• 2. Adabiy-tipologik o‘xshashliklar
  • 3. Psixologik-tipologik o‘xshashliklar.
  •  Ijtimoiy-tipologik o‘xshashliklar




    Download 0.98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/67
    Sana24.07.2023
    Hajmi0.98 Mb.
    #77206
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67
    Bog'liq
    qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
    Amaliy matematika, 1-Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usul-fayllar.org
    1. Ijtimoiy-tipologik o‘xshashliklar. Bunda ijtimoiy shart- -
    sharoitlarning asarning g‘oyaviy-falsafiy mazmunida aks eti-
    shi nazarda tutiladi. Ijtimoiy va g‘oyaviy omillar badiiy asar 

    Adabiy aloqalar ijodiy jarayon ko‘zgusi (davra suhbati, 2014) // https://ziyouz.uz

    Batafsil qarang: Дюришин Д. Теория сравнительнго изучения литературы. – М., 1979.


    48
    49
    tarkibiga singdirilgan bo‘lib, ayniqsa, g‘oyaviy mazmuni, 
    muallifning davr, ijtimoiy tuzumga nisbatan falsafiy qarash­
    larini ifodalashda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda adabiyot­
    da o‘z aksini topgan ilm-fan, san’at sohalari va huquqiy ong 
    rivojiga turtki beruvchi ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy qarashlar, 
    axloqqa oid muammolar bilan bog‘liq voqea-hodisalar doirasi 
    nazarda tutiladi.
    2. Adabiy-tipologik o‘xshashliklar. Mazkur turdagi o‘x-
    shashliklar sof adabiy hodisaga asoslanadi. Adabiyotning bu 
    sohasi qiyosiy-tipologik tadqiqotning obyekti bo‘lib, aynan 
    shu yerda u adabiyot nazariyasi bilan birlashadi. Badiiy asar-
    dagi umumiy va farqli jihatlarni nafaqat adabiy yo‘nalish, 
    janr lar nuqtayi nazaridan, balki g‘oyaviy-psixologik yon­
    dashuv, qahramonlar tavsifi, kompozitsiya, syujet, motivlar
    ob razlar tizimi, tasviriy vositalar, she’r tuzilishi unsurlari sin­
    gari badiiy likni ta’minlovchi komponentlar nuqtayi nazaridan 
    o‘rganish adabiyotshunoslik uchun muhim natijalar beradi. 
    Adabiyotshunos olim Sh.Sirojiddinovning Alisher Navoiy 
    man balarining qiyosiy-tipologik tekstologik tahliliga bag‘ish­
    langan monografiyasi adabiy-tipologik o‘xshashliklar tahlil 
    qilingan ilmiy asarlardan hisoblanadi
    1
    .
    3. Psixologik-tipologik o‘xshashliklar. Zamonaviy 
    ada biyot-shunoslikda badiiy asarning adabiy jarayondagi 
    o‘rnini belgilash maqsadida janr-uslubiy jihatdan o‘rga-
    nishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda ijodkor shaxsi ning 
    ma’lum bir asarni yaratishdan individual psixologik mo-
    yilligi tushuniladi. Komparativistlar ko‘p hollarda bunday 
    ko‘rinishlarni qiyoslanayotgan mualliflarning tabiatida­
    gi ruhiy yaqinlik bilan izohlaydilar. Agar e’tibor qaratil­

    Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий манбаларининг қиёсий-типологик текстологик 
    таҳлили. – Тошкент: Akademnashr, 2011.
    sa, «Kichkina shahzoda» va «Oq kema» qissasi o‘rtasidagi 
    o‘xshashlikning asosi bosh qahramonlar ruhiy kechinma­
    larida namoyon bo‘ladi»
    1
    .
    N.Toirova, A.Qosimov, B.Xoliqov, Z.Qobilova, T.Proxorova, 
    O.Poxolenkov kabi olimlarning tadqiqotlari tipologik tahlilga 
    asoslangan ilmiy ishlar hisoblanadi
    2
    . Jahon adabiyotshunos­
    ligida adabiy janrlar tipologiyasiga oid ilmiy izlanishlar ham 
    mavjud
    3
    . Bu kabi tadqiqotlar genetik jihatdan bir-biriga alo­
    qasi bo‘lmagan xalqlar adabiyotidagi mushtarak tomonlarni 
    ochib berishi bilan birga, xalqaro adabiy aloqalar rivojiga ham 
    katta hissa qo‘sha oladi. 
    Adabiyotlararo aloqalar tizimida 

    Download 0.98 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67




    Download 0.98 Mb.
    Pdf ko'rish