• Ma’lumotlar bazasining tarkibi va uni tashkil etish.
  • A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/268
    Sana23.02.2023
    Hajmi8.25 Mb.
    #43285
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   268
    Bog'liq
    Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
    ajratish tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra, ma’lumotlarning ifodalanishi amaliy 
    dasturlardan tashqarida tayyorlanadi va MB da saqlanadi. Bu esa o‘z navbatida 
    dasturlash jarayonini engillashtiradi, dastur uchun zarur bo‘lgan holda 
    axborotlarning hajmini kamaytiradi. MBni yuritishni yaxshilaydi va x.k. 
    Shunday qilib, yuqorida ko‘rib o‘tilgan tamoyillar asosida MB ning tarkibi 
    yaratildi, ya’ni AT ning mantiqiy, fizik va dasturiy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro 
    bog‘lanish ishlab chiqiladi. 
    Ma’lumotlar bazasining tarkibi va uni tashkil etish. ATning tarkibiy 
    elementlari unga yuklatilgan vazifalar va echiladigan masalalarning xususiyati 
    orqali aniqlanadi. Shunga ko‘ra ma’lumotlar bazasining asosiy vazifalari 
    quyidagilardan iborat: 
    -axborotlarni saqlash va himoyalash; 
    -axborotlarni doimo o‘zgartirish (yangilash, yangi ma’lumotlarni kiritish, 
    ortiqcha ma’lumotlarni o‘chirish va x.k.) 
    -foydalanuvchi va amaliy dasturlar talablariga ko‘ra ma’lumotlarni izlash va 
    tanlash; 
    -aniqlangan ma’lumotlarni qayta ishlash va tegishli usulda natijaviy 
    axborotlarni chiqarish va boshqalar.


    77 
    Yuqorida ko‘rsatilgandek, axborotlar ma’lumotlar bazasida saqlanadi. MB - 
    amaliy dasturlarga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lum bir tartib asosida o‘zaro 
    bog‘langan ma’lumotlar to‘plamidir. 
    Har qanday ma’lumot fayli kabi, MB ham yozuvlardan tashkil topadi. 
    Yozuvlar esa o‘z navbatida maydonchalardan hosil qilinadi. YOzuv tezkor va 
    tashqi xotiralar o‘rtasida ma’lumotlar almashish jarayonning eng kichik o‘lchov 
    birligi bo‘lsa, maydoncha - ma’lumotlarni qayta ishlashdagi eng kichik birlik 
    hisoblanadi. 
    MBni tashkil qilish oddiy fayllarni tashkil qilishdan quyidagi ikkita 
    xususiyatiga ko‘ra farqlanadi: 
    -yozuv maydonlarining ifodalanishi ma’lumotlar bilan birgalikda saqlanadi
    -ma’lumotlarni qidirishda maxsus usullardan foydalaniladi. 
    Operatsion tizimning muhitida faoliyat ko‘rsatayotgan MB bilan turli 
    amallarni bajarish mumkin emas. SHu sababli ham operatsion tizim asosida 
    ishlaydigan maxsus amaliy dasturlar majmuasi yaratilgan. Bu majmua ma’lumotlar 
    bazasini boshqarish tizimi deb yuritiladi. MBBT - ma’lumotlar bazasini hosil 
    qilish, uni yuritish va foydalanish uchun mo‘ljallangan dasturlar va til 
    vositalarining to‘plami. 
    MBBTning asosiy qismini boshqarish dasturi tashkil qiladi. Bu dastur MB 
    bilan muloqatni o‘rnatishga bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtiradi. 
    MBBT ishga tushishi bilan uning boshqarish dasturi doimo asosiy xotirada bo‘ladi 
    va talablarni qayta ishlashni tashkil qiladi, ularning bajarilish tartibini ta’minlaydi, 
    amaliy dasturlar va operatsion tizim o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatadi. MB dan 
    tegishli amallarni bajarish jarayonlarini nazorat qiladi va boshqalar. MBga 
    kelayotgan talablarni parallel bajarishni tashkil qilish boshqarish dasturining asosiy 
    funksiyasi hisoblanadi. 
    MBBTning boshqa qismini ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlarining 
    to‘plami tashkil qiladi. Bu to‘plamga tarjimonlar (translyatorlar), talab va 
    dasturlash tillari, muharrirlar, servis dasturlari va boshqalar kiradi.
    Shunday qilib, ma’lumotlar banki bir necha ma’lumotlar bazasi, boshqarish va 


    78 
    amaliy dasturlardan tashkil topadi. Bu elementar AT ga yuklatilgan vazifalarni 
    bajarishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, ATning samarali faoliyati uning 
    ta’minlovchi elementlariga ham bog‘liqdir. Bu ta’minot tarkibiga quyidagi 
    elementlar kiradi. 
    Texnik ta’minot MB va foydalanuvchilarning ish faoliyatini avtomatlashtirish 
    imkoniyatini yaratadigan texnik vositalardan tashkil topadi. Bunday vositalar 
    jumlasiga kompyuter, tashqi qurilmalar, axborotni tashish, uzatish vositalari, aloqa 
    tarmoqlari, abonent punktlari va boshqalar kiradi.
    Matematik ta’minot - funksional masalalarni echish va MBni boshqarish 
    usullari, matematik modellar va algoritmlar to‘plamidan tashkil topadi.
    Dasturiy ta’minot-MBning faoliyatini amalga oshirish dasturlari va turli xil 
    qo‘shimcha vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan servis dasturlarning 
    to‘plamidan iborat bo‘ladi. 
    Axborot ta’minoti-ma’lumotlarni turkumlash va ixchamlashtirish, ifodalash va 
    taqdim etish tizimlaridan tashkil topadi. 
    Lingvistik ta’minot - MBBTda foydalaniladigan tillar, lug‘atlar majmuasi 
    orqali tashkil qilinadi. Tashkiliy ta’minot -MBning kundalik faoliyatini 
    ifodalovchi rasmiy hujjatlar, me’yoriy ko‘rsatmalar to‘plamidan iborat bo‘ladi.

    Download 8.25 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   268




    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

    Download 8.25 Mb.
    Pdf ko'rish