Adabiy-tanqidiy maqola




Download 40 Kb.
Sana19.11.2023
Hajmi40 Kb.
#101251
Bog'liq
ADABIY-TANQIDIY MAQOLA


ADABIY-TANQIDIY MAQOLA
Maqola istilohi haqida, maqola janrining tabiati. Adabiy tanqidning faol janrlaridan biri niaqola bo'lib, u taqrizga nisbatan hajman kattaiigi, tahlil va tadqiqqa tortilgan adiblar, asarlar va muammolar ko‘lamining kengligi, zamon va makon masalasidagi xosiik kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Maqola asli arabcha so‘zdan olingan bo'lib. lug'aviy jihatdan Sfcr bildirmoq, aytilgan so'z kabi m a’noiarini bildiradi.Istilohiy jihatdan «Adabiyotshunoslik tem unlari lug‘ati»da maqola «Gazeta va jumallar uchun kundalik iiiuhim ijtimoiy-siyosiy, madaniy va adabiy hayot masalalari to£g‘risida yozilgan publitsistik asar»' deb izohlanadi" Bunda maqolaning axborot berishga mo'ljallangan yo‘nalishi ko‘zda tutilgan. Kundalik m atbuotda yoritiluvchi keng ma’nodagi maqolalar ko'pchilikka mo‘ljailanib, hammaga tushunarli til va maroqli uslubda yozilishi bilan xarakterlanadi va, asesan, jumalistik faoliyat hosilasi hisoblanadi, Arab tilidan o’zbek tiliga kirib, o‘zlashib ketgan «maqola» so‘zi hozir ham o‘zining qadim ma’nosini saqlab qolgan. Lekin endi maqola gazeta va jum allar, turli xil to‘plamlar, kitoblar nashr etish hamda matbuot tarixi bilan bog’liqdir. Shunga ko‘ra gazeta, jumal, to'plamlarda nashr etiladigan siyosiy, ilmiy, publitsistik, ijtimoiy xarakterdagi va umumlashtiruvchi kuchiga ega asardir. Shundan kelib chiqib, maqola mavzusi, mazmuni. mohiyati, maqsadiga qarab, siyosiy maqola, iimiy maqola, publitsistik, adabiytanqidiy maqoia kabi ichki ko‘rinishlarga ega. Siyosiy va publitsistik maqola kundalik m atbuotga daxldor siyosiy-ijtimoiy mohiyatga ega bo‘lsa, ilmiy m aqola fanning turli sohalariga oid tadqiqotlar mazmunini ifodalashi bilan ajralib turadi.
Adabiyot sohasidagi tadqiqotlarga taaüuqli maqola adabiy-estetik qarashlarni ifoda etadi. Bunday maqolalarda biror asar yoki adabiy muammo tahlil qilinib, shu iarayonda kelib chiqqan iimiy-estetik xulosalar yoritiladi. Shu xususiyatiga ko‘ra bu xildagi m aqolal3r adabiy-tanqidiy maqola deb yuritiladi. Har qanday adabiy-tanqidiy maqolada o ‘rgani!ayotgan muammo izchil ilrniv mushohadaga, cbra/Ji nihga, kuchli muayyan pafos va ehtirosga suyaniigan holda tahlil qilinsagina, tanqidchining badiiy asar haqidagi fikrlari yorqinlashib, kitobxonga ta ’sir etadigan darajada aniq va o‘qimishli bo'ladi. Adabiy-lanqidiy maqoladan m antiqiy izchillik talab qilinadi, albatta. Biroq, n aniq fanlardagi darajada izchil bo'lmasligi m um kin. Buning sababi, adabiy tanqidning badiiy tafakkur bilan aloqadorligi tufaylidir. Ya'ni, tanqidchi kezi kelganda, o ‘miga qarab fikr yuritayotgan m uam m o va masaladagi haqiqatga zid kelmagan ravishda mushohada va fikrlashda badiiylikdan unumli foydalanishi m umkin. Bu badiiylik, fikr ynritayotgan asar yoki masaladagi o‘ziga xoslikka yoxud ular haqidagi munaqqidning o ‘ziga xos qarasblarini, ichki dunyosi va qivofasini ochishga bo'ysundirilgan boMadi. G'zbek tanqidchiligida XX asrning 20-yiilaridan boshlab bu janrni rivojlantirishga Fitrat, Cho Ipon, A.Qodiriv kabi ijodkorlar biian birga A .Sa’diy, O.Sharafuddinov, Vadud M ahm ud, Otajon H oshim , S.Husayn kabi munaqqidlar o ‘z hissalarini qocshdilar. U larning adabiy- tanqidiy maqolalari bu janrga qo‘yiladigan qator talablarga javob bera olishi bilan diqqatga sazovor. Adabiy-tanqidiy maqolaning tasnifi. Badiiy adabiyotdagi barcha janrlarda bolganidck, adabiy tanqid janrlarida, jumladan, adabiytanqidiy maqolada ham obrazlilik, kompozitsiya muhim rol oynaydi. Masalan, Julqunboy «20-yilda kuldirguvchilarimiz» (1926) maqolasi mazmunini ham, shaklini ham xuddi hajviy-badiiy asar yo‘sinida tuzishga harakat qiladi. Usmonxon esa, «Munaqqidning munaqqidi» (1927) maqolasini Oybckning C ho‘lpon haqidagi maqolasida ilgari surilgan fikrlar bilan bahsga kirishish asosiga quradi. H.Yoqubov «Oybck va uning she’rlari» (1929) maqolasida ilk bor yosh shoim ing shu yillardagi asarlariga obzor berishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqolalarning hech qaysi biri na kompozitsiyasi, na tuzilishi jihatidan bir-biriga o‘xshamaydi, bir-birini takrorlamaydi. 