• (sopol) ni, o’q-yoyni
  • «Xisor madaniyati»
  • «Pervobmtnaya texnika»
  • Agro injeneriya va gidro melaratsiya fakulteti




    Download 41.08 Kb.
    bet3/5
    Sana02.04.2024
    Hajmi41.08 Kb.
    #185805
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ANDIJON QISHLOQ XO
    Jamshid 2 q, 1111111111
    O’rta osiyo mezoliti.

    Markaziy Osiyo xududidagi, hozirgi hamdo’stlik mamla-katlari orasida Tojikiston respublikasini xududi arxeo-logik jixatdan nafaqat chor Rossiyasining xukmronlik dav-rida, balki kizil Imperiya`ning XX asrni ikkinchi yarmiga qadar ham juda kam o’rganilgan edi. Tojikistonda nafaqat tosh asri, xatto bronza davri ham tushunilishi qiyin bir jumboq bo’lib kelmokda edi. Shuning uchun ham bu xududda kutilmaganda antik davrda yuqori madaniyat gullagan degan tushuncha yuzaga kelgan edi. Ammo 1948- yildan boshlab, rus olimlari A. A. Semenov, A. Ya. Yakubovskiy va M. M. D’yakonovlarning tashabuslari bilan tosh asri bo’yicha A. P. Okladnikov boshchiligida maxsus otryad tashkil kilinib, qi-diruv ishlari boshlab yuborildi. Bu otryad tarkibida 3. A. Abramov, N. N. Zabelina, T. I. Zaimal’, V. D, Zaporoj-skaya, A. T. Konoplya, V. E. Larichev, V. A. Ranov kabi rus olimlari bo’lgani xolda Tojikistonni milliy kadrlaridan bironta ham yo’q edi. Bu otryad tomonidan deyarli butun To-jikiston xududida: Amudaryoni janubiy bo’ylarida, Xisor vodiysini markaziy qismida, shimolda Sirdaryo xavzasida tosh asri yodgorliklari borligi aniqlandi. Chil-chor-chashma buloғi yonidan Xoji- yagona nomi bilan fanga kirgan mezo-lit yodgorligi topildi. Danғara rayoni xududidan esa ikki-ta mezolit davriga oid ajdodlarni to’rgan joylar topildi. Bu erlardan topilgan tosh qurollarning hammasi A. P. Ok-ladnikov tomonidan Djebelni tosh industriyasi bilan qiyos-lab o’rganilib, ularni xronologiyasini rivojlangan mezolit davri bilan belgilandi. Ikkinchi turar joy esa Danғara, ya`ni shahar tipidagi qishloqni o’zidan topildi. Mikrolitik qiyofaga ega bo’lgan eng boy topilmalar Chil-chor-chashma bu-loғi yonidan topildi. Bu yodgorliklarni tosh qurollarini Djebel bilan solishtirib, A. P. Okladnikov eramizgacha bo’lgan U1-U ming yillik bilan belgilagan. Otryad tomoni-dan topilgan barcha mezolit yodgorliklarini o’rganilishi na-tijasida eramizdan avvalgi VIII- V ming yillikda Toji-kiston xududida Amudaryodan Sirdaryogacha bo’lgan erlarda ovchi-yiғuvchilar va baliqchilar yashagan va ular keramika (sopol) ni, o’q-yoyni bilmaganlar. Bu kabilalar mezolit ma-daniyati darajasida bo’lganlar. Ularni tosh ishlash usullari bir xil bo’lib, asosan mehnat qurollarini prizma shaklida-gi o’zaklardan yupqa qilib olingan pichoqsimon plastinka-lardan yasaganlar degan fikrga kelingan.



