• Savol va topshiriqlar
  • 7-dars. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti Reja
  • Asarning asosiy qahramonlari: Ikromjon




    Download 0.52 Mb.
    bet8/30
    Sana13.04.2022
    Hajmi0.52 Mb.
    #19677
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
    Bog'liq
    1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob”

    Asarning asosiy qahramonlari: Ikromjon (21 yil ardoqlab boqqan,bolasining o‘limini ko‘rgan jafokash ota), Tursunboy (qochoq, ota-ona mehridan, yor-birodarlar davrasidan olisda olamdan o‘tgan), Nizomjon, Azizxon,
    Zebixon Tursunboy sevgan qiz), Jannat xola va boshqalar.
    Abdulla Qahhor “Ufq” romani haqida shunday yozgan edi:
    …Bu kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo‘g‘ilmasdan o‘qib chiqadi.
    …u ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir.
    Savol va topshiriqlar:

    1. Said Ahmad hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? Gapirib bering.

    2. Adib ustozlari Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhorlardan qanday xislatlarni o‘zlashtirgan?

    3. Said Ahmad yozuvchilikdan tashqari yana qanday san’at turini egallagan?

    4. Said Ahmad turg‘unlik yillaridan hikoya qiluvchi qanday asar yaratgan?

    5. “Ufq” romanining yaratilish tarixi haqida nimalar deya olasiz?

    6. “Ufq” romanidagi Tursunboyning erka, xudbin bo lib o‘sishining sababi nimada deb o‘ylaysiz?

    7. Ikromjon, Jannat xola, Nizomjon xarakteridagi milliylik nimalarda ko‘rinadi?

    8. Ikromjonning hatti-harakatlariga munosabati ikki xil: bir tomondan unga farzandi sifatida joni achisa, ikkinchi tomondan uni “Xoin! Qochoq! Nomard!” deya la’natlaydi. Buni siz qanday tushunasiz?

    9. “Ufq” romanidan olingan parchadan tabiat tasvirining asar qahramonlari ruhiyatiga mos keladigan o‘rinlarini toping.



    7-dars. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti
    Reja:

    1. Mustaqillik davri she’riyati

    2. Nasr va dramaning o’ziga xos xususiyatlari

    XX asrning 90- yillarida istiqlol adabiyoti deb ataladigan estetik hodisa yuzaga keldi. Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko’ngli, ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratmoqda. Buning natijasida INSON asosiy badiiy qadriyatga aylandi. Bu yillarda o’zbek adabiyotida o’nlab ijodkorlar merosi qayta nashr etildi. Ilmiy-estetik tahlilga tortildi. 80-90 yillar oralig’ida A.Oripovning “Ranjkom”, O.Matjonning “Qush yo’li”, “Nega men?”, U.Azimning “Oqdapadar”, M.Yusufning “Qora quyosh” I.Otamurodovning “Uzoqlashayotgan og’riq”, M.Murodovning “Chaqmoq izidan”, E.Shukurning “Ibtido xatosi” kabi o’nlab dostonlari, A.Ibrohimovning “Puch”, Shukrulloning “Unsiz faryod”, H.Olimjonning “Bir million fojiasi”, H.Muhammadning “Xotinlar “gapi”dan chiqqan hangoma kabi drammalari va komediyalari chop etildi.” Tarixiy muzeyda ham bir qator yangi asarlar yozildi. T.To’laning “Nodirabegim”, S.Sadriddinovning “To’maris”, Sh.Xolmirzayevning “Qora kamar”, Sh.Raziyevning “Saddi Iskandariy” dostoni asosida yaratgan “Iskandar” pyesalari shular jumlasidandir.
    She’riyat bugungi kunda ham milliy adabiyotimizning yetakchi turi bo’lmoqda. A.Oripov, R.Parfi, Sh.Rahmon, A.Suyun, U.Azim, I.Otamurodov, A.Qutbiddin, F.Afro’z, A.Said, Mirzo, Zebo Mirzo, Tursun Ali, Ulug’bek hamda, Halima Ahmad, Xosiyat Rustamova, Rustam Musurmon singari shoirlar namoyon bo’ldi.
    R.Parfining “Adashgan ruh”, “Qora devor”, “Munojot”, “Sensiz”, Sh.Rahmonning “Turkiylar”, “Iqror”, A.Suyunning “Istig’for”, “Oq va qora”, A.Qutbiddinning “Izohsiz lug’at”, A.Saidning “Tush”, “Yo’l”, Faxriyning “Ayolg’u”, “Bo’g’zimdan sirqirar tovush-qon..”, “oyloq kecha..” seriy asarlari mustaqillik davri o’zbek nazmining yutuk namunalaridan hisoblanadi.
    Nasr bugungi adabiy jarayonli salmoqli turidir. Hozirga adabiy jarayonlar Sh. Holmirzaev, O’.hoshimov O. Muxtor , M. Ali, T. Mali, T. Murod, M.M.Do’st , A. Dilmurot , X.Sultonov, N. Norqobilov , X. Nurmuhammat, N.Eshonqul, A.Yo’ldoshev, U.Abdulvahob, L.Bo’rihon, Z.Qurolboy qizi singari ijodkorlar o’ziga xos yosinda qalam terlatib, milliy nasr tarraqqiyotini taminladilar.
    O.Muxtorningm “Ming bir qiyofa”, “Ko’zgu oldidagi odam”, “Tepalikdagi xaroba”, “Ufu”, “Ayollar saltanati va mamlakati”, “Maydon” romanlari. Nazar Eshonqulning “Qora kitob qissasi”. “Shamolni tutib bo’lmaydi” (hikoya qahramoni Bayni momo). “Tobut shahar” , “Quyun” hikoyalari, H. Muhammadning “Bozor”, Luqmon Bo’riqonning ”Jaziramadagi odamlar”, Salomat Vafoning “Tilsim saltanati”, A.Nurmurodovning “Qon hidi” romanlari insonga yondashuvning yangichaligi tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favqulotdaligiga ko’ra milliy adabiyotimiz uchun yangi badiiy hodisalar bo’ldi.
    Sh. Holmirzaev “Ola bo’ji”, “Dinozavr”,romanlari, “Bulut to’sgan oy” qissasi, “Ozodlik”, “O’zbeklar”, “Navro’z navro’z”, hikoyalarida, uni Norqobilov “Oq bo’yin “, “Qoyalar ham yig’laydi”, ”Tog’ odami” qissalari “Oriyat”, “Quvonchli kun” hikoyalarida, Sh. Bo’taev “Sho’rodan qolgan odamlar” qissasi, “Darvesh” hikoyasida, To’g’ay Murod “Otamdan qoldan dalalar ” romanida nasrning an’anaviy tasvir yo’sinidan mahorat bilan foydalana bildi.

    Download 0.52 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asarning asosiy qahramonlari: Ikromjon

    Download 0.52 Mb.