• POPULATION HEALTH AND METHODS OF ITS STUDY Lola Abduhalilovna Jumanova Nargis Sharifovna Shoyunusova Andijan State Medical Institute Abstract
  • Aholi salomatligi va uni o’rganish usullari




    Download 195.96 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana20.10.2022
    Hajmi195.96 Kb.
    #27607
      1   2
    Bog'liq
    aholi-salomatligi-va-uni-o-rganish-usullari
    uz latin wtnd 2015 03, foydali qazilma konlarini geologik


    AHOLI SALOMATLIGI VA UNI O’RGANISH USULLARI 
     
    Lola Abduhalilovna Jumanova 
    Nargis Sharifovna Shoyunusova 
    Andijon davlat tibbiyot instituti 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada aholi salomatligi va uni o’rganish usullari, aholi 
    salomatligini o’rganishda asosiy sabablari haqida asosiy ma’lumotlar keltirilgan. 
    Kalit so’zlar: Sog’lom avlod, sog’liqni saqlash, ruxiy va ijtimoiy, ijtimoiy 
    moxiyat 
    POPULATION HEALTH AND METHODS OF ITS STUDY 
    Lola Abduhalilovna Jumanova 
    Nargis Sharifovna Shoyunusova 
    Andijan State Medical Institute 
    Abstract: This article provides basic information on population health and how 
    to study it, the main reasons for studying population health. 
    Keywords: Healthy generation, health, spiritual and social, social essence 
    Mamlakatimiz mustaqillikka e’rishgandan so’ng aholi salomatligini 
    mustaxkamlash borasida ko’p xayrli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. 
    Respublikamizda sog’lom avlodni shakllantirish borasida “Sog’lom avlod” 
    ordenining ta’sis e’tilishi, Sog’lom avlod nodavlat jamg’armasining tashkil e’tilishi, 
    2000 yilni Sog’lom avlod yili deb atalishi, Respublikamizda fizkultura va sportga 
    e’tiborning keskin kuchaytirilishi, sog’liqni saqlash tizimida isloxatlarning 
    bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi va boshqa ko’plab shunga o’xshash 
    tadbirlar fikrimizning dalili bo’la oladi. 
    1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi oliy kengashining o’n ikkinchi 
    chaqiriq, o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining 
    konstituttsiyasi 40-moddasi, “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish 
    xuquqiga ega” deb yozilgan. SHunday ekan Respublikamizda yashayotgan har bir 
    fuqaroning salomatligi e’ng muqaddas ne’matlardan biri sanaladi. 
    Inson salomatligini yaxshilash va uni mustaxkamlash 1996 yil 29 avgustda 
    O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi 
    fuqaroning” qonun bilan ta’minlangan. Bo’lim va 47 moddadan iborat bu qonun 
    Respublikamiz aholisining salomatligini saqlash va uni mustaxkamlashda e’ng asosiy 
    komus sanaladi. 
    "Science and Education" Scientific Journal
    October 2020 / Volume 1 Issue 7
    www.openscience.uz
    11


    Aholi salomatligini o’rganishda asosiy sabablar nimada: 
    1. Aholi salomatlik darajasiga qarab shu jamiyatning, mamlakatning qanchalik 
    taraqqiy e’tganligini bilamiz. masalan: 
    2. Tibbiy xizmatni to’g’ri rejalashtirish maqsadida. Ms: 
    3. Aholi salomatligini yaxshilashda kompleks, maqsadli dasturlar ishlab chiqish 
    uchun. 
    4. Aholi salomatligini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlarning 
    samarasining darajasini aniqlash uchun. 
    Aholi salomatligi haqida fikr yuritilganda avvalom bor biz inson haqida va 
    uning salomatligi va kasalligi haqida uylashimiz kerak. 
    Ma’lumki inson hayvonlar kabi tabiatning bir qismi va maxsuli hisoblanadi, 
    ammo inson o’z irodasi va ongi bilan hayvondan farq qiladi. Inson hayvonot 
    olamining, hayvonot organizmning taraqqiyotning e’ng yuqori bosqichi hisoblanadi 
    va ijtimoiy moxiyatga e’ga bo’lib ishlab chiqarishga, atrof muxitni o’zgartira olishga, 
    so’zlashga va boshqa xususiyatlarga qodir. Inson va uning salomatligi, kasalligi 
    ijtimoiy kategoriya hisoblanib keladi. Jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining 
    aniqlashicha salomatlik-bu kasallik va jismoniy etishmovchilikning bo’lmasligidan 
    tashqari, to’liq, sifatli jismoniy, ruxiy va ijtimoiy tomondan qoniqarli xolatga e’ga 
    bo’lishini tushuniladi. Eng so’nggi ilmiy tushunchalardan biri inson salomatligi 
    sotsial va biologik sifatlarning garmonik uyg’unligi bo’lib, tug’ma va hayotda 
    orttirilgan biologik va sotsial ta’sirlar natijasida vujudga keladi, kasallik yetsa ana shu 
    uyg’unlik, ana shu birlikning buzilishidir. 
    Salomatlik va kasallik o’rtasida dialektik bog’lanish mavjuddir. Ular o’rtasida 
    farq salomatlik va kasallikning ta’minlovchi sharoitlariga, omillariga bog’liq bo’lib, 
    agar shu omillar, sharoitlar optimal bo’lsa, muvozanatda bo’lsa salomatlikni 
    ta’minlaydi. Agar muvozanat buzilsa kasallikka olib keladi. Aholi salomatligi 
    bevosita sotsial faktorlar bilan bog’liq bo’lib, ijtimoiy sharoitlar e’sa jamiyat tuzumi, 
    sotsial iqtisodiy va siyosiy strukturaga bog’liqdir. Jamiyat tuzumining asosida e’sa 
    ishlab chiqarish usullari va ishlab chiqarish munosabatlari yotadi. Ijtimoiy sharoitlar 
    asosida ijtimoiy faktorlar vujudga keladi. Ularga mexnat, dam olish, ovqatlanish, uy-
    joy, ma’lumot, o’qish, tarbiyalash, madaniy ehtiyojlar, kishilar o’rtasidagi o’zaro 
    munosabatlar va jamiyatning yoki jamoatning konkret yashash sharoitlari misol 
    bo’ladi. 
    Salomatlik tushunchasini yanada aniqroq tushunib olish uchun, birinchi 
    navbatda insonlarda va boshqa tabiatdagi tirik mavjudotlarda salomatlikni 
    ta’minlovchi sharoitlar va kasallik keltirib chiqaruvchi omillar ham bir xil narsa 
    e’kanligini tushunib etmoq lozim. Demak inson farovonligi uchun mavjud zarur 
    barcha mu’tadil sharoitlar asosida kasallik keltirib chiqaruvchi omillar paydo bo’lishi 
    va inson salomatligiga zarar etkazish mumkin. Ms: aholini ichimlik suvi bilan 
    "Science and Education" Scientific Journal
    October 2020 / Volume 1 Issue 7
    www.openscience.uz
    12


