A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori




Download 8.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/241
Sana12.03.2023
Hajmi8.33 Mb.
#45088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241
Bog'liq
Комилов Х. Биотехнология асослари.
musiqa reja to\'garak, Область применения, TARBIYA JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI O‘RNI , 1696998433, Tcp ip va osi modellarning o’xshash jihatlarini qiyoslash-kompy.info
45088

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi 
Toshkent Farmatsevtika instituti
X.M. Kornilov, M.M. Rahimov, 
D.Yu. Odilbekova
BIOTEXNOLOGIYA 
ASOSLARI
O ‘zbekiston Respublikasi Sog 'liqni Saqlash 
vazirligi oliy o 'quv yurtlarining talabalari 
uchun darslik sifatida tavsiya etgan
T oshkent 
« E X T R E M U M PR ESS» 
2010


T a q riz c h ila r:
Sh.S.Toshm uham edova - biologiya fanlari doktori
A .E rg a sh e v -q ish lo q xo‘jaligi fanlari doktori, professor, 
A .H .Vahobov - biologiya fanlari doktori, professori.
M azkur darslikda an’anaviy va zamonaviy biotexnologiya haqi­
da m a’lumotlar keltirilgan bo‘lib, unda biotexnologiyaning asosiy 
yo‘nalishlari, uning fundamental va amaliy tomonlari, asosiy bio- 
texnologik jarayonlam ing amalga oshirish usullari, gen injeneriya 
yo‘nalishlari, fermentativ jarayonlar bayon etilgan.
Ushbu darslik bakalavr va magistrlar uchun moMjallangan bo‘lib, 
undan biotexnolog mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
ISBN 978-9943-369-69-6
© «EXTREMUM PRESS» 
nashriyoti, 2010 y.


KIRISH
Olimlaming fikricha XXI asr biotexnologiya asri bo‘ladi. Anti- 
biotiklaming paydo bo‘lish davrini biotexnologiyaning alohida 
fan sifatida shakllanish davri deb hisoblash mumkin. Chunki, XX 
asming 50-yillarida ozuqa muhitlari yaratilib, ulami ishlab chiqa­
rish yo‘lga qo‘yildi, 60-yillarda vaksinalar, 70-yillarda qator yangi 
texnologik jarayonlar va ulami amalga oshiradigan jihozlar ham­
da qurilmalaming loyihalari yaratildi. Biotexnologiya biologik 
tizimlar ishtirokida (biologik obyektlar, biologik usullar va bio- 
texnologik jarayonlar) texnika va texnologiyadagi muammolami 
yechish jarayonidir.
Biologik tizimlaming tabiati turlicha bo'lishi mumkin. Ammo 
biologik tizimlar sifatida turli organizmlar va ulaming tarkibidagi 
oqsillar, fermentlar, genlar va xilma-xil metabolitlar xizmat qiladi.
Biotexnologiya - bu gen injeneriyasi, hujayra biologiyasi, fer­
mentlar va oqsillar injeneriyasi, molekular biologiya, genetika. 
mikrobiologiya, biokimyo va boshqa qator fanlaming yutuqlariga 
asoslangan fan hisoblanadi. Biotexnologiyaning yo‘nalishlari quyi­
dagi sxemada ko‘rsatilgan.


Hozirgi zamon biotexnologiyasining asosiy yo 
'nalishlari
Albatta, bu sxema hozirgi kundagi holatni ifodalaydi. Kelajak- 
da yana bir qator yo‘nalishlar shakllanishi mumkin.
Biotexnologik usul bilan gen injeneriyasi mahsulotlari (interfer- 
onlar, interleykinlar, insulin, gepatitga qarshi vaksinalar va hoka- 
zo), fermentlar, diagnostikumlar, vitaminlar, antibiotiklar va bosh­
qalar ishlab chiqarilmoqda.
Biotexnologiya sohasidagi ishlanmalaming eng katta qismi 
rivojlangan mamlakatlarga to ‘g ‘ri keladi. Butun dunyodagi 3000 
ga yaqin biotexnologik kompaniyalarning 1500 dan ko‘prog‘ i faqat 
AQShda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yevropada mavjud bo‘lgan 600 dan ortiq biotexnologik kom- 
paniyalaming ishlab chiqarish ko‘lami muttasil ortib bormoq- 
da. Yaponiya hukumati biotexnologiyaga katta ahamiyat qarat- 
di, bu sohani eng muhim yo ‘nalish deb e ’lon qildi. Boshqa dav- 
latlarda ham molekular-biologiya, gen injeneriyasi, genoterapiya, 
dori vositalar biotexnologiyasi va boshqa bir qator yo‘nalishlardagi 
laboratoriyalar mavjud bo‘lib, ular eng zamonaviy uskunalar bilan 
jihozlangan.


