Academic Research in Educational Sciences volume




Download 22.06 Kb.
bet2/3
Sana28.01.2024
Hajmi22.06 Kb.
#147458
1   2   3
Bog'liq
bo-lajak-informatika-o-qituvchisini-innovatsion-faoliyatga-tayyorlashning-metodik-aspektlari
2.0 Malumotlar bazasi 2023 tushish aniq baza (2), p2p, Документ Microsoft Word, PARADIGMA YN, uzluksiz-ta-lim-tizimini-rivojlantirishda-pedagogik-innovatsiyalar-va-integatsiyaviy-yondashuv, ta-limda-innovatsion-texnologiyalarning-turlari-va-ahamiyati, ta-limda-innovatsion-texnologiyalarning-turlari-va-ahamiyati, 6085-Текст статьи-15189-1-10-20220610, dildora kamalova
Key word: credit-module, methodical series, intellectual potential, scientific- methodical, objective knowledge.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”



2020-yil 7-noyabrdagi PF-6108-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-conli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda, zamonaviy talablar asosida informatika fanini rivojlantirish hamda ularning informatika faniga qiziqishlarini oshirishning mazmun va mohiyatini ochib berish lozim.


Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozorining jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Olinayotgan ma’lumotlarning keskin ko‘payib borayotganligi sababli bu ma’lumotlarni qayta ishlab, undan foydalanish uchun yosh avlodga yetkazilishi kerak bo‘lgan bilimlar ham taboro ortib bormoqda. Bugungi kun o‘qituvchisi oldida dars soatlarini oshirmay turib, oldindan rejalashtirilgan bilimlar bilan bir qatorda eng yangi, oxirgi axborot va ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazib berishga ulgurish muammosi turibdi. Faqat bilim olishga yo‘naltirilgan ta’lim o‘tgan zamonda qolmoqda.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim bu – o‘quvchi o‘quv jarayonida egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo‘llay olish nuqtai nazaridan beriladigan ta’limdir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limdan maqsad o‘quvchini keng qamrovli fikr-mulohaza yuritadigan va muloqotga kirisha oladigan, ta’lim jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo‘llay oladigan barkamol shaxs qilib yetishtirishdir. Umumta’lim maktablari oldiga, bir tomondan, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan jarayonlarni to‘g‘ri tushunadigan, ikkinchi tomondan, jamiyat hayotida faol ishtirok etib, o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkaza oladigan har tomonlama ziyoli shaxsni tarbiyalash vazifasi qo‘yilmoqda.
Shu sababli bo‘lajak informatika o‘qituvchilari oldiga muhim vazifa – o‘z- o‘zini idrok etish salohiyati, yangi intellektual darajaga ega bo‘lgan mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish asosiy vazifalardan biri sifatida vazifasi qilib qo‘yilmoqda. Bunday tayyorlangan kadrlar nazariy tafakkur yuritish, ijodiy faoliyatni amalga oshirish, o‘z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishlari bilan birga o‘zining pedagogik faoliyatida kelajak avlodga ta’lim berishda juda katta mas’ulyat, pedagogga xos bo‘lgan umumiy psixologiya, umumiy

pedagogika, ta’limda axborot texnologiyalari, o‘qitish metodika va o‘z kasbining mohir mutaxassisi bo‘lishi lozim.


An’anaviy o‘qitish metodikasi asosida ta’lim olayotgan talaba mashg‘ulotlarda ko‘pincha eshitadi, ko‘radi, eslab qoladi, takrorlaydi, misol, masala va mashqlardan ishlab ko‘rsatilgan namunalar asosida boshqa turdagi misol va masalalarni ishlab egallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan qo‘llab ko‘rgan holda o‘zining bilim, ko‘nikma va malakasini mustahkamlaydi. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni qo‘yish, faraz va uning yechimini ilgari surish, muammolarga yechim topishning optimal yo‘llarini izlab topish, aloqa va munosabatlar o‘rnatishiga deyarli to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun ham informatika turkumida fanlarda o‘qitishda talabalarga o‘qitishning faol shakllari va metodlaridan mohirona foydalanish talab etiladi. Ayrim hollarda professor-o‘qituvchilarda bu sohada liderlik mahorati yetishmaydi yoki talaba-yoshlarning umiridagi shakllangan shax sifatida namuna bo‘lolmaydi.
Metodik tayyorgarlik amaliyotida allaqachon ishlab chiqilgan mazmunga ega turli harakatlar (tahlil, baholash, tarkiblash)ni bajarishga yo‘nalganlik sezilib turadi. Talabalarning kamdan-kam hollarda ta’lim jarayonini mustaqil loyihalashiga yoki uning muayyan o‘quv vaziyatlari bilan bog‘liq tarkibiy qismlarini tuzishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, hozirgi kunda nafaqat mazmun bilan ishlashga balki amaliyotga qo‘llashga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda[1].
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilari ta’limning ko‘rgazmali-mazmuniy paradigmasi amal qilgan sharoitda tayyorgarlikka ega bo‘lgan; “ular tuzilishi va mazmuni o‘quv fani mantig‘i bilan belgilab berilgan nazariy kurclarni tinglashga, matematik ta’limning o‘zgargan talablari bilan bog‘liq holda mavjud bilimlarini mustaqil to‘ldirish va chuqurlashtirish bo‘yicha nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish metodlarini egallash o‘rniga “oliy ta’lim muassasasida barcha ma’lumotlarning” maqsadiga mutanosib bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashgan.
Shuni ham ta’kidlash kerakki talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishda quyidagi qarama-qarshiliklar mavjud:

