- rasm. Biologik mikroskopning tuzilishi




Download 5.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/121
Sana07.02.2022
Hajmi5.95 Mb.
#17191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
umurtqasizlar zoologiyasi
2-topshiriq chiziqli (amaliy), 50-son, metrolgik manbalar, 1111, Xasanova Fazilat Muhammadovna , slayd 6, Создание систем Микроконтро́ллеров с помощью устройства Switch bank
1- rasm. Biologik mikroskopning tuzilishi 



Oqo’lyar linzalardan iborat bo’lib, tubusning yuqori tomoniga kiygizib 
qo’yiladi. Uning katta qilib ko’rsatish darajasi ustiga yozib ko’yilgan bo’ladi. 
Raqam qancha katta bo’lsa, oqo’lyarning ko’rsatish imkoniyati ham shuncha 
oshadi. Lekin oqo’lyarning kattaligi ortishi bilan ob’ektning ravshanligi 
xiralashadi. Shuning uchun har doim katta oqo’lyardan foydalanish tegishli natija 
beravermaydi. Tekshirilayotgan ob’ektning necha marta kattalashtirilganligini 
bilish uchun ob’ektivdagi raqamni oqo’lyardagi raqamga ko’paytirish kerak. 
Mikroskopning mexanik qismi shtativ, buyum stolchasi, makrometrik 
(kremalera), mikrometrik vintlar va revolverdan iborat. Shtativning pastki qismi 
taqasimon bo’lib, u mikorskopning stol ustida turishiga yordam beradi. Shtativning 
yuqori qismi mikroskop dastasi deyiladi. O’ng qo’l bilan ushlashga 
moslashtirilgan. Shtativga buyum stolchasi biriktirilgan. Bu stolchaning markazida 
teshikchasi bo’lib, u ko’zgu orqali tushadigan yorug’likni ob’ektivga o’tkazadi. 
Buyum stolchasining ustida buyum oynasini qisib turadigan ikkita qisqich-
klemmalar bor. Ikkala yon tomonida esa ikkita vinti bo’lib, bular yordamida 
stolchani ob’ekt bilan birgalikda o’ng yoki chap tomonga, oldinga va orqaga 
siljitish mumkin. 
Tubusni yuqoriga yoki pastga harakatlantirish uchun makrometrik vintlardan 
foydalaniladi. Makrometrik vint yoki kremalera fokus oralig’ini taxminan topishga
va buyumning aksini ko’rishga imkon beradi. Mikrometrik vint esa tubusni asta 
sekin harakatlantirib, fokusni oraligini aniqrok topish hamda tekshirilayotgan 
ob’ektning yuzasini va ichki qismlarini ko’rish maqsadida ishlatiladi. Buyum 
stolchasining ostida mikroskopning yoritgich qismlari, ya’ni kuzgu, qondensor va 
diafragmalar joylashgan. 
Ko’zgu ikki tomanlama, bir tomoni tekis, ikkinchisi botiq bo’lib, yorug’liki 
to’plab beradi. Kuzgu shtativning pastki qismiga harakatchan qilib o’rnatilganligi 
uchun uni yorug’lik manbaiga qarab aylantirish mumkin. Kondensor ikkita 
linzadan iborat bo’lib, ular umumiy gardishga birlashgan. Kondensor ko’zgudan 
tushayotgan nurni yig’ib markazlashtirib o’tkazadi. Maxsus vint yordamida 
kondensorni yuqoriga ko’tarib va pastga tushirib yorug’likni oydinlashtirish yoki 



xiralashtirish mumkin. Kondensorning ostida joylashgan diafragma ayrim metall 
plastinkalardan iborat, ular doira shaklida bir-birini to’plab turadi. Diafragma 
yopilganda plastinkalar markazida kichik teshikcha hosil bo’ladi va yorug’lik u 
orqali o’tadi. Bu teshikchani diafragma chetidagi dastak (richag) yordamida 
kattalashtirib yoki kichiklashtirib, ob’ektni ravshan qilib ko’rish mumkin. 

Download 5.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Download 5.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Biologik mikroskopning tuzilishi

Download 5.95 Mb.
Pdf ko'rish