A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami




Download 7,73 Mb.
bet8/45
Sana19.12.2023
Hajmi7,73 Mb.
#123848
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optik
Reference-340201108265, Tojiboyeva Sh.A. Moliyaviy tahlil 2. Darslik. T 2021 copy, DOC tarjima.wps muhr2, Ta’lim metodlari va vositalari, Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo’llanishi, Abdumo\'minov, Karimberdiyev Shahboz, Kuch transformatorlari vazifasi, Iqtisodiyot jamiyat hayotining asosi sifatida, Kesish jarayonidagi issiqlik hodisalari, Shlitsali birikmalar, эрик, DOC Document, Gapning uyushiq bo\'laklari, Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlov
2. Sferik ko‘zgular


  1. Sferik ko‘zguning fokus masofasi egrilik radiusining yarmiga tengligini isbotlang.

  2. Sferik ko‘zgularga yorug‘lik nuri tushmoqda. Quyidagi rasmlardagi botiq va qavariq ko‘zgulardan yorug‘lik nurining qaytish yo‘lini chizing. Rasmda P –ko‘zguning qutbi, O – ko‘zguning optik markazi.


4-rasm

  1. Botiq ko‘zgudan 25 cm masofada joylashgan buyumning 4 marta kattalashgan tasviri hosil bo‘lgan bo‘lsa, botiq ko‘zguning egrilik radiusini toping.

  2. Buyumning radiusi 60 cmbo‘lgan botiq ko‘zgu yordamida hosil qilingan tasviri buyumning o‘lchamidan 4 marta kichik bo‘lishi uchun, buyum va ko‘zgu orasidagi masofa qanday bo‘lishi kerak?

  3. Botiq ko‘zgu ekranda Quyoshning tasvirini diametri 20 mm li doira shaklida beradi. Osmondagi Quyoshning diametri burchak o‘lchagichda 32'. Ko‘zguning egrilik radiusi aniqlansin.

  4. Qavariq ko‘zguning egrilik radiusi 40 cm. Balandligi 10cm bo‘lgan buyum ko‘zgudan 80cm masofada turibdi. Ko‘zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofa va tasvirning balandligini aniqlang.

  5. Buyumdan botiq ko‘zgugacha bo‘lgan masofa, ko‘zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofaga teng bo‘lishi uchun buyum fokus masofasi 20 cmbo‘lgan botiq ko‘zgudan qanday masofada joylashishi kerak?

  6. Botiq ko‘zgudan60cm masofada joylashgan buyumning tasviri buyumdan 60cm masofada hosil bo‘ldi. Ko‘zguning egrilik radiusi topilsin.

  7. Egrilik radiusi R ga teng bo‘lgan botiq ko‘zgudan 2R masofada buyum joylashgan. Ko‘zgudan tasvirgacha masofa aniqlansin.

  8. Buyum egrilik radiusi 1 m bo‘lgan qavariq ko‘zgudan 1,5 m masofada joylashgan. Ko‘zguning kattalashtirishi topilsin.

  9. Botiq ko‘zgudan 18 cm masofada joylashgan buyumning 2 marta kattalashgan mavhum tasviri hosil bo‘lgan bo‘lsa, ko‘zguning egrilik radiusi topilsin.

  10. Buyumdan botiq ko‘zguning fokusigacha bo‘lgan masofa a, tasvirdan fokusgacha bo‘lgan masofa b ga teng bo‘lsa, ko‘zguning egrilik radiusi topilsin.

  11. Botiq ko‘zgu yordamida buyumning 5 marta kattalashgan tasviri hosil bo‘ldi. Agar buyumni ko‘zguoptiko‘qi bo‘ylab biror masofaga siljitilganda, tasvir ham shuncha masofaga siljigani ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, keyingi holatdagi kattalashtirishni toping.

  12. Buyumning botiq ko‘zgu yordamida hosil qilgan tasviri o‘zidan 5 marta katta. Agar buyum ko‘zgu tomon 5 cm ga surilsa, tasvir haqiqiyligicha qoladi va buyumdan 7 marta kattalashadi. Ko‘zguningfokus masofasini toping.

  13. Botiq ko‘zgu yordamida buyumning 4 marta kichik tasviri hosil qilingan. Buyum ko‘zguga 5 cm yaqinlashsa, buyumning 2 marta kichik tasviri hosil bo‘ladi. Ko‘zguning egrilik radiusini toping.

  14. Qavariq ko‘zguning fokusi buyumdan 4cm masofada, buyum tasviridan 24cm masofada joylashgan. Ko‘zguning kattalashtirishini toping.

  15. Nuqtaviy yorug‘lik manbai botiq ko‘zgudan25 cm masofada, bosh optiko‘qdan 5 cm masofada joylashgan. Manbaning tasviri o‘qdan 20 cm masofaa joylashgan. Ko‘zguning egrilik radiusini ikki hol: tasvir haqiqiy va mavhum bo‘lgan hollar uchun aniqlang.

  16. Cheksiz uzoqda joylashgan yorug‘lik manbaidan keluvchi nurlar ko‘zgudan 4cm diametrli teshikka ega bo‘lgan ekranga kelib tushadi. Nurlar ekran tekisligiga perpendikulyar. Ekran orqasiga undan 48 cm masofada optiko‘qi nurlar bilan parallel bo‘lgan botiq ko‘zgu o‘rnatilgan. Ko‘zguning fokus masofasi 20 cm. Ekrandagi yorug‘ doiraning diametri qanday?

