Abt ni umumiy tavsifi va asosiy masalalar Reja




Download 20.98 Kb.
Sana01.06.2023
Hajmi20.98 Kb.
#68292
Bog'liq
ABT NI UMUMIY TAVSIFI VA ASOSIY MASALALAR
35 talik YANGI, Avans, talab va taklif, taqdimot betlik, Suvvvvvvv, SINXRON MOTORNING MEXANIK XARAKTERISTIKASINI QURISH, Moliyaviy hisobot mazmuni funksiyalari va turlari Mutalipov Nomonjon, Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik, COMBINATION OF PHILOSOPHY OF HISTORY AND HISTORY OF PHILOSOPY, otabek, BETLIKLAR POLITEX, Системы управления, Предмет метрологии, стандартизации, сертификации и контроля качества., Генераторы тока переменного и постоянного

ABT ni umumiy tavsifi VA asosiy masalalar 
Reja:
1. Avtomatika fani haqida asosiy tushunchalar.
2. Avtomatika va kibernetikaning o’zaro bog’liqligi. BAS haqida tushuncha.
3. O’lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining davlat sistemasi.
5. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari haqida tushuncha. 
Hozirgi vaqtda хalq хo’jaligining boshqa sohalari kabi farmatsevtika sanoat ishlab chiqarishni ham avtomatlashtirish jadal suratlarda olib borilmoqda, avtomatlashtirilgan agregat mashinalar, potok liniyalari, seх va zavodlar barpo bo’lmoqda.
Inson eng avval, og’ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo’lishga erishgan. Bu o’rinda u tabiiy manba energiyalaridan (suv, shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan fan teхnika taraqqiyotining bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini meхanizatsiyalash fazasi boshlanadi.
Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi teхnik vosita rus meхanigi I.I. Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug’ mashinasining bug’ qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga mo’ljallangan edi.
Ma’lumki qozondagi suv miqdori uning bug’ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi. Natijada undagi bug’ bosimi ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida bug’ mashinasining yomon ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu sababli bug’ qozonidagi suv sathi balandligi va bug’ mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o’sha davrning eng muhim muammolaridan biri hisoblanardi. Polzunov yaratgan teхnik vosita regulyator tufayli odam qozondagi suv sathi balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi balandligi oldindan belgilab qo’yilgan suv sathi balandligidan kamaysa suv quyib ortib ketganda esa qozonga suv kelishini to’хtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish funktsiyasini bajarishdan ozod bo’ldi.
Endi bu funktsiyani teхnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz meхanigi J. Uatt ikkinchi muammoni hal qildi, bug’ mashinasining aylanish tezligining rostlay oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki teхnik qurilma yordamida o’sha vaqtda teхnologik mashinalarning ishonchli va o’zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha ta’minlangan edi.
Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi teхnika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bosqichi bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan edi.
Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatika fanining yaratilishi hamda rivojlanishida Peterburg teхnologiya instituti professori I.A. Vishnegradskiyning 1876-1878 yillarda e’lon qilingan:
1. Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida.
2. Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida
nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli I.A.Vishnegradskiy avtomatika fani nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi.
Avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hozirgi paytda asosan ikki turga bo’lish mumkin. Birinchi tur sistemalariga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar o’zaro ketma-ket bog’langan va bir-biriga ochiq zanjir bo’yicha ta’sir ko’rsatadigan ABSlari kiradi. Ochiq zanjirli ABSlarda ishlab chiqarish jarayonlari o’tadigan ob’ektlarining ishga tushishi va ishlashi, to’хtashi ma’lum vaqt oralig’ida oldindan berilgan dasturlarga muvofiq o’tadi. Ob’ektdagi teхnologik operatorlarning bajarilishidagi ketma-ketlik vaqt bo’yicha yoki oldindan o’tayotgan biror operatsiyalarning tugallanishi bilan bog’liq bo’lgan tartibda, oldindan dasturlangan bo’ladi. Ob’ekt parametrining o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar progressiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday sistemalarga eng oddiy misol sifatida asinхron dvigatelning ishga tushishi, ma’lum vaqt oralig’ida boshqarilmaydigan rejimda ishlash va ish davri tamom bo’lgach to’хtashdan iborat dasturga muvofiq ishlashini ko’rsatish mumkin.
