Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 4 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-358-364
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
361
April, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Avvalo, ma‟lumotlarga ishlov berish jarayoni qanchalik muhim va asosiy qism
ekanligini ta‟kidlash zarur. Buni quyidagi diagramma orqali ko„rishimiz mumkin:
1-rasm. AI muhandislarining 80% dan ortiq vaqti aynan ma'lumotlarga ishlov
berishdan iborat bo'ladi. Faqatgina 9% vaqt bevosita mashinaviy o„qitish va 4% ML
algoritmni sozlashga ketadi.
Ikkinchi katta muammo so„zlarning o„zagini topish (stemming yoki
lemmatizasiya) ya‟ni buni avtomatlashtirish.
Mazkur mavzu bo„yicha ko„plab tadqiqot ishlari mavjud.
Ushbu bobda
tasniflash vazifasi uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan
algoritmlarning qisqacha
izohlari keltirilgan.
2-rasm. Sentiment tahlili texnikasi
Hissiyotlarni avtomatik aniqlash muammosini hal qilishning ikkita asosiy usuli
mavjud:
1. Statistik uslub. Buning uchun oldindan tonallik
bilan belgilangan matnlar
to„plami (korpus) kerak bo„ladi. Ular bo„yicha model o„qitiladi,
uning yordamida
matn tasniflanadi;
2. Lug„atlar va qoidalarga asoslangan uslub. Buning
uchun ijobiy va salbiy
so„zlar va iboralarning lug„ati tuziladi.
Ba‟zida aralash (gibrid) uslub ham qo„llaniladi.