144
ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa — qaror qabul qilish jarayoni deb
yuritiladi. Tashkilotni boshqarish doirasida mehnat
taqsimotiga muvofiq qabul
qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi.
Qaror qabul qilish jarayonini ta’minlash, ya’ni aynan, kerakli axborotni
kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish — tashkilot axborot tizimining
asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati,
uni qabul qilish
jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo‘lishi tashkilotning axborot tizimi
faoliyatiga, u yerda qo‘llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta’sir qiladi va hatto
axborot tizimining butun boshli sinfi — qaror qabul qilish tizimini shakllantirish
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Tashkilotni boshqarishning yuqorida ko‘rib chiqilgan tizimi albatta, unga
kibernetik nuqtai nazardan yondashuviga ko‘ra belgilangan.
Agar boshqaruv
tizimi haqida ayrim mavhumliklarsiz gapiradigan bo‘lsak, yuqorida qayd
etilganlardan tashqari tashkilotning boshqaruv tizimiga uning tashkiliy tarkibi,
xodimlar, vazifani bajarish choralarini ko‘rish, tashkilotning ichki madaniyati va
hokazo omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Xo‘sh, ta’sir ko‘rsatish nima degani? Bu axborot
tizimida qanday axborot
mavjudligi, u qanday saqlanishi, qay yo‘sinda qayta ishlanishi, ushbu tizim
qanday ishlashi va hokazolarni oldindan belgilashni anglatadi.