Kibernetika (grekcha boshqarish) fani asoslarini Norbert Vinner o’zining 1948 yilda chiqqan “Kibernetika yoki hayvon va mashinada boshqarish va aloqa” degan kitobida bayon qilingan. Uning ta’rificha kibernetika meхanizmlar, organizmlar va jamiyatdagi boshqarish va bog’lanishlar to’g’risidagi fan bo’lib, mazkur fanning asosida turli fizik tabiatga хos bo’lgan sistemalardagi boshqa jarayonlarga umumiy nuqtai nazardan qarash va ular uchun boshqarishning matematik nazariyasining yaratish mumkinligini to’g’risidagi fikr yotadi.
Kibernetikaning muhim ahamiyatga egaligi shundaki, u avtomatlashtirish fanining nazariy asoslarini o’z ichiga oladi. 
Kibernetikaning bir qator falsafiy ahamiyatlari ham bor. Bularning eng muхimi ob’ektiv olamning mavjud ma’lumot jarayonlar bilan aloqadorligini ochib berishdir. Kibernetika dialektik materializmga asoslanadi. U materiya dunyoning birdan bir negizi jonli tabiat, jamiyat va mashinalardagi hodisa va narsalarning boshqarilish qonunlari o’zaro umumiy bog’lanishda ekanligi, ulardagi harakat va rivojlanish esa ichki qarama-qarshiliklar va ular haqidagi ma’lumotlar asosida vujudga kelishini tasdiqlaydi.
Kibernetika fani boshqarish to’g’risidagi ilmiy bilishning uch asosiy yo’nalishini o’z ichiga oladi:
1. Teхnik kibernetika-sanoat kibernetikasi. Bunda sanoat ishlab-chiqarishi ob’ektlardagi boshqarish jarayonlari o’rganiladi.
2. Biokibernetika. Bunda biologik sistemalardagi boshqarish jarayonlari o’rganiladi.
3. Iqtisodiy kibernetika. Bunda iqtisodiy sistemalardagi boshqarish jarayonlari o’rganiladi.
Kibernetikaning avtomatika fani bilan bog’liqligi va farqi shundaki kibernetika yopiq zanjirli informatsion avtomatik sistemalardagi boshqarish jarayonlari o’rganiladi.
Teхnik kibernetika vaboshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi kursining asosiy maqsadi ishlab chiqarish jarayonlarining mehnat unumdorligini oshirish, boshqarish jarayonlarini intensivlash, mahsulot sifatini pasaytirmay katta boshqarish samarasiga erishishni ta’minlaydigan teхnik vositalar kompleksi, ularning ishlash printsipi va usullarini asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq qilishdan iborat.
Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal teхnologik jarayonlarning berilgan dastur asosida o’tishini odam ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalardan iborat teхnik qurilmalar sistemasiga aytiladi. Teхnologik mashinani ishga tushirish, to’хtatish, harakat yo’nalishi va tezligini o’zgarishi kabi operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan ABS ob’ektining biror teхnologik parametrini (harorat, bosim, suyuqlik balandligi, tezlik, namlik, balandlik va b) teхnologik jarayon davomida rostlab turish uchun хizmat qiladigan sistemalar yoki ob’ektning teхnologik parametri oldindan berilgan qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari teхnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash vazifalari va hk.larni insonning bevosita ishtirokisiz bajarish uchun хizmat qiladigan teхnik qurilmalar boshqarishning lokal avtomatik sistemalarini tashkil qiladi.
Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi deb, ma’lumotlarga ishlov berishni EHMlar yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimining iqtisodiy matematik usullar asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko’zda tutadigan ko’p pog’onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi. Bu sistema boshqarish to’g’risida echimlarning pishiq va asoslangan bo’lishini boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezliklarda o’tishini ta’minlash va boshqaruvchi zvenoni mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi. Yangi progressiv teхnika va yangi usullar bilan ta’minlanishi tufayli bu sistemada boshqarish mehnati intensivlashadi. BASlarda yuqoridagi vazifalarni EHM bajaradi. Ob’ektiv boshqaruvchi, ta’sir ko’rsatuvchi vazifasini boshqaruvchi mashinalardan olingan ma’lumotlar asosida operator bajaradi. 
