• Ishning maqsadi
  • MAVZU:SARKOMASTIGOFORALAR TIPI. SARKODALILAR SINFI




    Download 5.95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/121
    Sana07.02.2022
    Hajmi5.95 Mb.
    #17191
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121
    Bog'liq
    umurtqasizlar zoologiyasi
    2-topshiriq chiziqli (amaliy), 50-son, metrolgik manbalar, 1111, Xasanova Fazilat Muhammadovna , slayd 6, Создание систем Микроконтро́ллеров с помощью устройства Switch bank
    MAVZU:SARKOMASTIGOFORALAR TIPI. SARKODALILAR SINFI. 
    ODDIY AMYOBA VA FORAMINIFERALARNING TUZILISHI, ODDIY 
    AMYOBANING HARAKATLANISHI VA OZIQLANISHI. 
     
    1 – ish. Amyoba (Amoeba proteus) ning tuzilishi 
    Kerakli jihozlar: amyoba tuzilishini va harakatlanishini aks ettiruvchi 
    jadvallar, mikroskoplar, amyobaning bo’yalgan tayyor mikropreparatlari, tirik 
    amyobalar mavjud bo’lgan suv, buyum va koplangich oynalar, tomizgichlar, filtr 
    qog’ozining bo’lakchalari, arsella va difflyugiyalar mavjud bo’lgan suv, mum yoki 
    plastilin bo’lakchalari. 
    Ishning maqsadi: Amyobalarning tuzilishini o’rganish va ularning xilma-
    xilligi bilan tanishish. 
    Amyoba chirayotgan o’simlik qoldiqlari orasida qo’lmak suvlarda, 
    hovuzlarda uchraydi. U bir hujayrali suv o’tlari va bakteriyalar bilan oziqlanadi. 
    Kattaligi 0,4-0,5 mm bo’lib, sitoplazmadan iborat (3-rasm). U ikki qavatdan: 
    amyoba tanasini koplab turuvchi va uni tashqi ta’sirlardan saklaydigan 
    shishasimon tiniq va quyuq qavat - ektoplazmadan, nisbatan suyuqrok, donador 
    tuzilishiga ega bo’lgan ichki qavat - endoplazmadan iborat. Bu ikkala qavat bir xil, 
    kolloid moddaning ikki xil holatda bo’lib ko’rinishidir. Ular orasida ajratib 
    turadigan chegara moddalar bo’lmaydi. Shuning uchun ham, ularni biri 
    ikkinchisiga aylanishi mumkin. 
    Amyoba tanasining biror qismida soxta oyoqlar hosil bo’lib, qarama-qarshi 
    tomonida esa ular qisqarib, sitoplazmaga qo’shilib ketadi. Natijada amyobaning 
    sitioplazmasi oqib borayotganga o’xshab ko’rinadi, aslida sitoplazmaning ma’lum 
    bir qismlari bilan substratga tayanib, amyoba «qadamlab» harakatlanadi. Soxta 
    oyoqchalar - psevdopodiyalar harakatlanish organioidlari bo’libgina kolmasdan, 
    ular ovqat moddalarini qamrab olish vazifasini ham bajaradi. Bu esa amyobaning 
    fagotsitoz usuli bilan oziqlanishidir. Keyingi vaqtda elektron mikroskoplar 
    yordamida amyobaning ikkinchi xil - pinotsitoz usuli bilan ovqat moddalarini 


    11 
    qabul qilishi ham aniqlangan. Bu yo’l bilan faqat suyuq mahsulotlar suriladi. 
    Amyobaning tashqi qavatidan sitoplazmaga tomon ingichka naysimon kanal botib 
    turadi. Unga amyoba atrofidagi suyuq modda suriladi. Keyingi pinotsitozda 
    vakuola uzilib sitoplazmaga tushadi.

    Download 5.95 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121




    Download 5.95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU:SARKOMASTIGOFORALAR TIPI. SARKODALILAR SINFI

    Download 5.95 Mb.
    Pdf ko'rish