Adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish




Download 34 Kb.
Sana22.01.2024
Hajmi34 Kb.
#143377
Bog'liq
Adabiyot fanini o

Adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish

Adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish


So’nggi yillarda jamiyat o’z taraqqiyotining yangi-informatsion bosqichiga qadam qo’ydi. Bu avvalambor, butun jahonni qamrab olgan informatsion globallashuv jarayoni bilan bevosita bog’liqdir. Hayotning barcha sohalariga shiddat bilan kirib borayotgan axborot texnologiyalari kundalik turmushning muhim va ajralmas qismi bo’lib bormoqda.
Hozirgi kunda internet asosiy mafkura qurolidir. U yaxshi insonning qo’liga tushsa yaxshilikka, yomon insonning qo’liga tushasa ga’razli niyatga xizmat qilishi mumkin. Xabarlar oqimi yordamida inson ongini tez va oson o’zgartirish mumkin.
Internet tarmog’idan eng ko’p foydalanuvchilar ham yoshlardir. Xuddi mana shu yerda ketma-ket savollar tug’iladi: Bugungi kunda yoshlar internetdan to’g’ri foydalanishyaptimi? Agar mana shunday bo’lsa, bunga kim kafolat bera oladi? Yoshlarning internetdan to’g’ri va oqilona foydalanishlari uchun nima qilmoq kerak? Aslida ular internetni qanday maqsadlarda ishlatishlari kerak va biz ularni qanday to’g’ri yo’naltira olamiz?!
Ma’lumotlarga qaraganda, " Bugungi kunda milliy ".UZ" domenida ro‘yxatga olingan saytlar soni 3000 ga yaqin, lekin shular orasida ishlaydiganlari va muttasil yangilanib turiladiganlari 1000-1200 tagina xolos ( http://ru.infocom.uz/more.php?id=776_0_1_0_M , 2005 yil 28 aprel). O‘zbekiston Respublikasida esa bu ko‘rsatkich 1 mln 80 ming kishini tashkil etadi ( http://www.regnum.ru/nehs/620284.html, 2006 yil 10 aprel ). Shuningdek, ularning kattagina qismi saviya jihatidan bugungi kun talabiga javob bermaydi, qolaversa, yoshlar uchun mo’ljallangan saytlarning aksariyati ko’ngilochar, Estrada, kino, shov-shuvli mavzularda bo’lib, ilmiy-ommabop, bilim beruvchi, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan saytlar juda kam. Shular qatorida mukammal saytlar ham bor. Bular haqida keyinroq albatta to’xtab o’tamiz.
Adabiyot fani qadimdan tarbiya vositasi sifatida “adab o’rgatuvchi fan” bo’lib kelgan. Shunday ekan bu fanni o’qitish jarayonida internet tizimidan samarali foydalanmog’imiz kerak. Internet tizimi yomonlikka emas, balkim yaxshilikka xizmat qiluvchi mafkura quroli bo’lmog’i darkor. Mavzuni o’tib bo’lgach, biz o’quvchilarga O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining http://www.literature.uz/ saytidan foydalanishni maslahat bersak bo’ladi. O’quvchilar bu yerdan o’zbek adabiyoti vakillarining hayotlari va ijodlari bilan tanishishadilar. Bundan tashqari o’quvchilar www.forum arbuz.com tomonidan faoliyat olib borilayotgan http://adabiyot.arbuz.com/index.html kutubxonasidan ham foydalansalar bo’ladi. Kutubxonada mumtoz adabiyot namoyondalari, hozirgi davr ijodkorlari va albatta Forumdoshlar ijodlaridan namunalar, to'plamlar e'lon qilib boriladi. Kutubxona avvalambor O'zbek tilidagi har xil romanlar, qissalar, hikoyalar, dostonlar, xullas - Nazm va Nasr gulshanining boyliklari bilan muntazam ravishda kengaytirib boriladi.
Bugungi kunda yuqorida keltirib o’tgan web sahifalarimizdan tashqari shoir va yozuvchilarning shaxsiy web sahifalari ham mavjud bo’lib bular- Zulfiyaxonim (http:/www.zulfiya.edunet.uz), Abdulla Qodiriy (http:/www qodiriy.edunet.uz), Abdulla Oripov (http://www.aoripov.uz/), Erkin Vohidov http://www.evohidov.madaniyat.uz/), Xurshid Davron (http://www.xurshiddavron.madaniyat.uz/ ) saytlari shular jumlasidandir.
http://www ziyouz.com saytida adabiyot haqida juda ko’plab ma’lumotlar oladilar. Sobir Mirvaliyevning “O’zbek adiblari” kitobidan olingan adiblarning hayoti va ijodi haqidagi biografik manbalar, adiblar ijodlaridan namunalarni o’quvchilar o’qishlari mumkin.
Yana bundan tashqari o’qituvchi va o’quvchilar internet tizimidan nafaqat ma’lumot olish, balki yangi usulda bilim olish vositasi sifatida ham foydalanishlari mumkin. Mavzu o’tib bo’lingach, o’quvchilarga shu mavzu yuzasidan ma’lumotlar to’plash hamda elektron pochta orqali o’qituvchiga yuborish vazifasi topshiriladi va mavzu yuzasidan web sahifa yaratish maqsadi qo’yiladi. Bunda albatta guruh bo’lib yoki yakka tartibda ishlanadi.
Web-sayt yaratish oson bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin amalda u anchagina mehnat talab qiladi. Chunki ijodiy ish yozish kabi o’quvchi o’zgalarning fikrlari, qarashlarini jamlagan holda o’z fikr-mulohazalarini bayon etishlari kerak.
Mazkur loyiha oldiga qo’yilgan vazifalardan biri bu o’quvchilarga web-sayt dizayni san’atini o’rgatishdan iborat. Birinchi galda o’quvchilar adabiyotga oid saytlarga kirib ular bilan tanishib chiqadilar. Bundan asosiy maqsad o’sha saytlarning dizayni, umumiy ko’rinishi, mazmuni bilan tanishish bo’ladi. Shundan so’ng, o’quvchilarga web-sayt uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar: loyiha maqsadi, sayt yaratuvchilarining electron manzillari , sayt yangilanishining oxirgi vaqti va shu sayt mavzusiga yaqin bo’lgan resurslarni(links) topish topshiriladi.
Adabiyotni ommaviylashtirish ishida bo’lgani kabi, web-saytga foydalanuvchilar e’tiborini jalb qilishga alohida ahamiyat beriladi. Ya’ni, ya’ni ushbu saytning nima haqida ekanligi haqida ma’lumot beriladi, uning sahifalarini ko’rsatish tezligi inobatga olinadi. O’quvchilarga oddiy HTML (Hyper Text Markup Language-web sahifalarini shakllantiradigan va internetda ma’lumotlarni uzatadigan til) sahifalarni yaratishdan ham saboq berilishi darkor. Ushbu sahifalarni oddiy Word Office yordamida yaratish, visual materiallar (fotosuratlar va SD dickdagi kinofilmlar va hokazo)ni web-saytga joylashtirish kabi ko’nikmalar o’rgatiladi.
Loyihaning bajarishlari kerak bo’lgan so’nggi vazifasi bu- o’zlari yaratgan veb-saytni og’zaki taqdim etish va undan so’ng ularni baholash bo’ladi.
Adabiyotni zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida o’qitish orqali avvalambor o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishni orttirish, ularning mustaqil ishlash va ijod qilishlari uchun imkoniyat yaratib, o’quv jarayoni takomillashtiriladi. Yana ishdan ko’zlangan asosiy bir maqsad-Internet tarmog’ida turli adabiy mavzularga oid veb-saytlar yaratish va ularning sonini ko’paytirish yotadi. Shuningdek internetdagi bor mavzular aynan ko’chirib olinishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Avvalambor o’quvchilarga berilishi kerak bo’lgan bilimlar rejasi ishlab chiqiladi va ular quyuidagi ko’rinishda bo’ladi:
- Word protsessori bilan ishlash ko’nikmalarini yaxshilash;
- HTML yordamida matnlar yaratish;
- Gipermatn mazmunini tushuntirish;
- Skaner bilan ishlash;
- O’quvchilarga internet imkoniyatlarini ochib berish;
- O’quvchilarning kompyuterda matn yozish qobiliyatlarini yaxshilash.
Sayt yaratishdan oldin o’quvchilar turli qidiruv tizimlarining (asosan- Yahoo, Yandex, Rambler, Aport, Google) imkoniyatlarini qiyoslaydilar. Mashg’ulotlarda o’quvchilar adabiy yo’nalishdagi portallar, tematik saytlar, mashhur electron matnlar kolleksiyasi(electron kutubxonalar), professional electron oynomalar bilan tanishadilar.
Tadqiqotchi o’quvchidan kataloglarni muhimlik, qidirishning osonlik va qulaylik darajalariga qarab qiyosiy tahlil qilish ham talab qilinadi. Ushbu vazifalar o’quvchini ko’poynali interfeys (inson va kompyuter o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik) bilan hamda bir vaqtning o’zida bir nechta dasturlar bilan ishlashga o’rgatadi.
Word dasturining matnli faylini ochgan o’quvchi parallel ravishda Internetda o’ziga kerakli ma’lumotlarni qidirishni boshlaydi. Shundan song, bosqichma-bosqich qidiruv natijalari va xulosalarini faylga joylashtirib boraveradi.
Respublikamizda amalgam oshirilayotgan islohatlar tufayli O’zbekiston jamiyatining barcha sohalari, shu jumladan ilm-fan va ta’lim sohalarini zamonaviylashtirish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Shu jihatdan jahon tajribasiga tayangan holda Adabiyot fanini o’qitishda ta’limning ilg’or usullari, zamonaviy axborot texnologiyalari va Internetdan foydalanish ta’lim jarayoni samaradorligi va sifatini oshirishi bilan bir qatorda Respublikaning jahon information hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga ham keng imkoniyatlar yaratib beradi.


Дата публикации: 26.12.2005
Автор: Нигора Умарова
Download 34 Kb.




Download 34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish

Download 34 Kb.