Akkumulatorlarning




Download 73.79 Kb.
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi73.79 Kb.
#46267
  1   2   3   4
Bog'liq
4-Mavzu
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim

4-Mavzu:

Akkumulatorlarning ishlatish jarayonidagi qarovi va ularning texnik holatini aniqlash


Akkumulatorlarning xizmat muddati, asosan, ularni ishlatish davrida belgilangan qoida, tadbir-amallarni o’z vaqtida va sifatli o’tkazishga bog‘liq. Bu qoida, tadbir-amallar quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • muntazam ravishda qutb quloqlarini tozalab ularga texnik vazelin suriladi, batareyaning ustki qismi 10% li navshadir spirti eritmasi bilan tozalab turiladi, batareyaning yaxshi mahkamlanganligi tekshiriladi;

  • kamida ikki haftada bir marta elektrolit sathi tekshiriladi va zarurat bo’yicha distillangan suv quyiladi;

  • kamida 1 oyda bir marta elektrolit zichligi o’lchanadi va akkumulatorning razryadlanganlik darajasi aniqlanadi. Agar razryadlanganlik darajasi yozda 50% dan, qishda 25% dan ortiq bo’lsa, batareya darhol zaryadlashga qo’yiladi;

  • generator kuchlanishining qiymati muntazam ravishda nazorat qilinadi va zarurat bo’yicha rostlanadi;

  • bir yilda 1-2 marta akkumulatorni avtomobildan olib, tok qiymati o’zgarmas bo’lgandagi zaryad usuli bilan to’la zaryadlash tavsiya qilinadi.

Elektrolit sathini o’lchash uchun akkumulatorbankasining tiqinlari ochiladi va unga saqlovchi to’siqqa qadalguncha ichki diametri 3-4 mm bo’lgan shisha naycha tushiriladi (1.57-rasm). So’ngra, shisha naychaning ustki tomoni barmoq bilan berkitiladi va akkumulatordan chiqariladi. Shisha naychada elektrolit sathiga teng bo’lgan suyuqlik ustunchasi hosil bo’ladi. Akkumulyatordagi elektrolit sathi saqlovchi to’siqdan 10-15 mm yuqori bo’lishi kerak. Agar elektrolit sathi bundan past bo’lsa, akkumulatorga distillangan suv quyiladi, yuqori bo’lsa - ortiqcha elektrolit noksimon rezinali so’rg‘ich bilan olib tashlanadi.
Akkumulatorlarning razryadlanganlik darajasini ikki yo’l bilan aniqlash mumkin: elektrolit zichligi va akkumulator kuchlanishi orqali.
Akkumulyatordagi elektrolit zichligi, odatda, areometr yoki zichlik o’lchagich bilan o’lchanadi. Elektrolit zichligini areometr (1.58-rasm,a) bilan o’lchash uchun uning noksimon rezinali so’rg‘ichi 1 siqiladi va naychasi 5 akkumulator bankasiga tushiriladi. So’ngra asta-sekin so’rg‘ichni bo’shatib densimetr 3 qalqib chiqqunga qadar pipetkaga 2 elektrolit so’riladi. Shundan
keyin naychani akkumulatordan chiqarmasdan elektrolitning mavjud temperaturadagi zichligi o’lchanadi. Elektrolit zichligining temperaturaga bog‘liqligini hisobga olib, uni quyidagi ifoda yordamida 250С ga keltiriladi

25 = o’lch - 0,7( 25 - t )


Bunda 25 - elektrolitning 250С ga keltirilgan zichligi, kg/m3 ; o’lch - elektrolitning mavjud temperaturada o’lchangan zichligi kg/m3; t -elektrolitning mavjud temperaturasi, 0С.


Akkumulatorning razryadlanganlik darajasi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:






D tz 25 100%
r
tz tr

Bunda Dr - akkumulatorning razryadlanganlik darajasi, %; tz - elektrolitning akkumulator to’la zaryadlangandagi zichligi, kg/m3 ; tr - elektrolitning akkumulator to’la razryadlangandagi zichligi, kg/m3 .


