|
Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi
|
bet | 28/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 4,57 Mb. | | #240045 |
Bog'liq 5 Maruzalar matniMavzu_№-_14_: Tizimli blok. Tizim bloklarining turlari
Reja:
Tizimli blok.
Tizim bloklarining turlari
TIZIMLI BLOK. Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil ko’rib chiqamiz. Avval ta’kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy elektron qurilmalarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat: 1. Tizimli plata; 2. Diskyurituvchi; 3. Qattiq disk (vinchestr); 4. Tok manbai bloki. Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat bo’lib, ular o’zaro‘bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi yo’llari bilan bog’langan. Tizimli plata EHMning eng muhim elementlarini o’zida jamlaydi, chunonchi: u markaziy protsessor; u tezkor xotira mikrosxemalari; u doimiy xotira qurilmasi; u taymer (joylashtirilgan soatlar); u kengaytirish tutashmalari va boshqalar. Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir. Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro‘aloqasini o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish amalga oshiriladi. Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini bajaradi. Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni saqlash uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2 sonini turli darajalari bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bog’liq bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan betlar soni kompyuterlarning razryadini belgilaydi. IBM RS kompyuterlarning butun taraqqiyoti mikroprotsessorlarni ishlab chiqaruvchi Intel firmasi bilan bog’liq. Aksariyat shaxsiy kompyuterlar ushbu firma mikroprotsessorlari bilan ishlaydi. Shartli ravishda firmaning 8086 yoki 8088 (16 razryadli) mikroprotsessorlari IBM RS XT (extended version, “Iks-ti” deb o’qiladi) deb nomlanadi. Mazkur firmaning 80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan ta’minlangan SHK lar IBM RS AT (Advanced Techology) deb ataladi. IBM RS shaxsiy kompyuterlarning oilasi tez rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel firmasining ko’p razryadli ishlash samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy kompyuterlari tez tarqaldi. Rower RS rusumidagi yana ham kuchli mikroprotsessorlarning tarqalishi kutilmoqda. Tizimli platada joylashgan yana bir eng muhim element -tezkor xotira mikrosxemalaridir. Tezkor xotira yoki tezkor xotira qurilmasi (TXQ) o’zida ayni vaqtda kompyuter ishlayotgan dasturlar uchun ma’lumotlar shu bilan birga ishning natijasi saqlanadigan mikrosxemalardan tashkil topgan. Tizimli platada joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki doimiy xotira (DX) deb ataladi. Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut - Outrut System - kiritish va chiqarishning baza tizimi) nomli zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari to’plamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy xotirada saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki, kompyuter tok manbaidan o’chirilganda ham axborot saqlanib qoladi. Undagi axborot bir marta zavodda mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni o’zgartirish mumkin emas. DXQ (BIOS) - quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to’plamidir. Birinchidan, kompyuter manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini, masalan diskyurituvchi va vinchesterlarni boshqarishga imkon bersa, ikkinchidan taymer kompyuterdagi to’xtovsiz ishlaydigan elektron soat, vaqtini va yilini aniqlash uchun xizmat qiluvchi mikrosxema. Kengaytirish raz’yomlari - kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib, uning yordamida kompyuterlarga qo’shimcha qurilmalar ulanadi. Odatda kengaytirish raz’yomlarida qurilmani boshqaradigan alohida maxsus platalar qo’yiladi. Bunday platalar nazoratchilar deb nomlanadi. Masalan, monitor ishini boshqaradigan plata videonazoratchilar deb nomlanadi. Kompyuterning barcha qurilmalari uchun boshqaruv signallar beruvchi vosita markaziy protsessor bo’lsa-da, nima uchun nazoratchilar mavjud degan, savol tug’iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy protsessor boshqaruv signallarini umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni qabul qilib, bevosita qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir misol timsolida masalan, bosh oshpaz o’z yordamchilariga palov damlashni buyuradi, buni markaziy protsessor boshqaruv signaliga qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi, guruch, o’tinlarni tayyorlaydi, bu - nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa bo’ladi. Tizimli platada yana boshqa ko’plab qurilmalar joylashgan, biroq, ular to’g’risida ma’lumot kompyuter ishini chuqur o’rganishni hohlagan foydalanuvchi uchun muhim bo’lishi mumkin.
|
| |