• 1-jadval. Aholi shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi
  • Natural daromad
  • Aholi daromadlari ma`lum vaqt oralig`ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi




    Download 35.91 Kb.
    bet2/10
    Sana15.05.2023
    Hajmi35.91 Kb.
    #59851
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
    2 5292216474012753312, 2-маъруза (2), 3-маъруза, Mavzu Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olishnin, Shpur va skvajinalarni burg’ilash., Davranov Nodirbek ekologiya
    Aholi daromadlari ma`lum vaqt oralig`ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
    Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko’rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko’rinishida keltirilgan:1
    1-jadval. Aholi shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi



    1) Pul va natural shakldagi ish haqi va maosh
    2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko’rinishdagi ta`minotlari
    3) Tadbirkorlarning ajratmalari:
    a) ijtimoiy sug`urta va shu kabilarga,
    b) boshqa maqsadlarga.

    Ijtimoiy bandlikdan olinadigan daromadlar

    4) Erkin kasblardagi shaxslar
    5) Fermerlar
    6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va savdogarlar

    O’zini-o’zi band qilishdan daromadlar

    7) Renta, sof foiz, dividendlar

    Mulkdan olinadigan daromadlar

    8) Joriy transfertlar, kompaniyalarning xayriyalari
    9) Davlat nafaqalari va boshqa to’lovlar

    Transfert daromadlari

    Shu o’rinda ta`kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan tasnifida ma`lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko’rinishdagi ta`minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o’z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh ko’rinishida oladilar. Shuningdek, 4 – 6 tartib raqamlari bo’yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko’rsatadi va h.k.


    Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog`ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
    Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.
    Jamiyat a`zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko’rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog`lig`ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta`sir ko’rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste`mol bozorining tovarlar bilan to’yinganlik darajasi kabilar muhim o’rin tutadi.
    Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlab o’tganlaridek: «Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo’lgan munosabati ham tubdan o’zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o’ziga bog`liq ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko’payib bormoqda».1
    Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.

    Download 35.91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 35.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aholi daromadlari ma`lum vaqt oralig`ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi

    Download 35.91 Kb.