AHOLI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH BOSHQARUVNI TASHKIL QILISH
Reja
Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar mazmuni.
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjatlar.
So‘nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining xuquqiy zaminini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalliganing) oldini olish to‘g‘risida”, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”, “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarish kurash tug‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
YUqorida sanab o‘tilgan qonunlar ichida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Ushbu qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodaa vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo‘yadi.
Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvining barcha darajadagi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan aholini va hududlarni favqulodaa vaziyatlarda muhofaza qilishning asosiy tamoyillari, maqsadlari, vazifalari va usullari aniqlanib, mustahkamlab qo‘yilgan. I bo‘lim “Umumiy qoidalar” deb nomlanib, o‘z ichiga 1-5-moddalarni oladi. Ularda qonunning asosiy maqsadi, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha asosiy tushunchalar, qonun hujjatlari, muhofazaning asosiy tamoyillari va favqulodda vaziyatlarga oid axborotlar qanday bo‘lishi lozimligi ko‘rsatib berilgan.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy tamoyillari insonparvarlik, inson hayoti va sog‘ligining ustuvorligi; oshkoralik; axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchli bo‘lishi; favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko‘rilishidan iborat,
II bo‘limda – “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta’minlash tizimi” (6—14-moddalar) - muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, ularning vazifalari haqida so‘z yuritiladi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT), Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning majburiyatlari belgilab berilgan.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari 8-moddada keltirilgan:
-favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
-aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
-o‘z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
-boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishini tashkil etadi;
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;
-favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
-aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
-ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlar bo‘yicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o‘tkazilishida ishtirok etadi;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
“Fuqarolarning huquq va majburiyatlari” deb nomlanuvchi III bo‘lim qonunning asosiy bo‘limi hisoblanadi. CHunki ushbu qonun umuman ayni insonni, uning hayotini, salomatligini va shaxsiy mulkini muhofaza qilishga qaratilgan. Bu bo‘limda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uzviy birlikda ko‘rib chiqilgan.
20-25-moddalar qonunning IV bo‘limiii tashkil etadi. Bu bo‘lim “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish”ga bag‘ishlangan bo‘lib, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalar, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalar chegarasi, qo‘shimcha kuch va vositalar qaerdan olinadi kabi savollarga javob beradi.
“YAkunlovchi qoidalar” deb nomlanuvchi V bo‘lim moliyaviy va moddiy resurslarning zahiralarini barpo etish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Bu erda shuningdek aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunni buzganlik uchun tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar javobgar bo‘lishlari ta’kidlab o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi 1999 yil 20 avgustdagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini og‘ishmay amalga oshirish, haqiqiy xavf-xatar manbalarini va ularning tabiatini anglab etish har bir kishiga o‘zini yuz berishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, tabiiy ofatlardan muhofaza qilinganini sezish imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi 2000 yil 26 maydagi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi” qonun harbiy harakatlar olib borish davri masalalariga bag‘ishlangan. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
Qonun V bo‘lim va 23 moddalardan iborat. I bo‘lim – “Umumiy qoidalar” - beshta moddani o‘z ichiga olib, bu moddalarda fuqaro muhofazasining asosiy tushunchalari, vazifalari, qonun hujjatlari, ushbu qonunni buzganlik uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlik to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda - FVDT) 2021 yildagi asosiy faoliyati aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali tashkil etish va amalga oshirish, FVDT boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining tayyorgarligini oshirish hamda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tadbirlarga qaratildi.
FVDT tomonidan 2021 yil uchun asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, FVDTga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan gidrotexnik inshootlar, suv omborlari va sel-suv omborlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar sifatiga baho berish maqsadida respublikadagi jami 73 ta suv va sel-suv omborlari o‘rganib chiqildi.
Shuningdek, gidrometeorologik va geologik xavfli hududlarda yashovchi 71 ta xo‘jalik 364 nafar fuqarodan 24 ta xo‘jalik 115 nafar fuqaro vaqtinchalik va 18 ta xo‘jalik 100 nafar fuqaro doimiy yashash uchun xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Bunday hududlarda yashovchi va doimiy ko‘chirilishi lozim bo‘lgan Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Yakkabog‘ va Shaxrisabz tumanlaridagi 15 ta xo‘jalik 94 nafar fuqaro, Namangan viloyatining Kosonsoy va Pop tumanlaridagi 8 ta xo‘jalik 28 nafar fuqaro, Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi 2 ta xo‘jalik 11 nafar fuqaro, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi 4 ta xo‘jalik 16 nafar fuqaroni doimiy ko‘chirish choralari ko‘rildi.
Qirg‘oq mustahkamlash orqali muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan 418 ta xo‘jalik 1 346 nafar fuqarodan 301 ta xo‘jalik 901 nafar fuqaro (Qashqadaryo viloyatida 277 ta xo‘jalik 786 nafar fuqaro va Toshkent viloyatida 24 ta xo‘jalik 115 nafar fuqaro) sel, toshqin suvlaridan muhofaza qilinib, ularga bo‘lgan xavf bartaraf etildi.
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tegishli vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar hamkorligida xavfli hududlardagi daryolar, soylar va kanallar o‘zanlarini tozalash, qirg‘oq va dambalarni mustahkamlash maqsadida, 151 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilib, ularda 44,8 ming m3 tuproq ishlari, 43,2 ming m3 qum- shag‘al ishlari, 2631,7 m3 beton ishlari bajarildi hamda ichki ariqlar va magistral kanallar tozalandi.
Farg‘ona vodiysini respublikaning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li va “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi qismida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun mas'ul vazirliklar va idoralar tomonidan 6,5 ming m3 kyuvet tozalash, 865 ming m3 tuproq va shag‘al ishlari bajarilib, 1,6 ming m3 gabion setkalarni qurish, qor ko‘chkisini to‘sib qoluvchi moslamalarni ta'mirlash, “Qamchiq” va “Rezak” tonnellarida favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berish uchun 134 dona ovozkuchaytirgich o‘rnatish ishlari bajarildi.
Davlat nazorati tadbirlari doirasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Innovasion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda ularning hududiy tuzilmalari, Buxoro, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari FVDqTning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tayyorgarlik holati tekshirilib, uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, 2021 yil 29-31 mart kunlari Qashqadaryo viloyati boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional qo‘yi tizimlari bilan, 19-21 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari boshqaruv organlari va FVDT hududiy quyi tizimining boshqaruv organlari va kuch vositalari bilan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘quv mashqlari davomida jami 32 ming nafardan ortiq shaxsiy tarkib va 21 mingta maxsus texnikalar jalb etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017 yil 19 iyuldagi 525-son qarori ijrosi yuzasidan hududiy komissiyalar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar muvofiqlashtirilib, hisobotlari yuritildi.
Shu bilan birga, joylarda tashkil etilgan 665 ta ishchi guruhlar tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va talablariga rioya etilishini o‘rganish hamda dudburon va shamollatish tizimlarining texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish davrida respublika hududidagi 2 mln. 895 ming 722 ta yakka tartibdagi turar joylar, 36 ming 213 ta ko‘p kvartirali uylar va ulardagi 1 mln. 212 ming 598 ta xonadonlarda va 7 ming 153 ta tadbirkorlik sub'ektlarida o‘rganishlar, shuningdek 24 ming 416 ta ijtimoiy ob'ektlarda tekshirishlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklardan 108 ming 747 tasi bartaraf etilgan.
Shunga qaramasdan, kuz-qish mavsumida sertifikatlanmagan isitish jihozlaridan foydalanish, tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘i turlaridan hamda isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik, dudburonlardagi nosozliklar, gaz, elektr va issiqlik ta'minoti tizimlarini mavsumga tayyorlash ishlari talab darajasida amalga oshirilmasligi hamda iste'molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlarining iste'molga chiqarilishi kabi holatlar favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilning 1 dekabr' holatiga respublika hududida jami 126 ta favqulodda vaziyat (80 ta texnogen, 46 ta tabiiy) sodir bo‘lgan. Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning asosiy qismini yo‘l-transport hodisalari (31%), aholi uy-joylarida gaz (portlashi) chaqnashi (13,5%), aholining tabiiy, is gazidan va toksik moddalardan zaxarlanish (31,7%), binolar, inshootlar va yer jismlarini qulashi (7,1%), avtomobildagi yong‘in hodisalari (4%) tashkil etgan. 2022 yilda respublikada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish, sodir bo‘lganda ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek aholini va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyat(hodisa)larda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash maqsadida FVDTning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
FVDTni favqulodda vaziyat (noxush hodisa)larga olib kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar va xavflarni oldindan aniqlagan holda bartaraf etuvchi, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va kompleks yordam ko‘rsatuvchi mobil, zamonaviy va professional tizim sifatida yanada takomillashtirish;
aholi, eng avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj (bolalar, ayollar va imkoniyati cheklanganlar) aholi qatlamlari bilan muloqotni kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta'minlash;
O‘zbekiston Respublikasi FVV tuzilmasini takomillashtirish, aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli xavflar manbalarini hisobga olgan holda, tumanlar va shaharlar miqiyosida kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi turli xizmatlarning tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar faoliyatini tashkil etish;
favqulodda vaziyat (noxush hodisa)lar sodir bo‘lishi xavfini barvaqt aniqlash maqsadida monitoring, tahlil va prognozlash tizimini takomillashtirish, respublika hududlarini seysmik xavflar, texnogen avariya va halokatlar manbalari bo‘yicha tasniflash; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga mas'ul rahbarlar va mansabdor shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish;
FVDT va FVV uchun mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yaxlit tizimni yaratish tadbirlarini davom ettirish;
O‘zbekiston Respublikasida gidrometeorologik jarayonlarga ta'sir ko‘rsatish va seysmomonitoring xizmatlarning moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash, o‘quv va ilmiytexnik bazasini takomillashtirish, mutaxassislar va qutqaruvchilarning samarali ishlashi uchun yetarli sharoitlar yaratish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng tatbiq etish;
aholini va hududlami favqulodda vaziyat (yong‘in)lardan muhofaza qilish bo‘yicha davlat ekspertizasi, nazorati, tekshiruvini amalga oshirish; ta'lim muassasalari uchun “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” bo‘yicha davlat ta'lim standartlari va o‘quv dastur (mavzu)larini takomillashtirish hamda amalda tatbiq etish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyat(yong‘in)lardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasida huquqiy-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni davom ettirish.
2022 yil 18 mart kuniO‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha 2021 yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2022 yildagi asosiy vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanini o‘tkazishdan asosiy maqsad – aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha respublikamizda olib borilayotgan tadbirlar bo‘yicha ommaviy axborot vositalariga ma'lumot berishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda – FVDT) 2021 yildagi asosiy faoliyati aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali tashkil etish va amalga oshirish, FVDT boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining tayyorgarligini oshirish bo‘yicha tadbirlarga qaratildi.
Qayd etish kerakki, FVDT tomonidan o‘tgan 2021 yil davomida asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, FVDTga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan gidrotexnik inshootlar, suv omborlari va sel-suv omborlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar sifatiga baho berish maqsadida respublikadagi jami 73 ta suv va sel-suv omborlari o‘rganib chiqildi.
Jumladan, tabiiy ofatlar xavfi mavjud hududlardan ko‘chirilishi lozim bo‘lgan jami 71 ta xo‘jalikdan 25 ta xo‘jalik xavfsiz hududlarga doimiy, 46 ta xo‘jalik vaqtincha yashash uchun ko‘chirilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tegishli vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar hamkorligida xavfli hududlardagi daryolar, soylar va kanallar o‘zanlarini tozalash, qirg‘oq va dambalarni mustahkamlash maqsadida, 151 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilib, ularda 44,8 ming m3 tuproq ishlari, 43,2 ming m3 qum-shag‘al ishlari, 2631,7 m3 beton ishlari bajarildi hamda ichki ariqlar va magistral kanallar tozalandi.
