-rasm. Amyoba (Amoeba proteus)




Download 5.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/121
Sana07.02.2022
Hajmi5.95 Mb.
#17191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121
Bog'liq
umurtqasizlar zoologiyasi
2-topshiriq chiziqli (amaliy), 50-son, metrolgik manbalar, 1111, Xasanova Fazilat Muhammadovna , slayd 6, Создание систем Микроконтро́ллеров с помощью устройства Switch bank
3-rasm. Amyoba (Amoeba proteus)
1-ektoplazma; 2-endoplazma; 3-qisqaruvchi vakuola; 4-ovqat hazm qilish 
vakuolasi; 5-yadro. 
Qamrab olingan ovqat moddasi bir oz suv bilan birga sitoplazmaga o’tadi va 
uning atrofida hazm vakuolasi hosil qiladi. Amyobaning ovqat modda bilan 
uchrashgan turli qismida bu vakuolalar paydo bo’ladi. Sitoplazmaning fermentlari 
ta’sirida vakuolada ovqat hazm bo’ladi, qoldiq moddalar esa amyoba tanasining 
har xil joyidan hazm vakuolasining yorilishi natijasida chiqariladi. Amyoba 
hayotida qisqaruvchi vakuola ham muhim ahamiyatga ega. Sitoplazmada yig’ilgan 
suv va qisman qoldiq moddalar bilan to’la boshlaganda vakuolaning hajmi 
kattalashadi keyin hujayra membranasiga yaqinlashadi va yoriladi, suv esa amyoba 
tanasini koplab turgan membrana teshikchalari orqali tashqariga chiqariladi. Uy 
haroratida qisqaruvchi vakuola har 5-8 daqiqada bir marta qisqaradi. 
Sitoplazmada erigan tuzlarning mikdori atrof muhitidagidan ko’p bo’lganligi 
sababli osmotik bosim ham yuqori bo’ladi. Shuning uchun amyoba tanasiga doim 
suv kirib turadi. Natijada sitoplazmada to’planadigan ortiqcha suvni chiqarishda 


12 
qisqaruvchi vakuola ishtirok etib, u osmoregulyatsiya (osmotik bosimni 
boshqarish) vazifasini bajaradi. Suv bilan birga kislorod sitoplazmaga o’tadi, oqsil 
va uglevodlarning parchalanishidan hosil bo’ladigan qoldiq moddalar, karbonad 
angidrid gazlari esa chiqariladi. Demak, qisqaruvchi vakuola qisman ayrish va 
nafas olish vazifalarini bajaradigan organoid hamdir. 
Amyobaning endoplazmasida yadro joylashgan. Lekin uni maxsus 
bo’yalgan mikropreparatlardagina kuzatish mumkin. Amyoba faqat bo’linish yo’li 
bilan jinssiz ko’payadi. Ovakat moddalari yetarli bo’lganida, 20-25
0
temperaturada 
1-2 so’tka davomida u bir marta bo’linadi. 

Download 5.95 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121




Download 5.95 Mb.
Pdf ko'rish