  17. Buyumning to‘g‘ri 4 marta kattalashgan tasvirini olish uchun uni egrilik radiusi 120 cm bo‘lgan botiq ko‘zgudan qanday masofaga qo‘yish kerak?

  18. Agar qavariqko‘zguningqutbidan 24cmmasofada joylashgan buyumning 5 marta kichiklashgan tasviri hosil bo‘lsa, ko‘zguning egrilik radiusini toping.

  19. Botiq ko‘zgu yordamida hosil qilinga tasvir o‘zidan 2 marta katta. Buyum va uning tasviri orasidagi masofa 18 cm bo‘lsa, ko‘zguning egrilik radiusini toping.

  20. Nuqtaviy yorug‘lik manbai botiq ko‘zguning bosh optiko‘qidan 20 cm masofada, uning mavhum tasviri esa shu o‘qdan 50 cm masofada joylashgan. Ko‘zguningfokus masofasi manbadan fokal tekislikkacha bo‘lgan masofadan necha farq qiladi?

  21. Egrilik radiusi R bo‘lgan botiq ko‘zguning fokus masofasi va qutbi orasidagi kesmani teng uch bo‘lakka bo‘luvchi ikki nuqtada buyumlar joylashgan. Bu buyumlarning tasvirlari orasidagi masofani toping.

  22. Kuzatuvchi sferik ko‘zgudagi to‘g‘ri tasvirini o‘zidan 0,3 m masofada ko‘rmoqda. Uning tasviri o‘zidan 2marta katta. Sferik ko‘zguning egrilik radiusini toping.

  23. Yig‘iluvchi yorug‘lik nurlari dastasi botiq ko‘zguga tushib, undan qaytgandan so‘ng ko‘zgudan 20 cm masofada va uning bosh optiko‘qidan 15 cm masofada yig‘iladi. Ko‘zguning bosh fokus masofasi 50 cm.agar ko‘zgu bo‘lmasa, nurlar dastasi qanday l masofaga yig‘iladi?

  24. Bosh fokus masofasi 10 cmbo‘lgan botiq ko‘zguga yig‘iluvchi nurlar dastasi tushmoqda. Agar nurlar yo‘lini ko‘zgu orqasiga nurlar kesishguncha davom ettirilsa, kesishish nuqtasi ko‘zgudan 30 cm masofada joylashadi. Nurlar qaytgandan so‘ng ko‘zgudan qanday masofaga yig‘iladi?

  25. Botiq ko‘zgu yig‘iluvchi nurlar yo‘liga shunday qo‘yilganki, nurlarning o‘zi kesishadigan nuqta ko‘zguda uning cho‘qqisidan 20 cm masofada qoladi. Nurlar ko‘zgudan qaytib, fokus masofaning 1/5 qismiga teng masofadagi nuqtaga uchrashadi. Ko‘zguning egrilik radiusini toping.

  26. Nuqtaviy yorug‘lik manbai sferik ko‘zgudan d=6,4cm masofada, bu nuqta ning tasviri ko‘zgu fokusidan a=20 cm masofada joylashgan. Nuqta ko‘zguning bosh optiko‘qida joylashgan.

  27. Botiq ko‘zgu yordamida hosil qilingan tasvir buyumning o‘zidan 2 marta katta. Tasvir va buyum orasidagi masofa 18 cm. Ko‘zguning egrilik radiusini toping.

  28. Buyum va uning sferik ko‘zgudagi mavhum 2 marta kattalashgan tasviri orasidagi masofa 1.5 m. Ko‘zguning egrilik radiusini aniqlang.

  29. Nuqtaviy yorug‘lik manbai botiq ko‘zguning bosh optik o‘qidan 0,2 m masofada, uning mavhum tasviri esa shu o‘qdan 0,5 m masofada joylashgan. Ko‘zguningfokus masofasi manbadan fokal tekislikkacha bo‘lgan masofadan necha marta katta?

  30. Kuzatuvchi o‘zining sferik ko‘zgudagi tasvirini o‘zidan 0,2 m masofada ko‘rmoqda. Uning tasviri xuddi shunday masofada turgan yassi ko‘zguda hosil bo‘lgan tasviridan 1,5 marta katta. Sferik ko‘zguning egrilik radiusini toping.

  31. Yig‘iluvchi nurlar dastasi botiq ko‘zguga tushib, undan qaytgandan so‘ng ko‘zgudan 0,2 m masofada va bosh optiko‘qidan 0,15 m masofada turgan nuqtada yig‘iladi. Ko‘zguning bosh fokus masofasi 0,5 m. Agar ko‘zgu bo‘lmasa, nurlar shu o‘qdan qanday masofaga yig‘iladi? Nurlar yo‘lini chizing.

  32. Fokusmasofasi 0,1mbo‘lganbotiqko‘zgugayig‘iluvchinurlartushmoqda. Agarnurlaryo‘liniko‘zguorqasigaularkesishgunchadavomettirilsa, kesishishnuqtasiko‘zgudan 0,3mmasofadajoylashganbo‘ladi. Nurlar qaytgandan so‘ng qanday masofaga yig‘iladi?



Download 7,73 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Download 7,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami

Download 7,73 Mb.