O ‘zb ek isto n d a biotexnologiyaning 
rivojlanish ta rix i
Biotexnologiya fani 0 ‘zbekiston uchun eng kenja fanlardan 
biri bo‘lib, uzoq tarixga ega emas (qadimiy biotexnologik jara­
yonlar: non yopish, qatiq tayyorlash va hokazolar bundan istisno). 
Bu soha, asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi institutlarida va qator 
korxonalarida tadqiqot rivojlanib kelmoqda.
Asosiy ilmiy ishlar 0 ‘zbekiston Milliy universitetida olib bori­
ladi va biotexnologiyaning barcha yo ‘nalishlari bo‘yicha kadrlar 
tayyorlanadi. Toshkent Farmatsevtika institutida biotexnologiyani 
dorivor moddalar va ulaming texnologiyasiga oid masalalar hal 
qilinadi.
0 ‘zbekistonda biotexnologiyani rivojlanishida professor, bio­
logiya fanlari doktori M.M.Rahimov, biologiya fanlari doktori 
A.Abdukarimov, biologiya fanlari doktori Q.Davronov va boshqa 
ko‘plab olimlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Biotexnologiya fani quyidagi oliy ta’lim yurtlarida o ‘qitiladi: 
0 ‘zbekiston Milliy universiteti, Kimyo-texnologiya instituti, Tosh­
kent Farmatsevtika instituti, Agrar universiteti, jumladan, m a’lum 
bilimlar 0 ‘zbekiston Tibbiyot akademiyasida ham o‘zlashtiriladi. 
0 ‘qish jarayonlari qatorida kafedralar va laboratoriyalarda baka- 
lavr, magistrlardan tashqari fan nomzodlari va fan doktorlari tayy- 
orlanayapti.
Mamlakatimiz ravnaqi, uning iqtisodini yanada ko‘tarish 
maqsadida, eng avvalo, quyidagi biopreparatlami ishlab chiqarish­
ni yo‘lga qo‘yish zarur:
• oziq-ovqat va chorvachilik uchun oqsil moddalari;
* aminokislotalar,
e organik kislotalar (lim on kislotasi va uning o 'rn in i 
b o s a
oiadiganlar);
5


• antibiotiklar (birinchi navbatda 4 -5 -av lo d g a m ansub 
antibiotiklar);
• vitaminlar;
• o‘simlikJami himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish;
• tashxis uchun yangi analitik biotexnologiyaga asoslangan 
usullar;
• biogenlar, fermentativ elektrodlar va hokazo.
6


1-BOB. BIOTEXNOLOGIYA FAN SIFATIDA
1.1. Biotexnologiyaning fanlar orasida tutgan o‘rni
XX asming ikkinchi yarmini - „ta’minot-texnik inqilob zamo- 
ni“ deb bejiz atamaymiz. Ilm bugungi kunda inson hayotida katta 
ahamiyatga ega, har bir masalani fanga yondashgan holda yechish 
davr va zamon talabi bo‘lib qoldi.
Biotexnologiya - bu texnika va texnologiyadagi muammolar- 
ni biologik obyektlar yordamida biologik usullardan foydalanib 
yechish.
Inson jamiyati rivojlanishi va shakllanishi bilan birgalikda ilm 
shakllandi va rivojlandi. Bu bevosita biotexnologiyaga ham tegish- 
li. limning paydo bo'lishi, tiklanishi va rivojlanishini shartli to 'rt 
davrga bo'lish mumkin:
1) empirik;
2) etiologik;
3) biotexnik;
4) genotexnik.
E m p irik - (grekcha empeirikos so'zidan olingan bo'lib -
tajribali degan m a’noni anglatadi) tarixgacha davr, eng uzun, 
o 'zig a 8000 yilni jam iaydi, ulam ing 6000 yili - eramizdan oldin 
va 2000 yili bizning eraga tegishli. O 'sh a vaqtlardagi qadimgi 
xalqlar hozirda biotexnologik jarayonlarga kiradigan non, pivo va 
boshqa oziq-ovqatlarni tayyorlash usullarini qo‘llashgan. Ovchi- 
likning inqirozga yuz tutishi oziq-ovqat tayyorlashda tub buri- 
lish vasadi. Bu inqilob 8000 yil oldin boshlanib dehqonchilik tu\-


nikasining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi (neolit va bronza asri). 
Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoyda madaniyat shakllana 
boshladi.
0 ‘sha vaqtda m esopotam iya xalqining m adaniyati rivojlana 
boshladi. U lar achigan xam irdan non pishirishar edi, pivo tay­
yorlash texnologiyasini egallagandilar. Qadimda, uy sharoitida 
bir necha m ing yillar davom ida sirka tayyorlangan, lekin L. Pas­
ter ishlari yordam ida 1868-yil bijg‘ish jarayoniga m ikroblar 
sababligi aniqlandi, vinoning birinchi distillatsiyasi XII asrda 
amalga oshirildi. XVI asrda g ‘alla o ‘sim liklaridan aroq olindi, 
shampan vinosi ichim ligi XVIII asrdan beri m a’lum edi, lekin 
toza etanol birinchi m arta XIV asrda ispaniyalik Raym und Lul- 
li tomonidan vinodan so ‘ndirilm agan ohak yordam ida haydab 
olindi.
Qadimda o ‘simlik va hayvonlardan olingan oziq-ovqat mahsu- 
lotlaridan faqat oziqlanish uchun foydalanilmagan, balki davola- 
nish maqsadida ham ishlatilgan. Masalan, eramizdan a w alg i VII— 
VIII asrda Nineviya shahrida shoh kutubxonasi bo‘lgan, unda 30000 
yozilgan jadval bo‘lib, undan 33 tasida dori vositalari va ulaming 
retsepturasi keltirilgan va shahaming o'zida shifobaxsh o ‘simliklar 
bog‘i bo‘lgan. Zamburug;lar haqidagi m a’lumotlami qadimgi yoz- 
malardan topish mumkin, biroq Lutsiy Litsiniy Lukull (eramizdan 
aw algi 105-56-yillar) o‘z davridagi boy-badavlat odam bo‘lib, 
dabdabali ziyofat uyushtirishi bilan tanilgan, u zamburug‘lar ichida 

Download 8.33 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241




Download 8.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori

Download 8.33 Mb.
Pdf ko'rish