    ta’minlash, oqilona ovqatlanish, uy joy bilan ta’minlash va boshqa ko’plab misollarda 
    bu xolatni ko’rishimiz mumkin. Aytaylik ichimlik suvining sifati uning organoleptik 
    xususiyatlari, tarkibiy qismlari GOST talablariga javob bersa-bu sharoit, agar 
    teskarisi bo’lsa kasallik keltirib chiqaruvchi omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. SHunday 
    qilib ijtimoiy sharoitlar asosida ijtimoiy omillar paydo bo’ladi. 
    “Sog’liq - bu nafaqat har bir inson uchun jismoniy va ruxiy qadriyat, balki bu 
    baxolab bo’lmaydigan inson boyligidir. SHu bilan birga bu yuqori darajadagi 
    axloqiy-e’tik, insonparvarlik qadriyat-baxtdir” deb yozgan e’di F.F. E’rsman. Sog’liq 
    har bir inson, oila yoki butun boshli aholi baxtining e’ng bosh shartlaridan biridir. 
    Ammo afsus bilan aytish mumkinki ana shu xaqiqatni bilib qadriga etib shu haqda 
    tushuntirish olib boradigan insonlar xuddi shu biz aytgan sog’ligini qimmatbaxo 
    qadriyatini yo’qotganlar hisoblanadi. Ko’pchilik paytda insonlarga ko’proq xos 
    bo’lgan xususiyatlardan biri sog’liqni yo’qotgandan so’ng uni izlab boshlaydilar. 
    Salomatlikning axamiyatini tushunmaslik nafaqat odamlar o’rtasida umumiy 
    madaniyatning 
    pastligi 
    yoki 
    tibbiy 
    bilimsizlik, 
    balki 
    xaqiqiy 
    ijtimoiy 
    infantilizmdir./o’sishdan orqada qolish/. Salomatlik insonga tabiat tomonidan boylik, 
    bu boylikni bo’lar-bo’lmasga duch kelgan tomonga bozorga solish mumkin e’mas. 
    Biz hozircha sog’lik to’g’risida fikr yuritdik, ammo yana tibbiyot ilmida 
    shunday tushunchalar borki, aloxida bir shaxsning yoki aholining salomatligi /aholi 
    populyatsiyasi/ degan tushunchalar ham mavjud. Demak har bir daraja o’ziga yarasha 
    yondoshish va fikrlashni talab e’tadi.SHaxsiy /individual/ sog’liqni biz shaxsning 
    aloxida o’zini qanday xis qilishi, kasallikning bor yo’qligiga qarab baxolaymiz. Biron 
    bir gurux sog’ligini baxolashda statistik hisob-kitoblar asosida uning 
    ko’rsatkichlarining yordamida aniqlaymiz. Ms: kasallanish, o’lim, o’rtacha umr 
    ko’rish va b. Ya’ni aholi salomatligi tushunchasini. 
    Aholi salomatligini baxolashda ko’pgina baxolashda ko’pgina standartlar taklif 
    e’tilgan. Oxirgi yillarda matematik-matematikologik, aholini sog’ligini baxolash 
    modellari tibbiy-statistik ko’rsatkichlar bilan kombinatsiyalashtirilgan holda 
    qo’llanilmoqda. To’laqonli asos bilan aytish mumkinki, aholi salomatligi 
    quyidagilarga bog’liq bo’ladi: 
    1. Odamlarning biologik, ruxiy xususiyatlariga /irsiyat, gavda tuzilishi, 
    temperament, oliy asab faoliyat turi boshqalar/. 
    2. Tabiat ta’surotlariga /iqlim, ob-havo, faunlar va b/ 
    3. Kishilarning o’rab turgan atrof-muxit. /uning tozaligi kimyoviy, fizikaviy va 
    biologik ifloslantiruvchi moddalar bilan zararlanishi. 
    4. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillar /mexnat va turmush orqali ta’sir qilishida 
    5. Sog’liqni saqlashning holati tibbiyot ilmining darajasiga aholi salomatligiga 
    bevosita ta’sir qiluvchi omillardan biri bu-turmush tarzi, bu masala kelgusi ma’ruzada 
    ko’rib chiqiladi. 
    "Science and Education" Scientific Journal
    October 2020 / Volume 1 Issue 7
    www.openscience.uz
    13