O’rta Osiyo iqlim sharoiti uchun yil bo’yi tz = 1,25...1,27103 kg/m3 , tr = 1,09...1,11 103 kg/m3 qiymatlarga teng qilib olinadi.


Zichlik o’lchagichning (1.58-rasm,b) plastmassadan tayyorlangan qobig‘i 6 ichiga massasi turlicha bo’lgan qalqovichlar 7 joylashtirilgan. Har bir qalqovich to’g‘risiga unga to’g‘ri keladigan zichlik qiymati yozilgan. Elektrolit zichligini o’lchash uchun noksimon rezinali so’rg‘ich 1 yordamida zichlik o’lchagich qobig‘i ichiga elektrolit so’riladi. Elektrolitning zichligi, yuqoriga ko’tarilib



1.57-rasm. Ekektrolit sathini o’lchash
1.58-rasm. Elektrolit zichligini o’lchash asboblari:
a) areometr; b) zichlik o’lchagich

chiqqan qalqovich orqali aniqlanadi.
Akkumulatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasini kuchlanish orqali aniqlash uchun ЛЭ-2, ЛЭ-3 belgili yuklama sanchqilari yoki Э108, Э107 (elementlar aro tutashtirgichlari yashirin bo’lgan umumiy qopqog‘li akkumulatorlar batareyasi uchun) belgili akkumulatorsinov asboblari ishlatiladi. Э108 belgili akkumulatorsinov asbobi sig‘imi 40-190 Asoat bo’lgan akkumulatorlar batareyasining ishga yaroqligini tekshirish imkonini beradi. Tekshirishni boshlashdan avval, sinov asbobidagi kontakt gaykalar yordamida akkumulator sig‘imiga mos keladigan yuklama qarshiliklari zanjirga ulanadi. Tekshirish vaqtida sinov asbobi oyoqchalarining uchi akkumulatorning tashqariga chiqarilgan quloqlariga qattiq bosiladi (1.59-rasm) va 5 sekund oxirida voltmetr ko’rsatishiga ko’ra kuchlanish aniqlanadi.
Ishga yaroqli akkumulatorning kuchlanishi 1,7-1,8 V chegarasida bo’ladi. Kuchlanishning qiymati 1,4-1,6 V chegarasida bo’lsa, akkumulatorni zaryad qilish lozim. Agar kuchlanish 1,4 V dan past bo’lsa, bunday akkumulyatorlarni tekshirish va zarurat bo’yicha ta’mirlash zarur. Akkumulatorning alohida bankalaridagi kuchlanish bir-biridan 0,1 V ga farq qilsa, ular baravarlashtiruvchi usulida zaryadlash lozim. Ba’zan o’lchash boshlangan daqiqalarda asbob 1,7-1,8 V kuchlanishni ko’rsatib, o’lchashning 5 sekundiga kelib kuchlanish pasayib ketadi. Bu akkumulator plastinalarining sulfatlanib qolganligining belgisidir.
Umumiy qopqoqli sig‘imi 190 Asoatgacha bo’lgan akkumulatorlarning kuchlanishi Э107 belgili sinov asbobi (1.60-rasm) yordamida o’lchanadi. Uning kontakt oyoqchalaridan biri uchi o’tkir shchup bilan almashtirilgan. Umumiy qopqoqli, 12 V li akkumulatorning yuklama ostida o’lchangan kuchlanishi 5 sekund oxirida 8,9 V dan katta bo’lsa, u ishga yaroqli hisoblanadi. Kuchlanishi 8,9 V dan kam bo’lgan akkumulatorlar batareyasi nihoyat darajada razryadlangan



    1. - rasm. Э-108 belgili akkumulator- larning sinov asbobi

    2. - rasm. Э-107 belgili akkumulatorlar batareyasining sinov asbobi

yoki unda jiddiy nosozlik mavjud bo’ladi.



      1. Download 73.79 Kb.
  1   2   3   4




Download 73.79 Kb.