|
O’zimga keraklik yangi xujjat ochishni o’rganinishimiz mumkun
3.Adobe Photoshop tafsiyanomalari bilan tanishing
|
bet | 2/5 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 473,38 Kb. | | #126266 |
Bog'liq Adobe Photoshop dasturi ishchi oynasining tashkil etuvchilari bi-fayllar.orgO’zimga keraklik yangi xujjat ochishni o’rganinishimiz mumkun
3.Adobe Photoshop tafsiyanomalari bilan tanishing
Grafikaning texnologik asoslarini qurishda uning yaqqo’lligini ham nazarda to’tish zarur. Grafikani yaqqo’lligini oshiruvchi va uning yuklama qobiliyatini ko’paytiruvchi vositalardan biri bu rang berish usulidir. Lekin rang grafikada aralash-quralashlikni keltirib chiqarmasligi kerak. Masalan, alohida regionlarda aholini zichligini ko’rsatishda turli xil regionlar orasida go’yoki uzilishni ifodalagandek taassurot qo’ldiradi. Bu holda bir xil rangni raqamning qiymatiga qarab to’q yoki och holatini ishlatgan ma’qul.Yuqorida ko’rib o’tilgan hamma tasvir hosil qilish usullarining umumiy tomoni shundaki, bu erda tasvir raqamli protsessor yordamida hosil qilinadi.
Grafik tasvirni hosil qilishni zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish uchun kompyuter grafikasining uch usulda – rastrli, vektorli va fraktal usulda hosil qilinishini ko’rib chiqamiz. Bu usullarning asosiy farqi ekran yuzasi bo’yicha nurni haraktlanishining turlichaligidadir.
Vektorli kompyuter grafikasi - bu usulda vektorli displeylardan foydalaniladi. Vektorli qurilmalarda xotirlovchi elektron nurli trubka qo’llanilib, nur ekran bo’yicha berilgan traektoriya bo’yicha bir marta yugurib o’tadi va shu holat ikkinchi buyruq kelmaguncha trubka xotira qurilmasida saqlanib qo’ladi.
Rastrli qurilmalarda tasvir uni hosil qiluvchi nuqtalarning yig’indisi sifatida paydo bo’ladi. (piksel va PEL-lar yigindisi). Rastr - deb gorizontal qatorlarning vaqt birligidagi yig’indisiga aytiladi. Bunda har bir qator alohida PEL lardan tashkil topadi. Nur ketma-ket har bir qator bo’ylab yugurib o’tadi. Har bir PEL lardan o’tayotganda nurning yorqinlik darajasi o’zgaradi. Displeylar turli rejimda ishlashi mumkin. Bir qatordagi piksellar sonini ekrandagi qatorlar soniga ko’paytmasi displeyning sezuvchanlik darajasini ko’rsatadi. Sezuvchanlik darajasi qanchalik katta bo’lsa, shunchalik hosil qilinadigan tasvirni sifati ham yaxshi bo’ladi, lekin teskari nisbatda apparatura tannarxi qimmatlashib boradi. Fraktal grafikaning asosi matematik formula bo’lib, matematik formulalar yordamida tasvirlar hosil qilinadi. Kompyuter xotirasida tasvir shakli emas, balki uning formulasi saqlanadi. Ba’zi hollarda fraktal grafikaning matematik hisoblashlar grafikasi ham deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan displeylar 2-xil sezuvchanlikka ega:
Past sezuvchanlik - 200 vert. nuqtalar * 320 gorizon. nuqtalar;
Yuqori sezuvchanlk - 200 vert. nuqtalar * 640 gorizon. nuqtalar;
|
| |