• 6.2. Ajraladigan optik ulagichlarning tuzilishi
  • Ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar, optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish




    Download 272.42 Kb.
    bet2/4
    Sana26.10.2022
    Hajmi272.42 Kb.
    #28157
    1   2   3   4
    Bog'liq
    uchinchi va tortinchidarazhali tenglamalarni jechishning boshqa usullari, Usmonov Azizbek, Noodatiy fikrlash asoslari(1), 1, msql, xisobot, Korxona Harajatlari, Doc1 idu, 2 - laboratoriya ishi, Zulfiya ijodining songgi yillariga nazar maqola, 10-JAHON TARIXI TESTLARI (YAKUNIY), Tarmoq, FM 1-amaliy mashg\'ulot, Newton qonunlari - Vikipediya
    Nazariy qism
    6.1. Optik ulagichlar

    Tolali optik aloqa tizimlari liniyalarini o‘tkazishda uzatuvchi, qabul qiluvchi va liniya traktlarini tashkil etuvchi elementlarni o‘zaro ulashdan iborat texnik masala yuzaga keladi va bu masala optik ulagichlar yordamida hal etiladi. Optik ulagich – bu nurlanishni kiritish va chiqarish joyida tolali optik aloqa liniya traktining turli komponentalarini, optoelektron modullarni kabel tolalari bilan ulash, kabelning qurilish uzunliklarini bir-biri yoki boshqa komponentalar bilan ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. Ulagichlarning ajraladigan va ajralmaydigan turlari mavjud. Ajralmaydigan ulanishni ta’minlovchi asosiy montaj usuli payvandlash hisoblanadi. Ajraladigan ulagichlar (ularni belgilash uchun konnektor, connector atamalaridan keng foydalaniladi) ko‘p martalab ulash/ ajratishlarni bajarish imkonini beradi.




    6.2. Ajraladigan optik ulagichlarning tuzilishi

    Optik aloqa tarmog‘ining har bir tugunida kabelning optik tolalarini optik sxema elementlariga ulash imkoniyati ta’minlanishi kerak. Buning uchun odatda ajraladigan ulagichlardan foydalaniladi. Optik tolalarni optik sxema elementlariga ulash kommutatsiya qutilari, taqsimlovchi shkaflar va krosslar yordamida amalga oshiriladi. Ularda optik rozetkalar va optik kabelni mahkamlovchi elementlar joylashtiriladi. Tolali kabelning yorug‘lik uzatgichlari zaruriy kommutatsiyani amalga oshiruvchi optik konnektorlar bilan ta’minlanadi.


    Ajraladigan ulagichlardan optik aloqa liniyasining alohida passiv elementlarini ulashni ta’minlash uchun ham foydalaniladi. Bu turdagi ulashlar odatda tolali shnurlar – pigteyllar yordamida amalga oshiriladi. Har bir shnurning oxirgi uchlari sifatli ulanishga erishish uchun optik konnektorlar bilan ta’minlanadi.
    6.1-rasmda shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishi ko‘rsatilgan. Bu ulagichda uya va shtir qismlari ulanadi. Ulanishdan so‘ng gayka bilan mustahkamlanadi. 6.1-rasmda ulagichning uyali qismi yuzasidagi rezba va gayka ko‘rsatilmagan [6].
    Ulagichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: kirituvchi yo‘qotishlari va teskari aks etishlari kam, tashqi mexanik, klimatik va boshqa ta’sirlarga bardoshli, yuqori ishonchli, tuzilishi sodda va ko‘p martalab takroriy ulanishlardan so‘ng xarakteristikalari kam o‘zgarishi kerak.



    6.1-rasm. Shtekerli ulash: a - uya; b-shtir; d-ajraladigan ulagich;
    1 - tola; 2 - kanal; 3 - birlashuvchi yuzalar.

    Hozirgi vaqtda optik konnektorlarning bir-biridan ulash turi va qayd etish qobiliyati bilan farqlanadigan o‘nlab turlari mavjud. Quyidagi konnektor turlari ayniqsa keng tarqalgan (6.2-rasm):


    -ssilindr ko‘rinishga va rezbali mahkamlagichga ega FC turidagi konnektor;
    - to‘g‘ri burchakli ko‘rinishga va push – pull turidagi qayd etish mahkamlagichiga ega SC turidagi konnektor.
    Optik sxema elementlarini o‘zaro ulash uchun qo‘llaniluvchi 1-3 metr uzunlikga ega tolali shnurlar shunday konnektorlar bilan ta’minlanadi. Ulovchi shnurlar uchlariga bir turdagi FC-FC, SC-SC turidagi konnektorlar joylashtiriladi. Agar turli turdagi qobiqli elementlarni o‘zaro ulash talab etilsa, tolali o‘tish shnurlari qo‘llaniladi. Ularning uchlariga turli turdagi (FC-SC) konnektorlar o‘rnatiladi.



    Turli turdagi konnektorlar bilan ulangan tolali shnurlarni ulashni ta’minlash uchun tegishli turdagi rozetkalar ishlab chiqilgan. Ularning qobiqlari muayyan turdagi konnektorli ikkita ulanuvchi tolali shnurlarni mahkamlash uchun mo‘ljallangan. 6.5-rasmda FC-FC, SC-SC turidagi rozetkalarning tashqi ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Turli turdagi konnektorli tolali shnurlarni ulash uchun SC – turidagi o‘tish rozetkasidan foydalaniladi.





    Download 272.42 Kb.
    1   2   3   4




    Download 272.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar, optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish

    Download 272.42 Kb.