• Loyihalarning predmeti va mazmuniga ko‘ra
  • A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti




    Download 148.38 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana15.05.2023
    Hajmi148.38 Kb.
    #59790
    1   2   3   4   5
    Amaliy xarakterdagi loyihalar. Bu toifadagi loyihalar qatnashchilar 
    faoliyatidan kutilgan natijalaming aniq belgilanishi bilan xarakterlanadi. 
    Mazkur natija amaliy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Bunday 
    loyihalar juda yaxshi strukturaga ega bo‘lishi kerak. Loyiha ssenariysi, 
    qatnashchilarning vazifalari, natijaga erishish bosqichlari, foydala niladigan 
    metodlar, olingan natijalarni rasmiylashtirish shakllari aniq belgilanishi kerak. Bu 
    loyihani amalga oshirishda qatnashchilarning har birining ulushi, yakka tartibda va 


    kichik guruhda olib boriladigan ishlar natijalari, taqdimot, olingan natijalarni 
    amaliyotga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatiladi. 
    Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish 
    maqsadga muvofiq. Jumladan, tirik tabiat burchagida boqiladigan kanareyka, to‘ti 
    va boshqa hayvonlarning ovqat ratsionini tuzish, O‘zbekistonga kelib-ketuvchi 
    qushlarning kelish, uya qurish, ko‘payish, uchib ketish muddatlari, ularning 
    keltiradigan foydasi, qishlash joyi, ularni muhofaza qilish tadbirlarini o‘rganish 
    bo‘yicha loyihalarni o‘quvchilarning kichik guruhlariga tavsiya etish joiz. 
    Loyihalarning predmeti va mazmuniga ko‘ra: 
    bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar; 
    fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalarga ajratiladi. 
    Bu loyihalarni shakllantirishda o‘qituvchi biologiya sohasidagi muammoli, 
    qiyin mavzulami olishi mumkin. Mazkur loyihalar biologiyani o‘qitishda tabiiy 
    fanlar, adabiyot, ma’naviyat, madaniyat, san’at va gumanitar fanlar bilan fanlararo 
    bog‘lanishni amalga oshirishga imkon beradi. 
    Modellashtirish-bilish obyektlarini ularning modellari yordamida tadqiq 
    qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir.
    Model – (lot. modulus-o‘lchov, me’yor) – biror obyekt yoki obyektlar 
    tizimining obrazi yoki namunasidir. 
    Biologik tadqiqotlarda tobora keng qo‘llanilayotgan modellashtirish 
    metodining mohiyati tirik tabiatdagi hodisalar va ularning jihatlarini matematik 
    belgilarda aylantirib, model tarzida tiklab o‘rganishdan iborat. Biologik 
    jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini, ekosistemalar hamda biosferaning 
    rivojlanishini kompyuterda modellashtirish orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan 
    voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratildi.

    Download 148.38 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 148.38 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

    Download 148.38 Kb.
    Pdf ko'rish