Farg‘ona vodiysini respublikaning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil' yo‘li va “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi qismida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun mas'ul vazirliklar va idoralar tomonidan 6,5 ming m3 kyuvet tozalash, 865 ming m3 tuproq va shag‘al ishlari bajarilib, 1,6 ming m3 gabion setkalarini qurish, qor ko‘chkisini to‘sib qoluvchi moslamalarni ta'mirlash, “Qamchiq” va “Rezak” tonnellarida favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berish uchun 134 dona ovozkuchaytirgich o‘rnatish ishlari bajarildi.
Bundan tashqari, hisobot yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Qashqadaryo viloyatlari FVDT hududiy quyi tizimining boshqaruv organlari va kuch-vositalari bilan hamkorlikda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘quv mashqlariga jami 32 ming nafardan ortiq shaxsiy tarkib va 21 mingta maxsus texnika jalb etildi.
Shu bilan birga, joylarda tashkil etilgan 665 ta ishchi guruhlar tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoida-talablariga rioya etilishini o‘rganish hamda dudburon va shamollatish tizimlarining texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish davrida respublika hududidagi 2 mln. 895 ming 722 ta yakka tartibdagi turar joylar, 36 ming
213 ta ko‘p kvartirali uylar va ulardagi 1 mln. 212 ming 598 ta xonadonda va 7 ming153 ta tadbirkorlik sub'ektida o‘rganishlar, shuningdek, 24 ming
416 ta ijtimoiy ob'ektda tekshirishlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklardan 108 ming 747 tasi bartaraf etilgan.
Shunga qaramasdan, kuz-qish mavsumida sertifikatlanmagan isitish jihozlaridan foydalanish, tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘i turlaridan hamda isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik, dudburonlardagi nosozliklar, gaz, elektr va issiqlik ta'minoti tizimlarini mavsumga tayyorlash ishlari talab darajasida amalga oshirilmasligi hamda iste'molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlarining iste'molga chiqarilishi kabi holatlar favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilda respublika hududida jami 126 ta favqulodda vaziyat (80 ta texnogen, 46 ta tabiiy) sodir bo‘lgan. Ularning asosiy qismini yo‘l-transport hodisalari (31%), aholi uy-joylarida gaz (portlashi) chaqnashi (13,5%), aholining tabiiy, is gazidan va toksik moddalardan zaharlanishi (31,7%), binolar, inshootlar va yer jismlarining qulashi (7,1%), avtomobildagi yong‘in hodisalari (4%) tashkil etgan.
2021 yil respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 10 667 tani tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 423 ta (3,8 foiz)ga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lish holatlari 112 nafarni tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 14 nafar (11,1 foiz)ga va yong‘inlarda insonlarning kuyish tan jarohati olish holatlari 240 nafarni tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 20 nafar (7,7 foiz)ga kamaygan.
2022 yilda respublikada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish, sodir bo‘lganda ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek, aholini va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyat(hodisa)larda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash maqsadida FVDTning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
FVDTni favqulodda vaziyat (noxush hodisa)larga olib kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar va xavflarni oldindan aniqlagan holda bartaraf etuvchi, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda, o‘z vaqtida va kompleks yordam ko‘rsatuvchi mobil, zamonaviy va professional tizim sifatida yanada takomillashtirish;
aholi, eng avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj (bolalar, ayollar va imkoniyati cheklanganlar) aholi qatlamlari bilan muloqotni kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta'minlash;
O‘zbekiston Respublikasi FVV tuzilmasini takomillashtirish, aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli xavflar manbalarini hisobga olgan holda, tumanlar va shaharlar miqyosida kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda, o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi turli xizmatlarning tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar faoliyatini tashkil etish;
favqulodda vaziyat (noxush hodisa)lar sodir bo‘lish xavfini barvaqt aniqlash maqsadida monitoring, tahlil va prognozlash tizimini takomillashtirish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga mas'ul rahbarlar va mansabdor shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng tatbiq etish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyat (yong‘in)lardan muhofaza qilish bo‘yicha davlat ekspertizasi, nazorati, tekshiruvini amalga oshirish;
ta'lim muassasalari uchun “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” bo‘yicha davlat ta'lim standartlari va o‘quv dastur (mavzu)larini takomillashtirish hamda amalda tatbiq etish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyat(yong‘in)lardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasida huquqiy-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni davom ettirish.
|