0 ‘zbek tanqidchiligi ana shu ijobiy an’analami o'zlashtirish vo'lidan bordi. Masalan, M .Qo‘shjonovning «Hayot va qahramon» (1979) kitobi adabiy maqolalardan tashkil topgan. U nda «Xarakter evolutsiyasi»deb^ nonüangan ladqiqot Oybekmng «Qutlug' qon* romani tahliliga bag‘ishlangan bolib, bir necha qismlardan tasUki] îopgan. Bu o ‘zbek tanqidchiligining tajriba ortgani sari maqola janrining murakkab shakl va turlariga murojaat eta boshlaganini ko‘rsatadi. «Yoshlar qalbi» deb nom langan m aqolada O.Yoqubovning «Muqaddas» qissasi tahlü etiladi. Hajman kichik bu maqolada asaming o ‘ziga xos tomonlari ko‘rsatib beriladi. Ko'rinadiki, M.Qo'shjonov Ueyarh haï bir maqolasida maqsaddan kelib diiqib, maqola janrining turli ko‘rinish va shakJiariga murojaat etadi. «M.Qo‘shjonov maqolalari puxta o ‘ylangan, izchil kompozitsiyaga ega. linda boshdan oxirigacha davom etuvchi rnuayyan bosh muddao mavjud bo‘lib, muallif ana shu yo‘nalishni qiziqarli tahliliy inuhokamalar, favqulodda yangi fikrlar bilan asta-sekin rivojlantirib boradi. Bu uslub badiiy asarlàr sujeti rivojidagi «qiziqtiruvchanlik» xususiyatini eslatadi*1, deganida O.Tog‘ayev haqdir. Xuddi shu qiziqtiruvchanlik munaqqidning deyarli barcha maqolalaridagi asosiy xususiyatni tashkil etadi. 0 . Sharafiddinovning «Haqiqatga sadoqat» (1989) kilobiga kirgan adabiy-tanqidiy m aqolalar ham kompozitsion quriïish jihatdan turli ko‘rinishda. Ba’zilan obzor shakîica («She’r ko‘p, ammo shoir-chi?»), ba’zilari monografik xarakterda («Ikkinchi cho‘qqi»), ba’zilari porîretga chizgiîar shaklida (*Cho‘lponning ijodiy yo'li»), ba’zilari esa taqriz xarakterida («Haqqush hikmatlari») kabi. 0 zbek tanqidchiligida adabiy-tanqidiy maqolaning, asosan, uch Turi keng tarqalganini ko‘rish mumkin: 1. Portret-maqola. 2. Obzor maqola. 3. Muammoli maqola. 1. Portret-maqolaning shakllanishi va tez taraqqiysi XX asr bosblaridagi davr talabi bilan belgilanadi: hayoti va ijodi kam o'rganilgan yozuvchi va shoirlar, ular haqidagi ma’lumotlarning tarqoq holda ckani san’atkor haqida yaxlit va umumlashma xarakterda ma’lumotlar beruvchi u yoki bu janm ing ilk namunalarini yaratish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Portret-maqola, asosan, ikki xit maqsad bilan yaratiladi: 1. Yozuvchi hayoti va ijodi haqida qisqa bo‘lsa-da, tahJi! asosidagi umumlashma m a’iumot berish. Bunga Fitratnirig Turdi, M.Solih, Vadud Mahmudning Navoiy va Fuzuliy, Oybekning G ‘.G ‘ulom, H.Olimjon kabi ijodkorlar haqidagi portrct-maqolalari misol b o ia oladi. 2. ijodkor portretiga oid chizgiiar berilib. keyinchalik to liq adabiy portret yaratishga zamin hozirlash. Sunday ijodiy izlanish keyingi davrlarda qaror topib, takomillashayolir. Jum ladan, O.Sharafiddinov adabiy portretlarining ko'pchiligi shu tarzda yaratilgan. Shu boisdan adabiyotshunos A.Rasulov O.Sharafiddinovga bag‘ishlangan kitobida «maqola-portret», «maqola-eskiz* singari istilohlarni ishlatdi.
2. Adabiy-tanqidiy obzor maqolada alohida bir adib yoki bir necha adibning muayyan bosqichdagi ijodi; m a'lum bir adabiy tamoyiUar shakllanishi, takomillashuvi; uning sabab-oqibatlari, bu jarayonda muhim roi o ‘ynagan adiblarning asailaridagi o‘ziga xoslikJarni ko‘r satish; adabiy jarayonning o‘ziga xosliklarini ochish; maqsadning amalga oshirilishi natijasidagi xulosalami umumlashîirish; shular asosida muayyan takliflarni o‘rtaga tashlash muhim o‘rin tutadi.
3. A d a b iy-ta n q id iy m uam m oli m a q o la adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasini boyitadigan. ularning takomiliga faol ta ’sir ko‘rsatadigan, tanqidchilikning tayanch va yetakchi ko‘rinishlaridan hisoblanadi. Unda ilmiy-nazariy mohiyat, tadqiqotchining konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun adabiy-tanqidiy maqolalar turli tanqidiy janrlam ing o'zaro sjntezlashuvi jarayonida yangilanib bormoqda. Zam on va talab umuman. tar.qid, shu jumladan, maqola ham o‘zgarmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, adabiy-tanqidiy maqola janri adabiyotdagi harorat ko rsatkiehiga aylamb boryapti deyish mumkin. U adabiyotning um um an olganda, ijtim oiy-siyosiy, m a’rifiy-ilm iv asarlar sifat darajalanni belgilovchi va, ayni vaqtda, ularga ta ’sir emvchi kuchga aylanmoqda.
Download 40 Kb.




Download 40 Kb.