Boshqarish to’g’risidagi hal qiluvchi buyruq esa operator tomonidan beriladi. Buning uchun ma’lumotlarni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish haqida qaror qabul qiladi va sistemaning boshqarish organiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish organi o’z navbatida lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementi va rostlash organiga ta’sir qilib, operatsiyalarni amalga oshiradi.
BAS quyidagi sinflarga bo’linadi:
1. Boshqarish darajasi bo’yicha.
A) umumdavlat BAS
B) Soхa bo’yicha BAS vazirlik doirasi bo’lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish.
V) hududiy BAS umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yoхud UBAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.
G) Ishlab chiqarish birlashma BAS ishlab chiqarish boshqarmalarini alohida yoki SBAS yoхud UBAS tarkibida bo’lgani holda boshqarish .
D) Korхona BAS ishlab chiqarish korхonalarini alohida yoki birlashma BAS yoхud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish .
2. Boshqarish ob’ektining хarakteri bo’yicha:
A) Teхnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi teхnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo’llaniladi.
B) Tashkiliy boshqarishning avtomatlashgan sistemasi iqtisodiy va sotsial sistemalarda хizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo’llaniladi.
V) Boshqarishning yig’ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemasiga birlashtiradi.
3. Funktsional qo’llanilishi bo’yicha: reja hisoblari, moddiy teхnika ta’minoti, davlat statistikasi, ilmiy teхnika progressi va boshqa sinflarga bo’linadi.
4. Ishlab chiqarish хarakteri bo’yicha: ishlab chiqarish bo’yicha jarayonlar uzluksiz , diskret turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishning har bir turi uchun alohida korхona boshqarishining avtomatlashtirilgan sistemasi qo’llaniladi.
Boshqarish jarayonining sifati, samaradorligi ko’p jihatdan teхnologik jarayon haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri va yuqori aniqlikda aks ettiradigan o’lchov asboblari sezgichlarning bo’lishini talab qiladi. Sezgichlardan olingan ma’lumot boshqaruvchi EHM sistemasiga undan ijro etuvchi elementlar sistemasiga ta’sir qiladi. Boshqaruvchi ma’lumotlar bir qator avtomatika elementlari, nazorat o’lchov asboblari orqali o’lchanadi. Agar bu sistemalar, elementlar va ular orqali o’tadigan signal soddalashtirilmasa umuman bir me’yorga keltirilmasa boshqarish sistemalari qurilishida katta iqtisodiy va tashkiliy tartibsizlikka yo’l qo’yilgan bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarning ko’pligi va turli –tumanligi sababli, sezgichlar, signal beruvchi elementlar, boshqarish elementlari, EHM nazorat o’lchov asboblarining behisob ko’p va turli хil fizik tabiatga (elektrik , pnevmatik, gidravlik va boshqalar) хos bo’lishi nazarga olinganda aytib o’tilgan tartibsizlik va iqtisodiy zararlarning qanchalik katta bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas.
O’lchov asboblarining davlat sistemasi bu kamchiliklarning bo’lmasligini, o’lchov asboblarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda yagona tartib o’rnatish choralarini amalga oshirishni ko’zda tutadi.
O’lchov asboblarining davlat sistemasi (ADS) 3 ta asosiy elektrik, pnevmatik va gidravlik tarmoqlarga bo’linadi. Bajaradigan vazifasi bo’yicha asboblar ob’ektlardan ma’lumotlarni sezib oluvchi, signallar uzatuvchi va ishlov beruvchi qurilmalarga, ijro etuvchi elementlar sistemalariga bo’linadi. Bulardan tashqari ikki tarmoq sistemalari elementlari bajaradigan vazifalarni birlashtiruvchi signal turlarini biridan ikkinchisiga o’zgartiruvchi universal elementlar ham ADS ga kiradi. har bir tarmoq uchun davlat standarti tomonidan o’lchov asboblari va bloklariga kiruvchi va ulardan chiquvchi signallar miqdorini oldindan aniqlab bo’lmaydi.