    Yuqorida qayd qilingan omillar nafaqat aholi salomatligiga aholining sanitariya 
    xolati, balki aloxida bitta shaxs salomatligiga, jamoatchilik salomatligiga ta’sir e’tadi. 
    Jamoatchilik salomatligi ham aloxida bir insonlarning salomatlik xolatidan kelib 
    chiqadi, sababi har bir individuallar yig’ilib jamoatchilikni, ularning sog’ligini tashkil 
    e’tadi. Bu o’z navbatida iqtisodga ya’ni ishlab chiqarilgan maxsulotga o’z ta’sirini 
    ko’rsatadi. Kasallik keltirib chiqaruvchi omillar ko’p, ular yil sayin oshib bormoqda. 
    Agar 1960 yillarda faqat genetik omillarning o’zi mingdan oshiqroq bo’lsa, bugunga 
    kelib ularning soni 3000 dan ko’p. Ba’zi mualliflar bu borada o’zlarining 
    guruxlashlarini xatto klassifikatsiyasini taklif qilmoqdalar. Bundan tashqari 
    kasalliklarning yuzaga kelishida “Moyillik omili”, “kasallikka moyillik omili” 
    tushunchalari mavjud, ya’ni organizmga qandaydir ichki yoki tashqi omillar ta’sirida 
    organizmning kasallikka moyillik darajasi oshib ketadi. 
    O’zi inson nima uchun kasal bo’ladi? Degan savolga, biz to’liq javob berib 
    bilishimiz kerak, kasallik o’zi bizning tushunchamizda nima? Agar insonni o’rab 
    turgan atrof-muxit mo’tadil bo’lsa organizmga xech qanday salbiy ta’sir qilmasa, 
    ya’ni organizmning ichki muxiti bilan tashqi muxit o’rtasidagi muvozanat buzilmasa 
    organizmda xech o’zgarish bo’lishi mumkin e’mas. Ms: organizmda bo’lmaydigan 
    biron-bir yot narsa organizmga tushsa, mikrob, xar-xil predmetlar yoki xar xil 
    ta’sirlar shamol, issiq, sovuq, chang va xakozalar bunga misol bo’lishi mumkin. 
    Aholi salomatligini o’rganishda e’ng muxim manbalardan biri bu- tibbiy 
    ko’rikdan olingan ma’lumot, sababi tibbiy ko’rikda xali bemorni bezovta 
    qilmaydigan kasalliklar oldindan aniqlanadi. Xali kasalliklarning belgilari 
    sezilmasdan burun, aniqrog’i xali salomatlik bilan kasallik oralig’idagi insonlar 
    demakdir. Ular odatda vrachlar tomonidan kasalliklarini faol aniqlashga va 
    davolashga muxtoj kishilar. Gallen va boshqalar bularni uchinchi xolatdagilar ya’ni 
    sog’lom xolat bilan kasallik o’rtasidagi xolat deb ataganlar. Bu xolat juda ko’p vaqtga 
    cho’zilishi, ba’zida umrining oxirigacha cho’zilishi mumkin. Bunday xolat odatda 
    insonga tabiat tomonidan berilgan ruxiy fiziologik imkoniyatining yarmini, 
    e’xtiyojdagi sog’liqni va to’laqonli xayot imkoniyatlarini yo’qotish bilan kechadi. 
    Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bugun biz sog’lom kishilarning sog’ligini saqlash 
    ya’ni kasalliklarning oldini olish “Sanalogiya” bilan shug’ullanish kerakligini 
    anglatadi. Bu tadbirni faqatgina aholi o’rtasida “Sog’lom turmush tarzini targ’ibot” 
    qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
    Jamoatchilik salomatligi xolatini o’rganish-Sanalogiya, ayniqsa sog’lomlarning 
    o’rganish-bu aloxida profilaktika soxasida strategik axamiyatga e’ga aholi 
    salomatligini aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq 
    sanaladi:
    - no sog’lom turmush tarzi omillari 
    - tashqi muxitning ifloslanishi 
    "Science and Education" Scientific Journal
    October 2020 / Volume 1 Issue 7
    www.openscience.uz
    14


    - genetik omillar 
    - kamchilik etishmovchiliklar 
    - sog’liqni saqlashdagi kamchiliklar 
    - tibbiy yordam 
    Risq moyillik omillari bo’lishi mumkin: 
    1. Birlamchi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va tabiiy omillarga bog’liq/. 
    2. Ikklamchi patologik xolat-kasallikni keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi 
    omillar 
    Aholi salomatlikni baxolovchi ko’rsatkichlar. 
    Aholi salomatligini o’rganishda va uni baxolashda ko’pgina standart 
    ko’rsatkichlar taklif qilingan va ular qo’llaniladi:
    1. Tibbiy-demografik ko’rsatkichlar:
    A) aholining tabiiy xarakati ko’rsatkichlari: 
    - umumiy va yoshlar bo’yicha o’lim va yoshlar bo’yicha o’lim 
    - o’rtacha umr qurish 
    - tug’ilish va serpushtlik 
    - aholining tabiiy o’sishi 
    - brachnoe va boshqa ko’rsatkichlar. 
    Ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy sharoitlar 
    Fizik (tabiat) omillari. 
    Xayot tarixi 
    Biologik irsiy 
    xususiyatlari 
    Aholi salomatlik 
    xolati demografik 
    ko’rsatkich kasallanish 
    nogironlik jismoniy 
    o’sishi. 
    Mehnat sharoiti 
    Mehnat sharoiti 
    Tibbiy yordamning 
    xolati 
    B) aholi xarakati ko’rsatkichlar. 
    - migratsiya, immigratsiya, e’mmegratsiya va boshqalar. 
    2. Kasallanish yoki umumiy kasallanish ko’rsatkichlari 
    3. Nogironlik ko’rsatkichlari 
    4. Aholining jismoniy o’sishi ko’rsatkichlari. 
    Xar bir aholi salomatlik darjasini belgilovchi ko’rsatkichlar to’g’risida batafsil 
    so’rab berish kerak! 
    Aholining salomatlik xolati va unga ta’sir qiluvchi omillar. 
    "Science and Education" Scientific Journal
    October 2020 / Volume 1 Issue 7
    www.openscience.uz
    15



    Download 195.96 Kb.
      1   2




    Download 195.96 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aholi salomatligi va uni o’rganish usullari

    Download 195.96 Kb.
    Pdf ko'rish