    Shundan so’ng A. P. Okladnikov boshchiligidagi otryadni butun diqqat e`tiborini juda ifodali saqlangan Vaxsh, Kofirnigon va Tojikistonning boshqa tosh daryolarini te-rassalariga qaratildi va bu joylardan ko’plab qayroqtosh-lardan yasalgan mehnat qurollari topildi. Natijada arxeo-logiya faniga «Xisor madaniyati» nomi bilan kirib kel-gan tosh asrini yangi madaniyati kashf etildi. Bu madaniyat-ni batafsil ifodalaydigan va eng yaxshi saqlangpan hamda mukammal o’rga-nilgan, arxeologik materiallarga juda boy bo’lgan yodgorlik buPTutqoul manzilgoxidir. Bu yodgorlik ko’p qatlamli bo’lib, undagi arxeologik topilmalarning barchasi Xisor madaniyati-ni aks ettiradi. Tutqoul Puli-changi darasining 70 km janubiy-sharqida Nurli shaxridan 12 km yuqorida joylashgan. Tutqoul bu xududda yolgiz bo’lmay uning yaqinida Say-Sayyod va Қumtepa yodgorliklari joylash-gan. To’rt sezon qazish ishlari olib borilishi natijasida 40 mingdan ortiq Xisor. madaniyatiga oid arxeologik mate-riallar topilgan. Bu yodgorlkni ikkinchi gorizontidan bir xotin va uch bolani qabri ochilib, ularni suyak qoldiqlari topilgan. Xisor madaniyatining bosh xususiyati shundan ibo-ratki, bu erdagi tosh qurollarni ko’pchilik qismi qayroq-toshlardan yasalgan. Shuning uchun arxeologiya fanida Tutqo-ulni tosh qurollari xaqida gap ketganida, uni texnikasi «Galechnaya texnika» ga asoslangan deyiladi. Butun tosh industriyasini faqat 30 foizigina chakmoktoshlardan yasal-gan bo’lib, ular to’mtoq va daғal qurollardan iborat. Tu-tqouldagi va Xisor madaniyatiga oid boshqa yodgorliklardagi kolletsiyalarni asosiy qismi uchirindi (otshep) lar bo’lib, bo’lar mehnat kurollarinin yasash uchun yarim tayyorlangan ashyo (zagatovka) lar rolinio’uynagan. Xisor madaniyatiga xos va keng tarqalgan mehnat kurollari chopperlar bo’lib, cho’ppinglar kam uchraydi. Chopper deganda oddiy qayroqtoshni otboynik yordamida bir tomonidan bir necha uchirindilarni uchirmasi natijasida o’tkir qirra xosil qilingan mehnat qurolini tushuniladi. Chopper qurolini yasashdan avval aj-dodlarimiz, shu qurolni yasalishi uchun qulay bo’lgan, ya`ni nisbatan yapaloqroq shaklga ega bo’lgan qayroqtoshni tanla-ganlar. Bu xildagi qayroqtoshlar soylarda, daryo qirғoqla-rida hozirgi kunlarda ham.ko’plab uchraydi. Chopper quroli-ni bir tomoniga otboynik yordamida ishlov berilib, o’tkir kesuvchi qirra xosil qilingan bo’lsa, ikkinchi qarama- qar-shi tomoniga ishlov berilmay to’mtok va silliqligicha qol-dirilavergan. Chunki bu tomoni qo’l. bilan ushlash uchun ku-lay bo’lgan. Demak, qo’l chopper qurolini ishlatishda, bolta dastasiga o’xshash vazifani bajargan. Shell’ va ashell’ qu-rollarini ishlatilganida ham shunday usul qo’llanilgan. Chopperlar daraxtlarni kirkishda, butoqlarini butashda, yoғochdan mehnat qurollarini yasashda xuddi hozirgi zamon boltaliriga o’xshab foydalanilgan. Bulardan tashqari chop-perlar terilarga ishlov berishda ham qo’llanilgan. Bu mehnat quroli xaqida yana shuni aytish kerakki, bu qurolni paydo bo’lishini tarixi quyi paleolitga borib taqaladi.

    Xatto ashell’ qurollari bilan bir qatorda ham foydalanilgan bo’lib, u keyingi o’rta, yuqori paleolitda, mezolit va neolitda, xatto bronza asrida ham uchraydi. Buning sababi uni yasalish texnikasini oddiyligi, qayroqtoshlarni serobligi va bu qurollar yordamida ko’p ishlarni bajarish mumkinligi bo’lsa kerak. Bu__ qurolga chopper deb ng^» ko’ygan odam. bu ingli_z_olimi Mov^i_usdir. Chopperlarga nis-batan kamroq uchraydigan, ammo chopperlardan farq qilib, bir tomondangina emas, balki akki tomonidan xam ishG`t_i bersh!gan kurollarni Movius choppnng deb atagan. Aslida chopperlarni qirralari o’tmaslashib, to’mtoqlashganida ular-ni ikkinchi tomonidan otboyniklar yordamnda bir necha bor zarb bilan urib, uchirindilar uchirilib, chopperlar chop-pinglarga aylantirilganlar. Chopperlar va choppinglar faq-at ma`lum bir regiongagina xos bo’lib qolmay, balki jahondagi ko’p yodgorliklarga xosdir. T u_t q o u l d a g i X i s od madaniyatigaoid katlamlar UP-U1 ming yillikni uz ichiga oladi. Xisor madaniyati egalarini xo’jaligini asosini nima tashkil qilgani xaqida turlicha fikrlar mavjud.



    Ayrim olimlar Tutqoul manzilgoxini egalari ovchilik bilan termachilidan chorvachilikka o’ta boshlaganlar, so’ng chorvachilikdan dehqonchilikka o’tgan desalar, shu yodgorlikni trassalogiya usulida o’rgangan olima G. F. Karobkova bu ma-daniyatga doir mehnat qurollari orasida xech bir dexonchi-lik bilan shuғullanganliklarini tasdiqlovchi asos yo’q. Ammo chorvachilik bilan shuғullanganliklaridan dalolat b,e-ruvchi mehnat qurollari mavjudligini ko’rsatib, Xisor ma-daniyatini egalari chorvachilik bilan shuғullanganlar degan fikrga keladi. Bizningcha ikkinchi fikr asoslidir. Chunki S. A. Semenov tomonidan yaratilgan trassalogiya usuli da-liliy ashyolarga suya`nib, 1960-yillardan boshlab, butun jahon miqyosida tan olinib, hozirgi kunlardi taraqqiy et-gan mamlakatlarda keng qo’llanilmoqda. Bu usulga baғish-langan S. A. Semenovni «Pervobmtnaya texnika» kitobi 1964 yilda Angliyada ingliz tilnda nashr etilgach, bu tras-salogiya o’suln jahon bo’ylab keng quloch yoya boshladi. 1976 yili esa shu usulga baғishlanib Kanada mamlakatida arxeo-loglarni xaltsaro anjumani bo’lib o’tdi. Shuni aytish ke-rakki arxeologiya fanida u yoki bu yodgorlikni o’rganishda ayniqsa ularni mehnat qurollarini funktsiyalarini aniq-lashda juda ko’p usullar mavjud. Bular orasida tipologiya usuli birinchi bo’lib paydo bo’lgan va ko’p yillar davomida deyarli barcha olimlar tomonidan qo’llanilib kelingan. Bu usulga ko’ra u yoki bu mehnat qurolini tashqi ko’rinishiga qarab, uni funktsiyasi, ya`ni bajaradigan vazifasini nomi belgilanadi. Masalan topilmeni tashqi ko’rinishi boltaga o’xshasa bolta, pichoqka o’xshasa pichoq deb taxminiy fikr ay-tiladi.

    Shuning uchun ham arxeologlar bunday xulosaga kelish-larida etnograflarni ma`lumotlari bilan o’z xulosalarini mustaxkamlashga harakat kilar edilar. Chunki etnograflar tashqi dunyodan ajralib, ibtidoiy tzumni turli davrlarida hozirgi kunlarda ham qoloq tarzda yashayotgan xalklarni o’rganish jarayonlarida ularni mehnat qurollari va ularni ishlatish usullari bilan tanishib qaytadilar. etnograflar orasida ana shu qolib ketgan qoloq xalklarni mukammalroq o’rganish maqsadida ular bilan birga yillab yashaganlari ham bor. Ularni izlanishlari shuni ko’rsatdiki, u tonfadagi xalqlar turli davrlarga mansub bo’lib, xatto tosh asrini boshidan kechirzyotganlari ham mavjud. Ammo trassalogiya uslubinn yaratilishi va uni keyingi yillarda keng ko’lamda qo’llanilishi mehnat qurollariii funktsiyalarini aniqlashda katta ahamiyat kasb etib, etnograflarni ma`lumotlariga, ayniqsa tosh qurollarini funktsiyalarini aniqlashda uncha extiej kolmadi. Chunki trassalogiya uslubiga ko’ra tipolo-giya uslubiga o’xshab, u yoki bu tosh qurolini tashqi ko’rini-shiga qarab emas, balki uni ishlatilishi natijasida, mehnat qurolinn ishlatilgan qismida qoldirilgai izlariga qarab funktsiyasi aniqlanadi. Ma`lumki hozirgi zamon uy-ro’zғor asboblarini ishlatishimiz natijasida kunlar o’tishi bilan ularni ishlatilgan qismlarida o’ziga xos izlar qola-di. Masalan o’tin arralovchi arrani har ikki yuzida uzuna-siga joylashgan bir necha o’nlab ingichka chiziqlar shaklidagi izlarni joylashganini ko’ramiz. Xuddi shuningdek tosh as-rini mehnat qurollaridan ham qanday funktsiya`ni bajarga-niga karab, har xil ko’rinishdagi izlar ishlatilgan qism-larda qolgan. Ammo bularni hozirgi zamon uy- ro’zғor bu-yumlaridagi qolgan izlardan farqi u.larni oddiy qurollan-magan ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi. Sababi ular nisbatan ju-da kichik va ko’p ming yillar o’tishi natijasida har xil tu-proq va kumlar bilan qoplanib, ko’rinmaydigan bo’lib kol-ganlar. Shuning uchun o’rganiladigan tosh qurollar avvalo xitxinol bilan yaxshilab yuviladi, so’ng o’tmishda ishlati-lishi natijzsida kolgan izlarni bir necha o’n xatto yuz ba-robar qilib ko’rsatib beruvchi zamonaviy asboblar yordamida kuzatiladi. Ana shunday asboblardan biri MTS-11 raqamli binokulyar apparati bo’lib, bu apparat yordamida tosh qurol-larda qolgan izlarni yaqqol kzatish mumkin. Chunki bu appa-rat toshdagi izlarni har birini kalam chizigidek, xatto un-dan yo’ғonroq qilib ko’rsatadi. Bunday izlarni qanday ish-larni bajarish natijasida paydo bo’lganini aniqlash maq-sadida bir necha xil tajribalar o’tkaziladi. Masalan uchi-rindilardan birida ibtidoiy usulda yoғochga, ikkinchisida suyakka, uchinchisida teriga va hokazolarga to ul arda ma`lum darajada izlar xosil bo’lgunicha ishlatiladi. Bu izlarni turlicha bo’lishi tabiiydir. Shundan so’ng bu tajri-balar o’tqazish orqali xosil qilingan izlar ajdodalrimiz tomonidan qoldirilgan mehnat qurollaridagi izlar bilan solishtirilib, ularni funktsyalari aniqlanadi. Bunday usul bilan mehnat qurollarini o’rganish usuli trassalogiya usuli deyiladi. Aniqroғi trassalogiya usuli mehnat qu-rollarini funkitsyalarini izlariga qarab, aniqlash de-makdir. Bunday usulni arxeologiya faniga kirib kelishi juda ko’plab yangiliklarni berdi. Bu usul tosh asri yodgor-liklarinin mehnat qurollarini, ayniqsa mezolit va neolit davriga oid qurollarni funktsiyalarini aniqlashda juda qu-lay va ahamiyatlidir. Ammo bu usulni bitta kamchiligi shundan iboratki, bu usul bilan o’rganiladigan mehnat qu-rollari tabiatni ta`sir kuchlaridan yaxsha saqlangan bo’lishlari shart. Ular madaniy qatlamlarda qanday qoldi-rilgan bo’lsa, o’sha xolatda saqlangan bo’lishi kerak. Aks xolda , ya`ni madaniy qatlamlar tabiatni ta`sir kuchi na-tijasida joylaridan jilib, undagi mehnat qurollari quyosh nuri yoki shamol ta`siri kabilarga duch kelgan bo’lsa-lar.ulardagi izlar yo’qolib, ularni funktsiyalarini aniq-lash mumkin bo’lmay qoladi. Madaniy qatlamdan olinganlari esa trassalogiya usuli bilan o’rganilganda o’tmish ajdodla-rimizni turmush tarzlari xaqida juda aniq va yuqori aha-miyatli ma`lumotlarni beradi. Shuning uchun ham Tutqoul yodgorligidagi madaniy qatlamlarida olingan topilmalarni trassalogiya usulida o’rganib, G. F. Karobkovani qilgan xu-losalari.biz uchun ishonarlidir.



    1. Download 41.08 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 41.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agro injeneriya va gidro melaratsiya fakulteti

    Download 41.08 Kb.