Ai tech agency




Download 3.14 Mb.
bet1/3
Sana13.11.2022
Hajmi3.14 Mb.
#30163
  1   2   3
Bog'liq
Toshboyeva Shahlo1
11, Die deustche Literatur im Mittelalten, Документ Microsoft Word, Doc3, Rotorli nasoslarning tuzilishi va xossalari. Aksial porshenli na, QADIMGI YUNONISTON VA RIM TANGALARI, How to Develop learning skills, Документ (1), 1-Mavzu Maktabgacha ta’lim-uzluksiz ta’limning alohida turi sif, 1.LABORATORIYA MASHGULOTLARINI UTKAZISH TEXNOLOGIYASI, Mantiqiy holatlar, RAVSHANBEK raqamli qurilmalarni loyixalash (1), «buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi na-fayllar.org, Ko’phadlarning haqiqiy ildizlarini aniqlash haqidagi teoremalar

Elektron hukumat mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning asosiy faktori

Termiz davlat pedagogika inistituti talabasi: Toshboyeva Shahlo


Reja:
Elektron hukumat qurish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prizidenti farmoni.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning asosiy yo’nalishlari.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish tamoyillari.
Mamlakatimizda maʼmuriy tartibotlardan oʻtishni soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu jumladan, davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida izchil choralar koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, raqamlashtirishni taʼminlashga va raqamli iqtisodiyotga oʻtishga toʻsqinlik qilayotgan qator hal qilinmagan muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan, davlat axborot tizimlarini rivojlantirishning yagona prinsiplari ishlab chiqilmagan, ushbu sohadagi tadbirlar esa oʻzaro va boshqa axborot tizimlari bilan uzviy bogʻlanmagan holda amalga oshirilmoqda.
“Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasi lozim darajada rivojlanmayapti, bu davlat xizmatlarini koʻrsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllashga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda.
“Elektron hukumat” tizimini joriy etishda taʼsirchan muvofiqlashtiruv va yagona texnologik yondashuvning mavjud emasligi resurslarning nooqilona foydalanilishiga olib kelmoqda hamda tadbirlarning samaradorligini pasaytirmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishini taʼminlash, aholi, biznes va davlat oʻrtasida samarali oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshimcha shart-sharoit yaratish maqsadida, shuningdek, 2017-2021yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 3 iyuldagi PQ–3832-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi;
Agentlik elektron hukumat sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etishda vakolatli organ hisoblanadi, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼuldir;
Agentlikning elektron hukumat sohasida, shuningdek, davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari ijrosini taʼminlash respublikaning barcha vazirliklari, idoralari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi;
davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish boʻyicha loyihalar, shuningdek, bunday loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlikda ekspertizadan oʻtkazilishi shart;
Agentlik raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish doirasida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari bilan bevosita oʻzaro hamkorlik qilish huquqiga ega.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
hozirgi kunda “Elektron hukumat” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish loyihalarining hamda axborot-kommunikatsiya sohasidagi boshqa loyihalarning (keyingi oʻrinlarda – loyihalar) amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini toʻxtatib qoʻysin;
bir oy muddatda loyihalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va yakuniy natijalari boʻyicha Agentlikka axborot kiritsin.
2019 yil 1 mayga qadar quyidagilarni nazarda tutadigan“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish konsepsiyasiloyihasining ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini taʼminlasin:

Download 3.14 Mb.
  1   2   3




Download 3.14 Mb.