Akademik yozuv fanidan 1-kurs talabalari uchun Yakuniy nazorat uchun test savollari (2-semestr)




Download 188.03 Kb.
bet1/15
Sana29.05.2023
Hajmi188.03 Kb.
#66848
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Akademik yozuv fanidan 1-kurs talabalari uchun Yakuniy nazorat u
bellashuv uz - 5-sinf-tasviriy-sanat, ОЛТИНКЎЛ ТУМАН ХОКИМИ

Akademik yozuv fanidan 1-kurs talabalari uchun Yakuniy nazorat uchun test savollari (2-semestr)

  1. Yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishini to‘g‘ri toping.

A)Badiiy nutq
B) Adabiy nutq
C) Ilmiy nutq
D) Publitsistik nutq

  1. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig‘inlarida, turli xil anjumanlarda qo‘llaniladigan nutq uslubi qanday nomlanadi?

A) Ilmiy uslub
B) Badiiy uslub
C) Rasmiy-idoraviy uslub
D) Publitsistik uslub

  1. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub qanday uslub hisoblanadi?

A) Ilmiy uslub
B) Rasmiy-idoraviy uslub
C) Badiiy uslub
D) So‘zlashuv uslubi

  1. Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Yuqorida keltirilgan gap qaysi uslubga tegishli?

A) Rasmiy-idoraviy uslub
B) Ilmiy uslub
C) Publitsistik uslub
D) Badiiy uslub

  1. Obyektlarga vizual tasvir berishning nechta bosh kategoriyasi mavjud?

A) 3ta
B) 4ta
C) 5ta
D) 6ta

  1. Kishilar oʻrtasidagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bogʻlanishlar rivojlanishining koʻp qirrali jarayoni bu .................... dir.

A) Suhbat
B) Dialog
C) Kommunikatsiya
D) Muloqot

  1. “Kommunikatsiya” so‘zi qanday ma’noni bildiradi?

A) xabar bermoq
B) qatnashmoq
C) boʻlishmoq, umumlashtirmoq
D) barchasi to‘g‘ri

  1. Nima munosabat yaratishga va muhabbatni shakllantirishga yordam beradi, oʻzaro tushunishni ragʻbatlantiradi?

A) kommunikativ aloqa
B) individual suhbat
C) muloqot jarayoni
D) kommunikativ muloqot

  1. «Kommunikatsiya ma’no almashinuvining natijasi boʻluvchi har qanday xatti-harakatdir», deb kimlar ta’rif beradilar?

A) Germaniya Menejment Assotsiatsiyasi
B) Fransiya Menejment Assotsiatsiyasi
C) Amerika Menejment Assotsiatsiyasi
D) to‘g‘ri javob yo‘q

  1. Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning afzalliklari nimadan iborat?

A) Xabar har qaysi payt jo‘natilishi mumkin
B) Bu shoshilinch paytda foydalidir
C) Bu harajat bilan birgalikda vaqtni ham tejaydi
D) barchasi to‘g‘ri

  1. Foydalanish uchun qulay, oson erishib bo‘ladigan, dunyodagi har qanday telefon liniyasidan qatnashsa bo‘ladigan, konferens qo‘ng‘iroqlarini tuzish uchun faqatgina bir necha daqiqa ketadigan, harajatlar, energiya va vaqt tejaladigan aloqa turini toping.

A) Videokonferensiya
B) Telekonferensiya
C) Faol mobil telefon qurilmasi
D) barchasi to‘g‘ri

  1. Qaysi aloqa vositasi to‘liq interaktiv va deyarli yuzma-yuz yig‘ilishlarga o‘xshash bo'ladi. Bu standart telefon liniyasi orqali muloqot qilinishi mumkin. Murakkabroq tizim va jihozlar bilan ikki joydagi insonlarning barchalari bir-birlarini xuddi haqiqiy yig‘ilishdagidek ko‘rishlari ehtimolini yaratadi?

A) Videokonferensiya
B) Telekonferensiya
C) Faol mobil telefon qurilmasi
D) barchasi to‘g‘ri

  1. Muloqot texnikasining zaruriy sharti nimadan iborat?

A) Bu behad izlanish va o‘z ustida ishlash, qilgan ishlaridan xursand bo‘lish, boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilish.
B) Bu qandaydir qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, balki
fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatdir.
C) Bu o‘qituvchining o‘z e’tibori va o‘quvchilarning e’tiborlarini boshqara olish demakdir. 
D) to‘g‘ri javob yo‘q

  1. Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar nechta?

А ) 4 ta
B) 7 ta
C) 3 ta
D) 8 ta

  1. Muloqot madaniyati, mimik pantomima va hissiy holat bu………?

A) Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar
B) Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari
C) Muloqot texnikasiga qo‘yiladigan talablar
D) to‘g‘ri javob yo‘q

  1. ………. - savodli gapirish, o'z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini so'zda aniq ifodalash. Nuqtalar o‘rniga mos javobni toping.

A) Muloqot madaniyati
B) Mimik pantomima
C) Hissiy holat
D) to‘g‘ri javob yo‘q

  1. …………- aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki iliq tabassum. Nuqtalar o‘rniga mos javobni toping.

A) Muloqot madaniyati
B) Mimik pantomima
C) Hissiy holat
D) to‘g‘ri javob yo‘q

  1. Muloqot texnikasiga qo‘yiladigan talablar nechta?

A) 4 ta
B) 5 ta
C) 6 ta
D) 7 ta

  1. «O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari» kitobining muallifini toping?

A) Vikram Bisen Priya
B) J.Brofi
C) T.Gudd
D) B va C

  1. Notiqlikning eng yuksak cho‘qqisini zabt etgan olim kim?

A) Demosfen
B) Vikram Bisen Priya
C) T.Gudd
D) J.Brofi

  1. So‘zlovchi va qabul qiluvchi og‘zaki muloqot vositasisiz amalga oshganda juda asqotadigan hamda barcha tashkilotlarda ijrochilar yozma xabarlar orqali bo‘limlararo va bo`limlar ichida samarali aloqani yuritishlari mumkin bo‘lgan vosita turini toping.

A) Muloqot texnikasi
B) Muloqot texnologiyasi
C) Yozma muloqot
D) Pedagogik muloqot

  1. Bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlari va shu kabilarning barcha turlarini nima qamrab oladi?

A) Rasmiy muloqot
B) Muloqot texnologiyasi
C) Yozma muloqot
D) Pedagogik muloqot

  1. So‘zlarni tanlashda nimalarga amal qilish zarur?

A) Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalanish
B) Uzun so‘zdan ko‘ra qisqasini tanlash
C) Tanish so‘zlardan foydalanish
D) A,B va C

  1. Ilmiy tadqiqotda kirish qismi vazifaning umumiy qismining necha foizini tashkil etadi?

A) 5%
B) 10%
C) 15%
D) 20%

  1. Kirish qismining umumiy xususiyatlari nechta?

A) 7 ta
B) 8 ta
C) 9 ta
D) 10 ta

  1. Agar siz kimningdir ishidan yordam olsangiz, buni ko‘rsatishning qanday usullari bor?

  1. Qoshtirnoq usuli va qavsga olish usuli

  2. Havola berish usuli va qo‘shtirnoq usuli

  3. Qisqacha mazmun usuli va qo‘shtirnoq usuli

  4. Havola berish usuli va qisacha mazmun usuli

  1. Ko‘chirmachilik (plagiat) darajalari nechta qismga bo‘linadi?

A) 7 ta
B) 8 ta
C 9 ta
D) 10 ta

  1. Asosiy ma’noni saqlagan holda, fikrni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash qanday nomlanadi?

A) Xulosalash
B) Perefrazalash
C) Izohlash
D) Tasvirlab ifodalash

  1. Xulosalashning maqsadi nimadan iborat?

A) Ma’lumotlar hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat
B) Umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni asl manbadagidan farqli qilib, o‘zgartirib yozishdan iborat
C) Keltirilgan ma’lumotning hajmini tasvirlab ifodalashdan iborat
D) barchasi to‘g‘ri

  1. Perefrazalashning maqsadi nimadan iborat?

A) Ma’lumotlar hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat
B) Umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni asl manbadagidan farqli qilib, o‘zgartirib yozishdan iborat
C) Keltirilgan ma’lumotning hajmini tasvirlab ifodalashdan iborat
D) barchasi to‘g‘ri

  1. Qanday perefraza asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi, asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi, asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi, asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi?

  1. Ilmiy perefraza

  2. Tasviriy perefraza

  3. Ta’sirchan perefraza

  4. Xulosali perefraza

  1. Perefrazalashning necha xil usullari mavjud?

A) 2 xil
B) 4 xil
C) 5 xil
D) 3 xil

  1. Ma'lumot olingan manbani keltirib o‘tish qanday nomlanadi?

A) havola
B) sitata
C) izoh
D) perefraza

  1. Havola va sitatalar qo’llanilishining nechta asosiy sababi mavjud?

A) 2 ta
B) 4 ta
C) 5 ta
D) 3 ta

  1. Sitatalardan qanday hollarda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi?

A) Sitata muallifining aynan gapi o‘zgacha ma’noni anglatsa
B) Muallifning aynan gapi siznikiga qaraganda qisqa va lo‘nda bo‘lsa
C) Muallifning aynan gapi barchaga ma’lum va mashhur bo‘lsa
D) barchasi to‘g‘ri

  1. Sitatada ba’zi bir so‘zlar izoh talab qilishi mumkin va bunday hollarda qanday tinish belgisidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi?

A) oddiy qavs
B) to‘rtburchak qavs
C) qo‘shtirnoq
D) uchburchak qavs

  1. Sitatalar asl manbadagiday bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Agar ma’lum bir qismlar keraksiz bo‘lsa, shu joyda qaysi belgidan foydalanish mumkin?

A) ko‘p nuqta
B) nuqtali vergul
C) undov belgisi
D) ikki nuqta

  1. Qisqa sitatalar qanday tinish belgisi yordamida yoziladi?

A) oddiy qavs
B) bittalik qo‘shtirnoq
C) to‘rtburchak qavs
D) uchburchak qavs

  1. Uzunroq sitatalar satr boshidan boshlanadi yoki kichikroq qilib yoziladi. Bu holatda qanday tinish belgisi qo’yiladi?

A) bittalik qo’shtirnoq
B) ikkitalik qo’shtirnoq
C) hech qanday qo‘shtirnoq qo‘yilmaydi
D) to‘g‘ri javob yo‘q

  1. Qaysi so‘z lotinchadan olingan bo’lib, “bildirmoq” degan ma’noni anglatadi?

A) referat
B) annotatsiya
C) taqriz
D) sitata

  1. Qaysi so‘z lotinchadan olingan bo‘lib, “qayd” , “qisqacha ta’rif” degan

ma’noni anglatadi?
A) referat
B) annotatsiya
C) taqriz
D) sitata

  1. “Taqriz” so‘zi qaysi tildan olingan bo‘lib, qanday ma’noni anglatadi?

A) lotinchadan olingan bo‘lib, “bildirmoq” degan ma’noni anglatadi
B) lotinchadan olingan bo’lib, “qayd” , “qisqacha ta’rif” degan ma’noni anglatadi
C) arabchadan olingan bo‘lib, “ijobiy baho” degan ma’noni anglatadi
D) arabchadan olingan bo‘lib, “ ta’kidlash” degan ma’noni anglatadi

  1. Referat qanday qismlardan tuziladi?

A) Kirish; Asosiy qism; Xulosa
B) Reja; Kirish; Asosiy qism; Xulosa; Mundarija
C) Referat mavzusi; Kim tomonidan bajarilganligi; Asosiy matn
D) B va C

  1. Referat qanday bo‘limlardan tashkil topadi?

A) Titul varag‘i; Reja; Kirish qismi
B) Asosiy qism; Xulosa; Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
C) Kirish; Asosiy qism; Xulosa
D) A va B

  1. Asosiy manbalarni o‘rganib, referat mavzusini tanlagach, qanday ko‘rsatmalar inobatga olinadi?

A) Tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqish va ma’ruza materiallarini ko‘zdan kechirish
B) Fan bo‘yicha o‘quv dasturiga ko‘ra tegishli mavzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni yana bir bor tahlil qilish hamda universitet axborot-kutubxona majmuida mavjud bo‘lgan kataloglardan foydalanib, referat mavzusi bo‘yicha adabiyotlar manbalari doirasini kengaytirish
C) A va B
D) Tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqish hamda fan bo‘yicha o‘quv dasturiga ko‘ra tegishli mavzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni yana bir bor tahlil qilish

  1. Konspekt qilishning qanday turlari mavjud?

A) rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy yoki erkin
B) rejali, qolipli, matnli, jadvalli va erkin
C) xronologik, tahliliy, tematik, oddiy va munozarali
D) B va C

  1. Agar referat monografik shaklda bo’lsa (bir manba yoki muallif tomonidan referat qilinayotgan bo‘lsa), unda kirish nechta qismdan iborat bo‘ladi?

A) 4 qism
B) 5 qism
C) 6 qism
D) 7 qism

  1. Referatning rasmiylashtirilish to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

A) referat kompyuterda 14-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog‘ozda va matn uning ikki tomonini egallaydi, qog‘ozning chap tomonidan 2,5 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 3 smlik hoshiyalar bilan terilishi kerak. Matn sahifalari albatta raqamlanishi kerak. Referat hajmi 12-14 sahifadan oshmasligi kerak.
B) referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog‘ozda va matn uning ikki tomonini egallaydi, qog‘ozning chap tomonidan 2,5 sm, o‘ng tomonidan 2,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 smlik hoshiyalar bilan terilishi kerak. Matn sahifalari albatta raqamlanishi kerak. Referat hajmi 10-12 sahifadan oshmasligi kerak.
C) referat kompyuterda 14-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog‘ozda va matn uning faqat bir tomonini egallaydi, qog‘ozning chap tomonidan 1,5 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2,5 smlik hoshiyalar bilan terilishi kerak. Matn sahifalari albatta raqamlanishi kerak. Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak.
D) referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog‘ozda va matn uning faqat bir tomonini egallaydi, qog‘ozning chap tomonidan 2,5 sm, o’ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 smlik hoshiyalar bilan terilishi kerak. Matn sahifalari albatta raqamlanishi kerak. Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak.

  1. Annotatsiyaning asosiy vazifasi nimadan iborat?

A) Talabalarga muayyan kitob, maqola yoki qo‘lyozma to‘g‘risida umumiy tasavvur tug‘dirish
B) Talabalarga mutaxassislikka oid adabiyot tanlashda yordam ko‘rsatish
C) Bibliografik ko‘rsatkichlarda hamda kutubxona kataloglarida qayd qilib borish
D) Ava B

  1. Kitob, maqola, qo‘lyozma mundarijasini, mavzu yo‘nalishi va boshqa jihatlarini ochib berishga qaratilgan kichik hajmli matn qanday nomlanadi?

A) referat
B) annotatsiya
C) taqriz
D) konspekt

  1. «Maqola» so‘zi qaysi tildan olingan bo‘lib, qanday ma’noni anglatadi?

A) arabchadan olingan bo‘lib, “bob, nutq” degan ma’noni anglatadi
B) arabchadan olingan bo’lib, “qayd” , “qisqacha ta’rif” degan ma’noni anglatadi
C) arabchadan olingan bo‘lib, “ijobiy baho” degan ma’noni anglatadi
D) arabchadan olingan bo‘lib, “ ta’kidlash” degan ma’noni anglatadi

  1. Maqola qanday tarkibiy qismlardan tashkil topadi?

A) Sarlavha, kirish, reja, annotatsiya, asosiy qism
B) Xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
C) Kirish, asosiy qism, xulosa
D) A va B

  1. Qanday maqolada ijtimoiy hayot hodisalari tahlil qilinib, nazariy va amaliy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar targ‘ib qilinadi, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo‘jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi?

A) ilmiy maqolada
B) publitsistik maqolada
C) siyosiy maqolada
D) barcha maqola turlarida



  1. ………. asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari aks etadi.

A) Maqolada
B) Taqrizda
C) Annotatsiyada
D) Referatda

  1. O‘zbek adabiyotida taqriz qachondan boshlab vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan?

A) XIX asr oxirlarida
B) XX asr o‘rtalarida
C) XX asr boshlarida
D) XX asrning 80 yillarida

  1. Qaysi yozuvchilar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratganlar?

A) Shayxzoda, Abdulla Qahhor, Cho‘lpon, Shukrullo
B) Oybek, Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Hamza
C) Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Ham
D) Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda,O‘tkir Hoshimov

  1. Qaysi taniqli olimlar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratganlar?

A) Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonov, I.Haqqulov
B) Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, H. Boltaboyev, N. Mahmudov, I.Haqqulov
C) B. Nazarov, E. Karimov, H.Yoqubov, H. Boltaboyev, I.Haqqulov
D) V.Zohidov, U.Normatov, Ozod Sharafiddinov, M.Qo‘shjonov, E. Karimov

  1. Kim taqrizni haqiqiy san’at darajasiga ko‘tardi?

A) Izzat Sulton
B) Olim Sharafiddinov
C) V.G.Belinskiy
D) Ch. Dikkens

  1. So‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi qanday nomlanadi?

A) morfologiya
B) leksikologiya
C) etimologiya
D) frazeologiya



  1. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shimchalarsiz qismi qanday nomlanadi?

A) leksema
B) frazema
C) nomema
D) to‘g‘ri javob yo‘q

  1. Lug‘aviy birliklarga quyidagilardan qaysilari kiradi?


Download 188.03 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 188.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akademik yozuv fanidan 1-kurs talabalari uchun Yakuniy nazorat uchun test savollari (2-semestr)

Download 188.03 Kb.