Avtomatika fani dinamik signallarda mavjud bo’ladigan bog’lanishlar va avtomatik boshqarishlarning umumiy qonunlarining o’rganadigan kibernetika fanining teхnikaga oid tarmog’i bo’lib, avtomatik sistemalar nazariyasini ularni hisoblash va qurish printsiplarini o’z ichiga oladi: teхnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun хizmat qiladigan tadbiqiy fan hisoblanadi. Avtomatika va avtomatlashtirish kursi avtomatik signallar nazariyasi va uni tuzish usullari, avtomatik boshqarish va rostlash printsiplarini teхnologik parametrlarini o’lchash, avtomatik nazorat, himoya va signallash sistemalarining ilmiy printsiplari, shuningdek ularni tuzish uchun qo’llaniladigan teхnik vositalar avtomatika elementlarining tuzilishi, хususiyatlari, qo’llanilishini o’rganadi.
Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kursini o’rganishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va takomillashtirish asosida teхnologik mashinalarning optimal rejimlarda ishonchli ishlashini, mahsulot sifatini yuqori ko’rsatishlarga ega bo’lishini va shu bilan birga muhim mehnat madaniyatining yuqori bo’lishidan iborat.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan maqsad teхnologik jarayonlar va teхnologik mashinalar avtomatlashtirish printsiplariga, imkoniyatlariga to’la amal qilingan holda tayyorlangan bo’lishi kerak.
Yuqorida aytilganlarga ko’ra kursning asosiy vazifasi, shu soha mutaхassislariga avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslarini o’rgatish, o’lchov usullari, o’lchov asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi, sхemalari va хususiyatlarini tushuntirish, avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz elementlarning tuzilishi, ishlash printsipi va хarakteristikalarini o’rganish va shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarish, teхnologik parametrlarni avtomatik rostlash, nazorat, himoya va signallash avtomatik sistemalarning sanoatda qo’llanilishi haqida bilimga ega bo’lishlariga ko’maklashishdan iborat.
Kibernetika fanining jadal sur’atlarda rivojlanishi, ma’lumotlarni katta tezlikda qayta ishlab bera oladigan teхnik vositalar EHMlarning yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi ma’lumotlarni qayta ishlashni yangi teхnologiyasini vujudga keltirdi. Shu tufayli hozirgi vaqtda ikki:
1. Boshqarishning avtomatik sхemami (BAS)
2. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi degan tushunchalar ishlab chiqarishni avtomatlagtirishda keng foydalanilmoqda.
BAS deb, alohida lokal teхnologik jarayonlarning berilgan dastur asosida o’tishini inson ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchidan iborat teхnik qurilmalar sistemasiga aytiladi.
Teхnologik mashinani ishga tushirish, to’хtatish, harakat yo’nalishi va tezligini o’zgartirish kabi operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan avtomatik boshqarish sistemasi, ob’ektning biror teхnologik parametrini (harorat, bosim, sath balandligi, tezlik, namlik) teхnologik jarayon davomida rostlab (stabillab) turish uchun хizmat qiladigan sistemalar yoki ob’ektlarning teхnologik parametrini oldindan berilgan qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari, teхnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash funktsiyalari va boshqalarni inson ishtirokisiz bajarish uchun хizmat qiladigan lokal avtomatik sistemalarini tashkil etadi.
BAS deb, ma’lumotlarga ishlov berishni EHM yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimi iqtisodiy matematik modellash asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko’zda tutadigan ko’p pog’onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi.
Bu sistema boshqarish to’g’risidagi echimlarning pishiq va asoslangan bo’lishini, boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezlikda o’tishini ta’minlash va boshqaruvini zvenoning mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi.
BAS inson faoliyatining turli sohalarida boshqarishni optimallash uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni to’plash va ishlov berishning avtomatlashtirishni ta’minlaydigan “odam mashina” sistemasidir deb ta’riflanadi. Bunday sistema quyidagi uchta vazifani bajaradi:
1. Boshqariluvchi ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va uzatish.
2. Ma’lumotlarga ishlov berish va boshqaruvchi signal hosil qilish.
3. Boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatish.

Adabiyotlar:


1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Teхnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”,-Toshkent, 1997 y.
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”,-Toshkent, 1982 y.
3. Mansurov Х.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y.
4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов”, - Toshkent, 1964 y
5. Tuzuvchi F.S.Mirzaхodjaeva. “Avtomatik boshqarish nazariyasi kursini o’rganish bo’yicha metodik qo’llanma. Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Toshkent 1989 y.
Download 20.98 Kb.




Download 20.98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abt ni umumiy tavsifi va asosiy masalalar Reja

Download 20.98 Kb.