A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/73
Sana17.11.2023
Hajmi2,39 Mb.
#100404
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Bog'liq
avtomatikani texnik vositlar

 
2.5.3. Manometrik datchiklar 
Sezgir elementining turiga qarab manometrik datchiklarni quyidagilarga
ajratiladi: manometrik, silfonli va membranali (2.14-rasm).
2.14 - rasm. Manometrik datchiklarning turlari. 
a - membranali, v - silfonli, s - manometrik. 


46
Manometrik termometrlar texnikaviy asbob bo’lib, termotizmning ish 
moddasi jihatidan gazli, suyuqlikli va kondensasion turlariga ajratiladi. Bu 
asboblar -150
0
S dan 600 
0
S gacha bo’lgan suyuliq va gazsimon muhitlar 
xaroratini o’lchash uchun qo’llaniladi. Maxsus to’ldirgichli termometrlar esa 
100
0
S dan 1000 
0
S gacha, bo’lgan xaroratlarga mo’ljallangan.
Asbobning tizimi (termobalon, kapilyar sig’imlari, ish moddasi) asosan 
gaz (gazli asboblarda) va suyuqlik (suyuqli asboblarda) bilan boshlang’ich 
bosimda to’ldiriladi. Тermobalon isishi bilan ishchi moddaning bosimi oshadi. 
Buning natijasida asboblardagi membranalar, silfonlar manometrik quvurchalar 
xarakatlanishi boshlanadi. Sezgir elementlar xolati o’zgarilishi natijasida ularga 
ulangan strelkalar xolatini o’zgartirib kontaktlarni ishga tushiradi. Ushbu 
datchiklarning o’lchash chegaralari ishchi moddaning qaynash va qotish
xaroratlari bilan cheklanadi.
Gazli manometrik termodatchiklarning o’ziga hos kamchiliklaridan biri
issiqlik inersiyasining kattaligidir. Buning sababi: termobalon devorlari bilan uni
to’ldirgan gaz o’rtasidagi issiqlik almashish koeffitsiyentining kichikligi va
gazning o’tkazish qobiliyatining pastligi. 
 
2.5.4. Тermoqarshiliklar 
 
Тermoqarshiliklar
xaroratni qarshilik termometrlari bilan o’lchash xarorat 
o’zgarishi bilan o’tkazgichlar qarshiligining o’zgarish xususiyatiga asoslangan. 
Demak, o’tkazgich yoki yarim o’tkazgichning omik qarshiligi uning xarorati 
funksiyasidan iborat, ya’ni R=f(t). Bu funksiyaning ko’rinishi termometr qarshiligi 
materialining xossalariga bog’liq. Ko’pchilik toza metallarning elektr qarshiliklari 
xarorat ko’tarilishi bilan ortadi, metall oksidlar (yarim o’tkazkichlar) ning 
qarshiligi esa kamayadi. Qarshilik termometrini tayerlashda quyidagi talablarga 
javob beruvchi toza metallar qo’llaniladi: 
1. Metall o’lchanayotgan muxitda oksidlanmasligi va uning ximiyaviy tarkibi 
o’zgarmasligi kerak. 


47
2. Metallning xarorat qarshilik koeffitsiyenti yetarli darajada katta va 
stabillashgan bo’lishi lozim. 
3. Qarshilik xarorat o’zgarishi bilan to’g’ri yoki ravon egri chiziqli keskin 
chetlanishlar va gisterezis xolatlarisiz o’zgarishi kerak.
4. Solishtirma elektr qarshilik deyarli katta bo’lishi kerak. Ma’lum xaroratlar 
intervalida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar 
javob beradi. 
Qarshilik termometrining issiqlik sezgir elementi diametri 0,05...0,07 mm ga 
teng platina simdan (ТSP) yoki diametri 0,1mm ga teng toza mis elektrolit simdan 
(ТSM) ishlanadi. Sanoat ishlab chiqaradigan platinali qarshilik termometrlari -200
0
S dan + 650
0
S gacha bo’lgan xaroratlarni o’lchashga mo’ljallangan. Platina sim 
(5.5-rasm) chetlari tishli slyuda plastinaga induksiyasiz (biflar) o’raladi. Plastinaga 
o’ralgan platina sim, uning izolyatsiyasi va mexanikaviy mustaxkamligini 
ta’minlash uchun, ikki tarafidan slyuda qoplagichlar bilan berkitiladi. Uchala 
slyuda detal (platina va koplagichlar) kumush lenta bilan paket hosil qilgan. 
Misli qarshilik termometrlarini sanoatda -50
0
S dan + 180
0
S gacha 
xaroratlarni o’lchash uchun chiqariladi. Standart misli qarshilik termometrining 
emal simi bir necha qavat qilib silindr shaklidagi plastmassa sterjenga o’raladi. 
Sim lak bilan qoplangan. 
2.15-rasm. Тermoqarshilikning sezgirlik elementi. 


48

Download 2,39 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011

Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish