• «Obishir mada-niyati»
  • Agro injeneriya va gidro melaratsiya fakulteti




    Download 41.08 Kb.
    bet4/5
    Sana02.04.2024
    Hajmi41.08 Kb.
    #185805
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ANDIJON QISHLOQ XO
    Jamshid 2 q, 1111111111
    Tojikiston nezoliti.

    Tojikistondagi mezolit yodgorliklaridan yana biri Osh-xona nomi bilan fanga kirgan ustaxona manzilgoxidir. Osh-xona sharqiy Pomirdagi Markansuv daryosining o’ng irmoғi xavzasida, dengiz satxidan 4100 m balandlikda joylasha-gan. Faqat bosh ob’ektdan topilgan tosh buyumlarni soni 4 mingta. Bular asosan tosh uchirindilardan yasalgan katta va kichik qirғichlar, teshuvchi (prakolka) lar hamda randa (skobel’) lardir. Bulardan tashqari ikki xildagi kamon uchlari topilkb, ularni bir xillari yupqa urchuqsimon shaklga ega bo’lib, har ikki tomoniga ishlov berilgan plastinkalardan yasalgan. Ikkinchilar esa daғal va sifatsiz ishlov berilgan kamon o’qlaridar. Bu yodgorlik madaniyatini bosh xususiyati daғal qurollar bilan bir qatorda juda o’tkir did bilan yasalgan nozik qurollarni yonma-yon bo’lishidir. Oshxona uchun geometrik shaklda mikrolitlar harakterli emas. Bu erdan topilgan mehnat qurollarini o’ziga xosligi ya`ni boshqala-ridan tubdan farq qilishi, Oshxona yodgorligi mustaqil ma-daniy kompleksga ega bo’lgan yodgorlik deyishga asos beradi. Yodgorlikdagi ikki tomonlama ishlov berilgan kamon o’lari-ni hisobga olib, olimlarimiz bu qarorgoxni yoshini so’nggi mezolit davri bilan.belgilaydilar.



    Tojikistondagi mezolit yodgorliklaridan yana biri Obi-Kiyik bo’lib, uni madaniy qatlami hammasi bo’lib, 28 m2 teng bo’lgan maydonni tashkil qiladi. Jami tosh buyum-lar 450 ta bo’lib, bo’lar: o’zaklar, mikroplastinkalar (ya`ni mayda plastinkalar), retushlanmagan plastinkalar, qirquv-chi qurollar va plastinka siniqlaridan iborat. Prizma va qalamsifat o’zaklar umuman yo’q. Asosan yoғochga ishlov be-ruvchi qurol (skobel’) lar plastinkalardan yasalgan. Uchi-rindilardan yasalgan skobellar va skreblolar kam uchraydi. Bu xildagi qurollar asosan plastinkalardan yasalib, ular-ni ishchi qismlari plastinkalarni yon tomonlarida bo’lmay balki uch tomonlarida joylashgan. Shuning uchun ham bu tur-dagi qurollarni arxeologlar ularni bajargan ishlariga qa-rab (kontsevne skrepki) plastinkani uch tomoni ishlatilgan qirғichlar (agar bu qurollar bilan teriga ishlov berilgan bo’lsa) yoki (kontseve skobeli) ya`ni plastinkalarni uch to-moni randa bo’lgan qurollar deyishadi. Uchirindilardan qi-lingan skobel va skreblolar ham Obi-Kiyikda uchraydi. Am-mo juda kam miqdorda. Tojikiston xududida yuqorida bayon qilganlarimizdan tashqari Danғara, Sho’rtuz, Chil-chor-chashma, Ilik ko’l, Daxana-kiyik,. Қoratumshuq, Shugnau, Қuyi-Bulyon va hokazo kabi mezolit yodgorliklari mavjud. Markaziy Osiyo respublikalari orasida Қirғiziston Res-publikasini xududi asrimizni birinchi yarmida arxeolgik jixatdan ancha sust o’rganilgan. Ammo nisbatan durustroq o’rganish 1950-yillarda tashkil qilingan. Қirғiziston ar-xeologiya va etnografiya kompleks ekspeditsiyasidan so’ng boshlandi. Sari-Jez daryosi atrofida Oq-Chungir ғoridan neolit davriga oid neolit yodgoligi topilib, birinchi bor A. P. Okladnikov tomonidan shurf solingan. Oloy vodiyis-da ham qidiruv ishlari o’tkazilib, neolit davri uchirindi-lari topilgan. A. P. Okladnikov va uni shogirdi V. A. Ra-novlar tomonidan olib borilgan arxeologik izlanishlar shuni ko’rsatdiki, Қirғizistondagi topilgan yodgorliklarni ko’pchiligi neolit davriga mansub bo’lib, ularni aksariyati madaniy qatlamga ega emas balki, er satxidan topilgan to-pilmalardir. Bunday topilmalarni arxeologlar podemnie materialn, ya`ni joyidan tabiatni ta`sir kuchi natijasida har tomonga sochilgan moddiy ashyolar deydilar. Odatda bu xildagi topilmalarni, madaniy qatlamlardan olingan to-pilmalarga nisbatan uncha qadri bo’lmaydi. Chunki bo’larni yoshini va funktsiyalarini aniqlash ancha qiyin kechadi. Bu xildagi moddiy ashyolarni yoshini boshkma madaniy qatlam-lardan topilgan va yoshlari aniqlangan topilmalar bilan qiyoslab o’rganish orqali, nisbiy ravishda belgilanadi. Shu-ni ham aytish kerakki Қirғiziston xududida er satxidan topilgan topilmalarni aksariyati, ayrimlarinigina hisobga olmaganda, qayroqtoshlardan yasalgan. Olimlarimizni izla-nishlari shuni ko’rsatdiki, bu xududning toғli rayonlari neolit davrida uni toғli rayonlarida Xisor madaniyatini boshidan kechirgan. Chunki bu xududlarda ham Tojikistonda-gi kabi qayroqtoshlardan mehnat qurollarini yasash keng ko’lamda qo’llanilgan. Shuni aloxida aytish joizki O’zbeki-ston Respublikasi bilan Қirғiziston Repspublikasi chega-rasida, aniqroғi Farғona viloyatini So’x tumani bilan O’sh viloyatini Xaydarkon shaharchasini tutashtiruvchi So’x va Haydarkon yo’lini So’xdan boraverishdagi chap tomonida Obishir-1 va V yodgorliklari 1960- yillarda o’zbek arxeo-loglari tomonidan topilgan va 70- yillarda har tomonlama mukammal o’rganilgan. Ammo shuni ham aytish kerakki Mar-kaziy Farғonada mezolit va meolit yodgorliklari bo’yicha izlanishlar ancha erta boshlangan. Masalan 1958- yilda B. S. Gamburg va N. G. Gorbunova 1963-64- yillarda, YU. A. Za-dneprovskiy va 1965- yilda O’. Islomovlar tomonidan so’nggi mezolit va neolit davriga mansub yodgorliklar topi-lib, ularni tosh qurollari er satxidan terib olingan. Shu-ning uchun ularni arxeologik yoshlarini aniqlash tipologik jixatdan o’zaro boғliqliklarini belgilash, xo’jalilarini asosini nima tashkil qilganini aniqlash va-ularni keyingi taraqqiyotlarini yoritish kabi masalalarni xal qilib bo’lmas edi. O’. Islomov tomonidan madaiy qatlamga ega bo’lgan Obishir-1 va V yodgorligida uzluksiz ravishda arxeologik qazishlarni olib borilishi bu yodgorliklarning stra-tigrafiyasini aniqlash, tosh industriyasini tipologiyasini aniqlash, hayvon suyak qoldiqlarini o’rganish kabi masala-larni yoritish Farғona vodiysining toshli mezolit kabila-larini har tomonlama harakterlab berish imkonini berdi.

    Obishir-1 va V yodgorligi So’x daryosini yuqori qismida, Obishir soyining o’ng qirғoғida joylashgan. Obishir I ning kengligi 12-14 m, uzunligi 6 m, balandligi 20 m. Obishir V esa nisbatan juda katta ғor bo’lib, uni eni 30 m, uzunligi 9 m, balandligi 20 m. Obishir V dan jami 7545 ta arti-fakt qazib olinib, shulardan 922 tasi ajdodlarimz tomo-nidan mehnat qurollari sifatida ishlatilganligi aniqlan-gan. Obishir I dan esa hammasi bo’lib, 2511 ta tosh buyumlar topilib, ulardan 322 tasi mehnat qurollari sifatida ish-latilganligi aniqlangan. Shuni aloxida aytish joizki O’. Islomov tomonidan Markaziy Osiyodagi barcha myozolit yod-gorliklarini bir-birlariga solishtirilib, mehnat qurol-larini, ayniqsa Mochay, Obishir I va V, Қo’shilish (bu yod-gorliklarda qazish ishlarini O’. Islomovni o’zi olib bor-gan) kabilarni har tomonlama mukammal o’rganilishi Marka-ziy Osiyo mezolitini ilk, o’rta va so’nggi davrlarni aks et-tiruvchi yodgorliklarga bo’lish imkonini yaratdi. Bunday im-koniyatlar o’z navbatida bir tomondan biz uchun Markaziy Osiyo mezoliti xaqida keng tushunchalar bersa, ikkinchi to-mondan O’zbekistonimiz xududidagi Mochay, Қo’shilish va Obishir I va V yodgorliklarini yoshini, ularni Markaziy Osiyoda tutgan o’rnini aniqlashda muxim ahamiyat kasb etadi. Mochay yodgorlignning mutloq sanasi 5600 yil (eradan avvalgi). Bu yodgorlikni ayrim mehnat qurolllari uncha kat-ta sonni tashkil qilmasa-da, o’zlarini juda ifodali ekan-liklari bilan alohida ajralib turadilar. Obishir I va V qarorgoxlaridagi tosh industriyasini Mochay qarorgoxidagi tosh industriyasini bir-birlari bilan o’xshashligi shundaki, bu yodgorliklarni har birida bir vaqtni o’zida daғal qurol-lar bilan bkrga juda nozik mikroplastinkalardan foyda-langanlar. Lekin bu yodgorliklarni tosh industriyasini sin-chiklab o’rganish., ularni yoshlarini bir-birlaridan fark qi-lishini ko’rsatdi. Masalan Obishir I va V yodgorliklarini Mochayga nisbatan yoshini ancha kattaroq bo’lishini sandon va toshdan maxsus yasalgan o’ғircha dastalarini hamda urish uchun mo’ljallangan har xil mehnat qurollarini yo’qligi ham is-botlandi. Chunki bu xildagi mehnat qurollari mezolitni so’nggi davrlariga xosdir. Ayniqsa mehnat qurollariga ik kinchi ishlov berish Obishirdagilarga qaraganda Mochayda ancha mukammal darajada. O’zbekistonimizdagi barcha mezolit yodgorliklarini tosh industriyasini trassalogik usulda


    o’rganilishi qirғich (skrepki) larni son jixatdan eng ko’pi Obishir I va V yodgorliklarida eng ko’pligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham olimlarimiz Obishir ғorlarida yashagan ajdodlarimizni xo’jaligida ov etakchi rol’ o’ynagan degan xulosaga keladilar. Қirғichlarni tashqi ko’rinishini o’rganish natijalari yana shuni ko’rsatdiki, Obishir I va V dan jami 448 ta qirғich topilga^n bo’lsa, ularni katta qismi uchirindilardan qilingan bo’lib, plastinkalardan yasalgan-lari ozchilikni tashkil qiladi. Shuni o’zi ham Obishir ғor-lari yodgorligini ancha qadimiy ekanligini ko’rsatadi.

    Mochay ғorida yashagan ajdodlarimiz Obishirdagilardan farq qilib, ovchilikdan tashqari chorvachilik bilan ham shuғullanganlar. Shuning uchun ham Mochayda kamon o’qi va yumaloq shakldagi palaxmon toshlari uchramaydi. Balki, san-don, tosh ugir dastasi va donlarni ezib maydalaydigan (te-rochnik) larni mavjudligi termachilikni murakkab shaklli bo’lganligidan dalolat beradi. Bu kabi mehnat qurollarini mavjudligi donlarni yanchish uchun foydalanilgan bo’lishi mumkin degan fikrni ham tuғdiradi. Shunday ekan Mochay ғorida yashagan ajdodlarimiz dehqonchidlik bo’saғasida bo’lganlar deyishga imkon beradi.



    Arxeolog olimlarimiz tomonidan Markaziy Farғona tekkisliklaridan juda ko’plab topilgan yodgoliklarni tosh industriyalari Obishir I va V, Mochay, Қo’shilish kabi mada-niy qatlamlarga ega bo’lgan yodgorliklar bilan qiyoslab o’rganildi. Markaziy Farғona yodgorliklaridan Bekobod 3-4, Sho’rko’l 1-2, Ichakqal.va 1-2, Achchiqqo’l 4-7, Yangi Қadam 21 va boshqalarni Obishir I va V bilan qiyosiy o’rganishni, ularni o’zaro yaqin o’xshashliklari borligini ko’rsatdi. Ammo Markaziy Farғona yodgorliklarini farqi ularni mikroli-zatsiyalashganligini yuqori darajada bo’lganligi bilan belgilandi. O’xshashliklari esa ikkinchi ishlov berilishida va plastnnkalarni uchirib olish texnikasida yaqqol ko’rina-di. Markaziy Farғonadagilarni o’ziga xos xususiyati deyarli barcha mehnat qurollarini mayda uchirindi va plastinkalar-dan qilinganligidadir. Arxeologlarimiz Markaziy Farғo-na yodgorliklarini tosh industriyasini ancha tarakkiy etgan-ligini xisobga olib. ularni Obishir I va V ғorining indu-striyasidan ancha yosh ekanligini. anikroғi ularni xammasini sunggi mezolit davriga mansubligini bayon kiladilar. Obishir Z.Surxondaryo kompleksiga Mochay industriyasi kiradi. Mochay industriyasini o’ziga xosligi bu qayroqtoshlardan iborat otboyniklarni ko’pligi va tabiiy dololit (mine-ral tosh) siniqlaridan mehnat quroli sifatida foydala-nilganligidir. Demak, O’zbekistondagi bu 3 ta kompleks bir-birlaridan xudud, xronlogiya va tipologik jixatdan farq qiladilar. Ammo shunga qaramay ularda o’xshashlik to-monlari ham mavjud: Farғonaning ғorlaridagi kompleksla-ri Mochay ғoridagi kompleksiga mikroplastinkalarga ishlov berili-shida va o’rtacha plastinkalarni xajmlarini bir-birlariga yaqinliklarida kuzatish mumkin. Agar Obishir I va V yodgorliklarini Farғona kompleksida asosiy o’rinni egallashini va topilmalarini moddiy katlamlardan olinl gan-ligini xisobyoga olsak. bu kompleksni «Obishir mada-niyati» deyishimizga to’la asos beradi. Bu madaniyat Farғo-na vodiysini toғli rayonlariga va tekislik xududlariga yoyilgan bo’lib, hammasini o’z ichiga oladi. Markaziy Farko-naning tekisliklaridan topilgan mezolit davriga mansub barcha yodgorliklar «Obishir madaniyati» ning so’nggi bosqi-chini tashkil etadi. O’zbekistonimizni xududidagi mezolit yodgorliklarini kelib chiqish tarixini yoritish masalasiga kelsak, nafaqat bizni, balki butun Markaziy Osiyo xududi-da bu masala uncha qoniqarli emas. Buning asosiy sababla-ridan biri xali bu xududlarda yuqori paleolit yodgorlikla-rini son jixatdan juda oz ekanligidir. Ammo bor ma`lumotlarga suyangan xolda A. P. Okladnikov Markaziy Osiyo mezoliti Samarqand va Xojagur qarorgoxi tipidagi erli yuqori paleolit yodgorliklaridan o’sib chiqqan va mezo-litni ma`lum darajadagi davrida O’rta Osiyo mezolitini taraqqiyoti geometrik shakllarga ega bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik bilan shuғullangan madaniyatgi hos qabilalar bilan boғliq bo’lgan degan xulosalarini bergan. Garchi yuqo-ri ta`kidlaganimizdek Markaziy Osiyo mezolitini kelnb chiqishini tasdiqlochi yuqori paleolit yodgorliklari oz da-rajada bo’lsa-da, Obishir madaniyatini rivojlani evolyu-tsiyasini ko’rsatuvi yodgorliklar Markaziy Osiyo xududida juda ko’plab uchraydi. Bunga asos qilib, Markaziy Farғona-dagi Obishir madaniyatini so’nggi davrini aks ettiruvchi ko’plab topilgan neolit yodgorliklarini ko’rsatishimiz mumkin.

    Xulosa qilib, shuni aytishimiz kerakki vatanimiz xu-dudidagi yuqori paleolit yodgroliklari erli must’e yodgor-liklaridan o’sib chiqqanidek, mezolit yodgorliklari ham asosan erli yuqori paleolit yodgroliklaridan o’sib chiqqanlar.




    XULOSA
    Insoniyat tarihining eng muqim, shuning bilan birga eng uzoq davom etgan bosqichi tosh asri qisoblanadi. Monosentristik nazariyaga ko'ra dastavval Afrika qit'asida paydo bo'lgan eng qadimgi gominidar - homo habilislar bundan 2 mln. Yillar muqaddam Yevrosiyo materigiga tarqaldilar. O'tmishdoshlarimizning keyingi fizik tiplari homo erektuslar, neandertallar xamda zamonaviy odamlarning (homo sapiens sapienslar) paydo bo'lishi va taraqqiyotida Yevrosiyo xududlari muqim rol o'ynadi. Shu ma'noda rang-barang tosh asri yodgorliklariga boy O'zbekiston xududi insoniyat shakllanishi taraqqiyotiga bebaxo ulush qo'shgan maskanlardan biridir. Ilk paleolit davri arxeologik materiallarining guvoxlik berishicha, O'zbekiston Yevrosiyoning eng qalimgi antropogen jarayonlari sodir bo'lgan xududlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizdagi Selung’ur kabi 1,5 mln. yillar bilan sanalanadigan yodgorliklar bu mintaqada barmoq bilan sanalarli darajada kamyob va noyobdir. Unga tengdosh yodgorliklar Yaqin Sharqda (Ubaydiya) Fransiya (Voloney), Italiya (Izerniya), Ispaniya (Atapurka), va Gruziya (Dmanissi) xududlaridagina yakka tartibda mavjud xolos. Ilk paleolitning boshlarida O'zbekiston xududlarida dastlabki homo erektuslar paydo bo'ldi va qulay tabiiy iqlim sharoitlari va shunga mos fauna xamda flora ularning muvaffaqiyat bilan rivojlanishi uchun asosiy omil vazifasini o'tadi. Arxeologik, paleontologik, palinologik, paleoantrapologik va boshqa ma'lumotlarga ko'ra, yurtimizda yashagan erektuslar bir necha yuz ming yillar davomida muvaffaqiyat bilan taraqqiy etganlar, mislsiz moddiy-madaniy yutuqlarga erishganlar. Selung’ur g’ori tosh industriyasining texnik-tipologik tasnifi shuni ko'rsatdiki, bundan 1,5 mln yillar muqaddam yashagan ajdodlarimiz avval boshdan yevropalik tengdoshlaridan farq qiladigan, o'ziga hos Osiyocha harakterdagi taraqqiyot yo'liga ega bo'lganlar. Bu davr axolisining asosiy mashg’uloti ovchilik va atrofda mavjud bo'lgan, yeyishga yaroqli o'simliklar mevalarini termachiligi bo'lgan. Biroq, Selung’ur g’or makonining madaniy-davriy interpretaciyasi bo'yicha xorijiy adabiyotlarda yuqorida ta'kidlanganidek, turlicha qarama-qarshi fikrlarning mavjudligini yahshi holat deb bo'lmaydi. O'zbekistonning ilk paleolitida Selung’urdan keyingi o'rinlarni undan xronologik jiqatdan 1 mln. yillarga yosh bo'lgan Ko'lbuloq, Qizilolma, Bo'kantoq kabi yodgorliklar egallaydi. Demak, yurtimizning paleolit davri tarixida hozirda qariyb 1 mln yillik bo'shliq mavjud va bu keyingi tadqiqotlar natijasida to'ldiriladi, deb umid qilish mumkin. O'rta paleolit xaqida gapirganda, xozircha faqat neandertallar to'g’risida fikr yuritishimiz mumkin. Bu davrga oid eng yahshi o'rganilayotgan makon bu Toshkent voxasidagi Obiraxmat g’oridir. Uning o'rtacha absolyut sanasi 60-50 ming yillar bilan belgilangan. Shu davrga oid Teshik-tosh, Qo'tirbuloq, Omonqo'ton va boshqa yodgorliklar xam yosh jiqatidan Obiraxmatdan unchalik katta emas. Negaki, agar yurtimizdagi barcha o'rta paleolit davri yodgorliklari neandertallarga tegishli ekan, bu tipdagi gominidlarning Osiyo erlariga bundan uzog’i bilan 50-60 ming yillar burun kirib kelganligini ko'rsatuvchi dalillarni qisobga olsak, bu fikrni to'g’ri deb hisoblash mumkin. Darxaqiqat, bundan 100000 yillar muqaddam G’arbiy Yevropada paydo bo'dgan nendertallar O'rta Еr dengizi bo'ylab asta sekinlik bilan sharqqa qarab siljiganlar. Orada 30000-40000 yil vaqt o'tganidan keyin ular O'rta Osiyo huddudlariga kirib kelishgan. Aytish mumkinki, yurtimiz xududlari so'nggi neandertallar tomonidan o'zlashtirilgan va ko'plab arxeologik materiallarning guvoxlik berishicha, bu davrga kelib ularning industriyasi zamonaviy odamlarning tosh sanoatiga juda o'xshash bo'lgan. Obiraxmat g’ori materiallari buning yorqin misolidir.


    Download 41.08 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 41.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agro injeneriya va gidro melaratsiya fakulteti

    Download 41.08 Kb.