Adsorbsiyali rafinatsiya. Reja




Download 58.03 Kb.
bet1/5
Sana08.02.2022
Hajmi58.03 Kb.
#17213
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Adsorbsiyali rafinatsiya


adsorbsiyali rafinatsiya.


Reja:



  1. Adsorbsiya jarayonining maqsadi va mohiyati.

  2. Oqlovchi tuproqlarga qo’yiladigan talablar.

  3. Aktivlashtirilgan oqartiruvchi tuproqlar.

  4. Yog’ va moylarni davriy usulda oqlashning texnologik sxemasi.

  5. Yog’ va moylarni uzluksiz oqlash texnologik sxemasi.

  6. Quritish va oqlash uskunalari.

  7. Davriy ravishda ishlaydigan quritish-oqlash uskunasi.

  8. Uzluksiz ravishda ishlaydigan vakuum-quritish uskunasi.

Yog‘lar tarkibida pigmentlar bo‘lib, ular yog‘ni bo‘yaydi. Masalan: ksantofillar yog‘ga sariq rang beradi, V-karotin qizil, xlorofill – yashil; gossipol – jigarrang yoki qora rang beradi.


Karatinoidlar ishqorga chidamli bo‘ladi, shuning uchun u ishqorli rafinatsiyada ajrab chiqmaydi. Ishqor eritmasini konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa neytralizatsiya vaqtida karotinoidlar soapstokga sorbsiyalanadi va yog‘ qisman oqlanadi (tiniqlashadi). Karotinoidlar qattiq sorbent yuzasida aktiv sorbsiyalanadi.
Xlorofillar karotinoidlardan farq qilib ishqor bilan reaksiyaga kirishib, birikma hosil qiladi. Biroq ishqorli rafinatsiyada to‘liq ajralib chiqmaydi. Kungaboqar yog‘ida karotinoid va xlorofillar bo‘lsa, paxta yog‘ida esa ular bilan bir qatorda gossipol ham mavjud.
Tozalangan yog‘ va salomas tiniq rangda bo‘lishi kerak, bu margarin ishlab chiqarish uchun juda zarur omildir. Yog‘dan bo‘yovchi moddalarni yo’qotish uchun adsorbsiyali tozalash usuli qo‘llaniladi.
Adsorbsiya – bu qattiq yoki suyuq modda sirtida boshqa modda molekulalari va atomlari yig‘ilishi jarayonidir. Adsorbsiya adsorbent yuzasidagi aktiv markazlarni molekulyar kuchi ta’sirida borib, ularni sirt yuza energiyasini kamaytiradi.
Adsorbsiyani yaxshi borishi adsorbsiyalanadigan moddalarni tabiati va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: qutblanmagan (kam qutblangan) birikmalar qutblanmagan adsorbentlarda yaxshi sorbsiyalanadi (ko‘mirda) va polyarlangan birikmalar qutblangan sorbentlarda yaxshi sorbsiyalanadi.
Yog‘ va moylardagi hamma bo‘yovchi moddalarni tabiati va strukturasi (tuzilishi) har xil. Lekin ular har biri uziga xos qutblilikka ega. Shuning uchun ham adsorbsiyali rafinatsiyada tanlash qobiliyatiga va aktivlikka ega bo‘lgan qutbli adsorbentlar ishlatiladi. Buning uchun aktivlangan oqlovchi tuproqlar ishlatiladi. Bu tuproqlar tabiiy bentonit tuproqlar – alyumosilikatlardan olinadi.
Yog‘ni qayta ishlash sanoatidagi ishlatiladigan adsorbentlar:

  • yuqori adsorbsiyali sig‘imga va aktiv, rivojlangan yuzaga ega bo’lishi;

  • yog‘ sig‘imi katta bo‘lmasligi;

  • yog‘ bilan ximiyaviy reaksiyaga kirishmasligi;

  • yog‘dan oson ajralishi kerak.

Yog‘ni qayta ishlash sanoatida MDXda ishlab chiqilgan aktivlangan tuproq-askanit ishlatiladi, uning yog‘ sig‘imi – 75 %. Sorbent miqdori yog‘dagi bo‘yovchi moddalar miqdoriga bog‘liq, u 0.5 dan 5 % oraligida bo‘ladi. Oqlash jarayonining samaradorligi:

  • oqlangan yog‘ni rangi;

  • ishlatilgan sorbent miqdori;

  • yo’qotish va chiqindilar me’yoriga;

  • oqlangan yog‘ni chiqish miqdoriga qarab aniqlanadi.

Oqlash jarayonida aktivlangan tuproq ishlatilganda bir oz izomerizatsiya va bir muncha glitseridlar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bu esa oqlangan yog‘ va moylarni saqlashda ularni sifati va saqlanish muddatini pasayishiga olib keladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan xolatlar va yog‘ sig‘imini kattaligi iloji boricha oqlash uchun ishlatiladigan aktivlangan tuproq miqdorini kamaytirishni talab qiladi.
Oqlash vaqti 20-30 minutni tashkil qiladi. Adsorbent bilan yog‘ning uzoq muddat ushlab turish, uning oksidlanishiga olib keladi va yog‘ yer ta’mini oladi. Oqlash uchun gidrotatsiya qilingan, neytralizatsiya qilingan, yuvilgan va quritilgan yog‘lar tavsiya etiladi.
Oqlash jarayonida oksidlanishni kamaytirish maqsadida jarayon vakuum ostida olib boriladi. Oxirgi yillarda bizning mamlakatda va chet ellarda har xil konstruksiyaga ega bo‘lgan cho‘kmani mexanik usulda tushiradigan germetik filtrlar o‘rnatilgan, uzluksiz oqlash usullari yo‘lga qo’yilmoqda.
Hamma usullar uchun oqlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

Oxirgi vaqtda MDXda va chet ellarda yog‘larni oqlashda turli apparatlar (De-Smet, Alfa-Laval, Speshim, Okrim va x.k.) ishlatiladi.

Download 58.03 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 58.03 Kb.