A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Axborot tizimlarining 
tuzilishi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi 
ta’minlovchi va funksional qismlarga ega, ular ta’minlovchi qism axborot, 
texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvistik ta’minotdan 
iborat bo‘ladi. 
Axborot ta’minoti — tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish 
shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni 
unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha 
qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir. 
U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning 
unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. 
Texnik ta’minot. Texnik ta’minot — axborot tizimi ishi uchun mo‘ljallangan 


145 
texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik 
jarayonlarga tegishli hujjatlardir. 
Matematik ta’minot. Matematik ta’minot — axborot tizimida vazifalarni hal 
etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari, 
matematik uslublari majmui. 
Dasturiy ta’minot — bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga 
oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining 
me’yorida ishlab turishi demakdir. 
Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, 
shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash tizimi, 
dasturchining 
asbob-uskuna 
vositasi, 
test 
va 
tashxis 
dasturlari, 
telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional 
dasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma’lumotlar bazalarini 
boshqarish tizimi va hokazo) kiradi. 
Umumiy tizimli dasturiy ta’minot. Ularga foydalanuvchiga mo‘ljallangan va 
axborotni qayta ishlashning an’anaviy vazifalarini hal etish uchun belgilangan 
dasturlar kompleksi kiradi. Ular kompyuterlarning imkoniyatlarini kengaytirish, 
ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishga xizmat 
qiladi. 
Maxsus dasturiy ta’minot. Aniq bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab 
chiqilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o‘xshash 
ishlab chiqilgan modellar, ma’lum bir obyektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy 
dasturlar paketi kiradi. 
Uslubiy ta’minot va tashkiliy ta’minot — axborot tizimini ishga tushirish va 
ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o‘zaro 
ta’sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir. 
Ergonomik ta’minot (sharoit) — ish joylariga, axborot modellariga, 
xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, 
ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir. 
Maqsad — xodim ishining yuqori samaradorligini ta’minlash. 


146 
Huquqiy ta’minot — axborot tizimining huquqiy maqomi va uni ishga 
tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir. Axborotni olish qayta 
o‘zgartirish va foydalanish tartibi belgilab qo‘yiladi. Huquqiy ta’minotning 
asosiy maqsadi qonunchilikni mustahkamlash sanaladi. Huquqiy ta’minot 
tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari, buyruqlari, 
yo‘riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa 
me’yoriy hujjatlari kiradi. 
Lingvistik ta’minot — axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va 
axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, 
axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui. 
Axborot tizimning funksional qismi axborot tizimining vazifa va topshiriqlari 
bajarilishini ta’minlaydi. Amalda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining 
modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining 
funksiyalarga, funksiyalarning esa axborot tizimi kenja tizimiga o‘zgarishi ro‘y 
beradi. Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir 
belgisiga ko‘ra ajratib ko‘rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimida funksional 
qism funksional belgilariga ko‘ra kenja tizimlarga bo‘linadi: 
boshqaruv darajasi (oliy, o‘rta, quyi); 
boshqariladigan resurs turi (moddiy, mehnat, moliyaviy va hokazo); 
qo‘llanish sohasi (bank, jamg‘arma bozori va hokazo); 
boshqaruv ishi va davri. 
Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional 
qismi tarkibi va mazmuni ma’lum bir obyektga bog‘liq. Axborot tizimining 
ta’minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli obyektlar uchun bir xilda bo‘ladi. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish