|
— dasturiy ta’minlash vositalari, shu jumladan: virusga qarshi Pdf ko'rish
|
bet | 221/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)— dasturiy ta’minlash vositalari, shu jumladan: virusga qarshi
dasturlar, vakolatlarni ajratish sistemalari, sistemaga kirishni na
zorat qilish dasturiy vositalari;
— ma’muriy himoya vositalari, shu jumladan: binoga yoki
xonaga kirishni nazorat qilish, firmaning xavfsizlik strategiyasini,
favqulodda holatlardagi harakatlar rejasini ishlab chiqish va b.
Mazkur tasnif ancha shartli, chunki zamonaviy texnologiyalar
himoya dasturiy va apparat vositalarini uyg'unlashtirish yo'nalishida
rivojlanmoqda. Bunday dasturiy— apparat vositalari xususan sis
temaga kirish, viruslardan himoya qilish sohalarida keng tarqal-
gan.
Kompyuterlarda axborotning jamlanjshi, banklarda naqd pullar-
ning jamlanishi kabi, axborotni himoya" qilish maqsadida nazoratni
kuchaytirishni taqozo etmoqda. Yuridik masalalar, shaxsiy sir,
milliy xavfsizlik tijorat va hukumat tashkilotlarida ichki nazoratni
kuchaytirishni talab qilmoqda. Bu yo'nalishda olib borilgan ishlar
natijasida yangi soha - axborot xavfsizligi sohasi vujudga keldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Axborot xavfsizligi bo'yicha mutaxassis tashkilotda axborot xavf-
sizligini ta’minlash tizimini ishlab chiqish, yo'lga qo'yish va undan
foydalanish uchun javob beradi.
Axborotni himoya qilish tizimini tashkil etishning murakkabligi
shu bilan belgilanadiki, ma’lumotlar kompyuterdan o'g'irlanishi va
ayni vaqtda joyida qolishi mumkin; ayrim ma’lumotlarning butligi
ularning yo'q qilib yuborilishi yoki o'zgartirilishida emas, balki
ularga egalik qilishdan iboratdir.
Axborot xavfeizligini ta’minlash — ancha qimmat ish. Gap faqat
vositalarni xarid qilish yoki o'matish xarajatlarida emas. Muayyan
|
| |