlab berdi. Hozirgi kunda bunday texnologiyalar 
ahamiyatli hisoblash resurslari talab qilinadigan ilmiy, matematik masalalarni 
echish uchun keng qo‘llaniladi. Ma’lumki, grid-hisoblashni tijorat maqsadlari 
uchun ham keng qo‘llash mumkin. Masalan, ular yordamida iqtisodiy prognozlash, 
seysmik ma’lumotlarni tahlil qilish, vaksina va yangi dori-darmonlarni ishlab 
chiqish hamda o‘rganish bilan bog‘liq ba’zi bir mashshaqatli mehnat talab etuvchi 
masalalarda samarali qo‘llanilmoqda.
Haqiqatan ham, grid-hisoblash va bulut-hisoblash arxitekturasi hamda 
qo‘llanilayotgan tamoyillariga ko‘ra ko‘pgina o‘xshash qirralarga ega. SHu bilan 
birga, uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun etarlicha egiluvchan 
platformaga egaligi hisobiga bulutli hisolash modeli eng istiqbolli texnologiya 


56 
hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda yirik bulut hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish 
markazlariga (MIBM) joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir 
vaыtni щzida millinlab foydalanuvchi foydalanayotgan щng minglab ilova 
resurlarini ta’minlab beradi 
6
. Bulutli texnologiyalar xususiy ERP, CRM tizim
7
yoki qo‘shimcha qurilmalarni sotib olish va sozlashni talab etuvchi boshqa 
serverlarni saqlab turish o‘ta qimmatga tushadigan korxonalar uchun qulay vosita 
hisoblanadi.
Xususiy foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zining qulayligiga ko‘ra ko‘plab bulut 
xizmatlari (masalan, Google kompaniyasi taqdim etayotgan “Dokumentы”, 
“Kalendar” va boshqalar) o‘z navbatida keng tarqalish munosavbatiga ega 
hisoblanadi.
Bulutli texnologiyalarini foydalanishda uzluksiz mashhurlikka erishib 
boryotganligini sababi oddiy: ularni qo‘llashni turli-tumanligi va infratuzilishga, 
xizmat ko‘rsatish va xodimlarga qilinadigan xarajatlarni tejaydi. Apparat ta’minoti 
uzoqdagi ma’lumotlar bazasida axborotlarni saqlash va ma’lumotlarga ishlov 
berishni etarli darajada soddalashtirishi mumkin. Bunday muammolarning barchasi 
xizmatlar provayderi ziimasiga to‘liq tashlab qo‘yiladi.
Shuning bilan birga, bunday yondashuv korxona kompyuterlariga turli 
operatsion tazimlari (Windows, Linux, MacOS va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa 
ham barcha operatsioe tizimlarni standartlashtirishga imkon beradi. Bulutli 
texnologiya ofisda bo‘lmagan, ammo Internet orqali ulanish imkoniga ega 
xodimlar va mijoozlar uchun ham birdek kompaniya ma’lumotlariga kirishni 
ta’minlashni osonlashtirib beradi.
Yuqoridagilardan 
ko‘rish mumkinki, foydalanish uchun ko‘plab 
qulayliklarga ega. Shu bilan birga, qator kamchiliklarga ham ega. Jumladan, 
mushohada qilib aniqlash mumkinki, uning bosh kamchiligi foydalanuvchining bu 
xizmatlarni etkazib beruvchiga to‘liq bog‘lanib qolish hisoblanadi. Haqiqatan ham, 
6
Miller R. Who Has the Most Web Servers? 2012. URL: http://www.datacenterknowledge.co m/archi-
ves/2009/ 05/ 14/ whos -got-the-most-web-servers/
7
www.interfinans.uz 


57 
bulutli xizmatni yaratish tamoyiliga ko‘ra korxona (foydalanuvchi) faoliyati 
xizmatlar provayderi va Internet provayderining qanday ish olib borishiga bog‘liq 
bo‘lib qoladi.
Bulutli hisoblashni etkazib beruvchilarning ishonchlilik darajasi ortib 
borayotgan bo‘lsada, ma’lumotlarni ishonchliligi va xavfsizlikni ta’minlash uchun 
kattagina harakat, masalan, dubllovchi alaqa kanallari, ularga o‘tish o‘tish uchun 
quvvatlovchiga ega bo‘lish va albatta, ma’lumotlarga kirish rad etib qolmasligi va 
xavfsizligi to‘g‘risida chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘ladi. SHuningdek, xizmatlar 
etkazib beruvchining serverlari qaysi davlatda joylashganligi ham katta ahamiyatga
ega. Chunki barcha resurslarga kirish imkoniyati o‘sha davlatda yuritilayotgan 
tartib va siyosatga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, davlat siri hisoblanadigan va 
xarbiy sohalarga taalluqli mahfiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanadigan korxonalar 
uchun umuman to‘g‘ri kelmaydi. Biron-bir vakolatli tashkilot yoki muassasa 
tarqatilishi mumkin bo‘lmagan axborotlar bilan ishlashda mutlaq xavfsizlik 
ta’minlangan tizim sifatida sertifikat yoki guvohnoma bermaydi. Bu hozirgi 
kungacha echilmagan va har doim dolzarbligicha qoladigan muammo hisoblanadi.
Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor tarmoq va server 
qurilmalarida, balki, sekin-asta ichki quriladigan tizimlar (embedded cloud) 
bozoriga ham jad’al kirib bormoqda
8
. Ichki qurilgan tizimlarni joriy etish 
kompyuter protsessorlarini resurslar sarflanishini ro‘yxatga olish, intellektual 
datchiklar, avtomobil, maishiy texnika va shu kabi boshqa vositalarda 
joylashtirishga olib keldi. Bu qurilmalar ishlashi, ma’lumotlar to‘planishini 
boshqarish va kompyuter tarmog‘iga bog‘lanish vositasida interfaol imkoniyatlarni 
taqdim etishga imkon beradi. 
Turli tuman qurilmalarni global tarmoqqa ulanish g‘oyasi “buyumlar 
interneti” (Inter-net of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows Embedded 
bosh menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p 
yillardan buyon mavjud, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilishi uchun birgina 
8
Медведев А. Облачные техноло гии: тенденции развития, примеры исполнения // Современные технологии 
автоматизации. 2013. № 2. С. 6– 9. 


58 
bo‘g‘in – bulut texnologiyasining yaratilmaganligi edi 
9

Protsessor narxlarini tushib borishi natijasida foydalanishdagi umumiy 
kompyuterlar soni ortib bormoqda va shuningdek, o‘z navbatida ishlov beriladigan 
uzatilayotgan ma’lumotlar (ko‘p hollarda ayni damda) hajmi Internet tarmog‘idan 
foydalanuvchilar sonini ortib borishiga parallel holda ortib bormoqda. Demak, 
yaqin istiqbolda buyumlar interneti va bulutli hisoblashlar ahamiyati yanada ortib 
boradi va ijtimoiy hamda iqtisodiy faoliyatga to‘liq kirib boradi deb mushoxada 
qilish isbot talab qilmaydigan fikr hisoblanadi.

Download 8.25 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Bulutli hisoblashning ishlash tamoylli

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish