• Nazorat savollari
  • Adabiyotshunoslik




    Download 0.98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/67
    Sana24.07.2023
    Hajmi0.98 Mb.
    #77206
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67
    Bog'liq
    qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
    Amaliy matematika, 1-Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usul-fayllar.org
    To‘rtinchi vaziyat. Har xil makon va zamon adabiy hodi-
    salarini qiyoslash jarayoni. Bunda turli muhit, makon va tur­
    li zamon adabiy hodisalari taqqoslanadi. Bu vaziyat qiyosiy 
    tah lil metodologiyasi va metodikasi uchun eng murakka­
    bi sa naladi. Masalan, Shekspir va Alisher Navoiy asarlarida 
    ma’rifat talqini yoki Abdulla Qahhor va Jek London asarlarida 
    badiiy psixologizm masalasini o‘rganish uchun quyidagilarni 
    hisobga olish kerak:
    Birinchidan, qiyoslanadigan hodisalarning mohiyatini tu-
    shunish lozim. Ikkinchidan, qiyosiy tahlil obyektlari mavjud 
    bo‘lgan oldingi sharoitlar va muhitlarni ham imkon qadar 


    22
    23
    chuqurroq o‘rganish, ularning Shekspir va Navoiy yoki Abdul­
    la Qahhor va Jek London dunyoqarashiga ta’sirini ochib berish 
    darkor. Chunki har xil zamon va makonda yashab ijod etgan 
    adiblarning asarlarini mashhurlikdan boshqa yana nima bir­
    lashtirib turganini bilish uchun ko‘pgina adabiy hodisalarni 
    yuzaga chiqarish lozim.
    Qiyoslash obyektlarining makon-zamon ko‘rsatkichlari 
    munosabati bilan, tahlil qiluvchining oldida ko‘plab qiyinchi­
    liklar paydo bo‘ladi. Ammo qiyoslanadigan adabiy hodisalar-
    ning rivojlanish jarayonida vujudga keladigan vaziyatlarning 
    xususiyatlari hisobga olinsa, ularni hal etish mumkin. Agar qi­
    yosiy tahlil olib borayotgan tadqiqotchilar farqlanuvchi, zid­
    diyatli hodisalarni qiyoslash metodologiyasi va metodikasiga 
    ega bo‘lsa, qiyoslash natijasi yaxshi samara beradi.
    Nazorat savollari:
    1. Tabiiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyosiy tahlil obyektlari bir- biri­
    dan qanday farq qiladi?
    2. Qiyosiy tahlilning vazifalari nimalardan iborat?
    3. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlarga izoh bering?
    4. Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun, tadqiqotchi 
    qan day bosqichlarda ish olib borishi kerak?
    5.
    Zaruriyat – obyekt – mohiyat algoritmida qiyosiy tahlilni 
    amal ga oshirish mexanizmini tushuntiring?
    6. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan qanday tipik vaziyatlarni bilasiz?
    7. Nima uchun har xil makon va zamon adabiy hodisalarini qi­
    yoslash jarayoni qiyosiy tahlil metodologiyasi va metodikasi 
    uchun eng murakkabi sanaladi?

    Download 0.98 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67




    Download 0.98 Mb.
    Pdf ko'rish