Metodni qo’llash jarayoni uch bosqichdan iborat




Download 5,49 Mb.
bet3/4
Sana06.06.2024
Hajmi5,49 Mb.
#260739
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-ФЎМ тақ (1)

Metodni qo’llash jarayoni uch bosqichdan iborat:

Metodni qo’llash jarayoni uch bosqichdan iborat:

  • 1-bosqich. O’quvchilarning o’rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.
  • 2-bosqich. O’quvchilarning mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi.
  • 3-bosqich. O’quvchilar yangi mavzu bo’yicha ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladi.

1-bosqichda o’qituvchi hali yangi mavzuni tushuntirmagan bo’lsada, o’quvchilar yangi mavzuga doir qanday bilimga ega ekanliklarini sxemada ifoda etadilar ya’ni o’quvchilar 1-ustunni to’ldiradilar. O’quvchilar 1-ustunni quyidagicha to’ldirdi deylik:


I.Bilaman.

• Elektronlarning tartibli harakati elektr tokini hosil qiladi.
• Elektr toki atrofida magnit maydonni vujudga keltiradi.
• Elektr va magnit maydonlar orasida chambarchas o’zaro bog’lanish mavjud.

2-bosqich. Jadvalning 2-ustunida o’quvchilar yangi mavzu bo’yicha nimalarni o’rganmoqchilar, nimalarni bilmaydilar? shularni qayd etadilar. 2-ustun quyidagicha to’ldirildi deylik:


II.Bilishni xohlayman.

• Magnit maydon elektr tokini hosil qila olmaydimi?
• Elektromagnit induksiya hodisasi qanday hodisa?
• Faradey qonunining ta’rifi qanday?
• Lens qoidasi nima haqida?

3-bosqich. Yangi mavzu bayon qilingach, o’quvchilar jadvalning uchinchi ustuniga o’zlashtirgan tushunchalarini yozadilar:


III. Bilib oldim

• O’zgaruvchan magnit maydon elektr maydonni, ya’ni elektr tokini hosil qilar ekan.
• Elektromagnit induksiya hodisasi – magnit maydon yordamida elektr toki hosil bo’lish hodisasi ekan.
• Faradey qonuni: yopiq, o’tkazuvchi kontur o’rab turgan magnit induksiya oqimining o’zgarish sababi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, vujudga keladigan EYK quyidagicha aniqlanadi: ℰ=-dФ/dt

Download 5,49 Mb.
1   2   3   4




Download 5,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metodni qo’llash jarayoni uch bosqichdan iborat

Download 5,49 Mb.