• I-BOB. ADABIY TA’LIMGA INNOVATSION YONDASHUV-DAVR TALABI
  • II BOB. ADABIYOT О‘QITISH METODIKASIGA KONSEPTUAL YONDASHUV
  • Kitobxon javobi”
  • Adabiyot fani Milliy oquv dasturi metodologiyasi loyihasi bo‘yicha Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari fan metodistlari tomonidan tayyorlangan xulosa va takliflar




    Download 21.53 Kb.
    Sana30.10.2022
    Hajmi21.53 Kb.
    #28581
    Bog'liq
    Xorazm viloyati adabiyot fani metodologiyasi xulosa
    10-11 sinf Informatika, Разговорный рус язык ч. 2, ishchi elektroradio, Jo, 1760-Article Text-3674-1-10-20210825, 13-mavzu, Kimyo noldan urganuvchilar 15.08.2023, Ish hujjatlarini yuritish tili va uslubi, Polimerli kompozit materiallari fizikasi.Umarov.A.V, Ommalashtirish Abdurahimov N., Referat Mavzu Estetikaning predmeti va jamiyatdagi o`rni Bajard

    Adabiyot fani Milliy oquv dasturi metodologiyasi loyihasi bo‘yicha Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari fan metodistlari tomonidan tayyorlangan xulosa va takliflar
    Mazkur qо‘llanma umumiy о‘rta ta’lim maktablarida Milliy о‘quv dasturni zamonaviy yondashuvlar asosida joriy etish, ilg‘or xalqaro va xorijiy tajribalar, kompetensiyaviy yondashuv asosida о‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy axloqiy va intellektual rivojlantirish, о‘quv-tarbiya jarayoniga madaniy savodxonlik va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishga yо‘naltirilgan innovatsion shakllar va metodlarni joriy etish, yoshlarning turli vaziyatlarda yuzaga keladigan muammolarini mustaqil hal etishni о‘rgatishga qaratilgan ta’limning motivatsion va innovatsion yechimlarini qо‘llash maqsadida ta’lim sifatini oshirishga erishish bо‘yicha metodik tavsiyalar yoritilgan.
    I-BOB. ADABIY TA’LIMGA INNOVATSION YONDASHUV-DAVR TALABI
    Ushbu metodik qo‘llanmada milliy pedagogikamizning asoslari va jahon pedagogikasining tajribalari namunalari uyg‘unlikda aks ettirilgan.
    Adabiyot о‘qitish metodikasi va metodologiyasining nazariy asoslarini yaratishga, mavjudlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan mazkur qо‘llanmada berilgan badiiy asar tahliliga qaratilgan bosqichli yondashuv to‘g‘ri tatbiq qilingan. Mazkur metodik qo`llanmada o ‘quvchilarning ijodiy fiklash , konseptual yondashuvlar va ularning adabiyot darslariga tatbiq etilishi bilan bog‘liq amaliy ko‘rsatmalar, dars ishlanmalari mukammal tuzilgan.
    II BOB. ADABIYOT О‘QITISH METODIKASIGA KONSEPTUAL YONDASHUV bobida konstruktivizm va ijtimoiy konstruktivizm nazariyalariga asoslangan ta’limning an’anaviy ta’limdan farqlarini jadval va diagrammalarda aks ettirilganligi ta’limning sifat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
    Kitobxon javobi” nazariyasining qo‘llanmada aks etishi o‘ziga xos deb alohida ta’kidlashimiz mumkin. O‘zbek adabiyotida shunday asarlar borki, ularda kitobxon o‘quvchi o ‘zining shaxsiy fikrlarini bayon qilishi uchun o‘qilmagan sahifalarni asarning davomi sifatida ijodiy yondashish imkoniyatini beradi. A. Qahhorning “O ‘g ‘ri”, Ch Aytmatovning “Oq kema”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” G‘. G‘ulomning “Shum bola” asarlari tahlilida “Kitobxon javobi” nazariyasi o‘quvchilarning ijodiylik, o‘z tafakkur sarhadi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi, avvaldan mavjud bilimlari va badiiy asarni o‘qiyotgan paytdagi ruhiy-emotsional holatidan kelib chiqib, badiiy asardagi yashirin ma’nolarning yangi talqinlarini yaratadi.
    Milliy dastur loyihasida davr adabiyoti mavzusidagi dars soatlarini ajratish AQSH maktablarining yuqori sinflari uchun mo‘ljallangan A. Eplbi (Arthur Applebee) va boshqalar hammuallifligidagi “Jahon adabiyoti” darsligida (Boston, “McDougal Littell” nashriyoti, 2008) “Rumiy she’riyati” mavzusiga kirish oldidan so‘fiylik va so‘fiy she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ma’lumot berilishi kabi jahon pedagogik metodlarini o‘rganish asosida 7-sinfdan boshlab tasavvuf va tasavvufiy ta`limot mavzusi kiritilsa, o‘quvchilar asarni o`rganishdan oldin zaruriy ma`lumotlarga ega bo‘lib,asar haqida tasavvurga ega bo‘lar edi.
    III bob. Badiiy asar matni bilan ishlashning interfaol usullari bobida o’qituvchi o‘qishdan oldingi topshiriqlarni tuzayotganda yo‘naltiruvchi savollardan foydalanishi uchun har bir ijodkorning hayoti va ijodiga taalluqli didaktik va o`ziga xos jihatlari qo‘llanmada yoritib borilsa, maqsadga muvofiq bo`lar edi.
    V bob. Adabiyot darslarida o‘quvchilarning kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish (Blum taksonomiyasi asosida) bobida ta’kidlanganidek, asarning baho berish bosqichida o‘quvchi “Kichik tadqiqotchi” sifatida o‘z o‘qigan asariga taqriz yozish vazifasi qo‘yilgani o‘quvchining fikrlash doirasi kengayishiga, yozma nutq malakasining o‘sishiga yordam beradi.
    Namunaviy dars ishlanmalariga ilova qilingan tarixiy manbalar, audio va video manbalar o‘qituvchining dars o‘tish jarayonida mavzuni kengroq yoritishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Dars ishlanmalarida lug‘atlarning alohida ajratib ko‘rsatilganligi, o‘quvchilarning mavzuni oson va yengil tushunishlariga imkon yaratadi.
    Download 21.53 Kb.




    Download 21.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyot fani Milliy oquv dasturi metodologiyasi loyihasi bo‘yicha Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari fan metodistlari tomonidan tayyorlangan xulosa va takliflar

    Download 21.53 Kb.