  • mavjud metodik tajribani o‘zlashtirish bilan rivojlantiruvchi ta’limni ta’minlash hamda takomillashtirish o‘rtasidagi nomutanosibliklar;

  • pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida informatika o‘qitish metodikasi va mutaxassislik fanlari o‘rtasidagi qarama-uzulishlar (shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va uzluksiz ta’limda matematik fanlar turkumida fanlarni

o‘qitish metodlari o‘rtasida, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSdagi informatika fani uchun belgilangan kompetensiyalar va oliy ta’lim muassasasidagi metodik tayyorgarlikda informatika o‘qitish metodikasi, informatika va matematika, amaliy informatika ta’lim yo‘nalishlaridagi informatika va uni o‘qitish metodikasi o‘rtasida uzviyliklar va boshqalar.


Pedagogika oliy ta’lim muassasalari “Matematika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining zamonaviy kasbiy metodik tayyorgarligining maqsadlari va mazmunidagi muhim o‘zgarishlarga qaramay, talabalar bugungi kun talablariga javob bermaydigan darslik, xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari olimlari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlari qisman foydalangan holda shug‘ullanishda davom etmoqda. So‘nggi o‘n yil ichida Davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishining malaka talabi, o‘quv rejasi va fanlar tarkibi bir necha marta o‘zgarganini ta’kidlash joiz[2].
Oliy ta’lim muassasasi uchun psixologiya, pedagogika va informatika o‘qitish metodikasi bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini ularda qandaydir tarzda informatika o‘qituvchisi, ijodiy shaxsni kamol toptirish bilan bog‘liq masalalar aks ettirilganligi nuqtai nazaridan tahlil qilinib, bu quyidagilarni qayd qilishga imkon berdi:

  • psixologiya va pedagogika bo‘yicha ko‘plab qo‘llanmalarda shaxsning ijodiy komponentlaridan faqatgina ijodiy qobiliyat ko‘rib chiqilgan; ijodiy tafakkurni shakllantirish haqida juda kam so‘z yuritilgan;

  • pedagogika bo‘yicha va boshqa qo‘llanmalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirishga e’tibor qaratilgan, bunda tadqiqot tavsifidagi o‘quv topshiriqlariga (kuzatish, tajriba, eksperiment, adabiyotlardan javob qidirish va boshqalar), taqqoslash, tahlil va belgilarni umumlashtirish, ta’limda muammoli metodlardan foydalanish kabilarga ham muayyan e’tibor qaratilganini ko‘rish mumkin. Ta’lim jarayoni paradigmasi va maqsadlari o‘zgargan hozirgi sharoitda mutaxassilik fanlarini o‘qitish hamda mutanosib texnologiyalar ta’siri ostida tub o‘zgarishlar yuz bergan oliy ta’limda buning o‘zi mutlaqo yetarli emas.

Bo‘lajak informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarini metodik tayyorlashning mavjud tizimini oliy ta’limda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarga mos ravishda isloh qilish, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish texnologiyalarini, rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan smara bergan xorijiy tajribalar asosida yangi innovatsion metodlarni

ishlab chiqish hozirda informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini tayyorlashda muhim vazifadir[3].


Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi zaruriy darajada kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishi bilan birga, til ko‘nikmalarini shakllanganligi ham talab qilinadi. Bu o‘z navbatida bo‘lajak informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisining raqobatborligini oshirishga imkon beradi.

Download 22.06 Kb.
1   2   3




Download 22.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Academic Research in Educational Sciences volume

Download 22.06 Kb.